T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019


 
Yig’imlar – 
qonun aktlariga muvofiq belgilangan tartibda va 
shartlarda to’lovchilar tomonidan tegishli darajadagi byudjetlarga 
yoki byudjetdan tashqari fondlarga o’tkaziladigan majburiy 
badallar. Ularning tarkibiga savdo-sotiq qilish huquqi uchun
yig’im, shu jumladan, ayrim turdagi mahsulotlarni sotish huquqini 
beruvchi litsenziya yig’imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni 
ro’yxatga olganlik uchun yig’im, avtotransport to’xtash joyidan 
foydalanganlik uc
hun yig’im, obodonchilik ishlari uchun yig’im va 
boshqalar kiradi. 
Yo’l fondini shakllantiruvchi soliqlar 
– yoqilg’i-moylovchi 
materiallarni sotishdan olinadigan soliq, avtomobil yo’laridan 
foydalanuvchilardan olinadigan soliq, transport vositalarining 
egalaridan olinadigan soliq va transport vositalarini sotib olganlik 
uchun to’lanadigan soliqdan iborat. 

 
Kafolat fondi 
– davlat qarzi bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida 
amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan 
mablag’ 
jalb 
qilish 
bo’yicha 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
majburiyatlaridan kelib chiquvchi to’lovlarni amalga oshirish uchun 
mablag’larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida 
respublika byudjeti tarkibida tuziladigan fond. 
Korxonalarning davlat reestri 
– soliq to’lovchilarni soliq 
inspektsiyasida hisobga olish uchun qo’llaniladi va xo’jalik 
yurituvchi sub’yektlarni identifikatsiyalashtirishni ta’minlaydi. 
Ko’chmas mulk 

er bilan mustahkam bog’liq bo’lgan er 
maydonlari, alohidalashtirilgan suv ob’ektlari, o’rmonlar, ko’p yillik 
o’simliklar, binolar, inshootlardan iborat. Ularning ko’chirilishi shu 
narsalarning mo’ljallanganligiga zarar etkazadi. Ko’chmas 
mulkning tarkibiga davlat qaydidan o’tgan havo va dengiz 
kemalari, kosmik ob’ektlar ham kiradi. Ko’chmas mulkning asosiy 
belgisi si
fatida er hisobga olinadi. Qonun bo’yicha ko’chmas 
mulkning tarkibiga boshqa mulklar, masalan, korxona yoki 
xonadonlar ham kiritilishi mumkin. 


739 
Korxona mulki 
– asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va ishlab 
chiqarish zahiralarining yig’indisidan iborat. Uning tarkibiga: 
materiallar, tayyor mahsulot, kelgusi davr xarajatlari, hisobot 
davrida (kunida) mahsulot tannarxi tarkibiga kiritilmagan, lekin 
amalga 
oshirilgan 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlari, 
qoldiq 
mahsulotlarning 
muomala 
xarajatlari 
va 
orti
b jo’natilgan 
mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar va boshqalar 
kiradi. Soliqqa tortish bazasi (asosi) hisoblanayotgan paytda 
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiradigan 
predmetlarning qiymatidan eskirish summasi chiqarib tashlanadi. 
Kvota 
– 1) tegishli bitim doirasida milliy yoki xalqaro 
birlashma ishtirokchilarining ishlab chiqarish yoki sotishda ishtirok 
etish hissasi; 2) xalqaro iqtisodiy yoki moliya-valyutaviy 
tashkilotning ustav fondi yoki kapitalida mamlakatning badali; 3) 
soliqqa tortish birligidan olinadigan soliqning stavkasi (absolyut 
ifodada yoki hissa ko’rinishida); 4) nimaningdir qismi, hissasi, 
normasi (me’yori), miqdoriy cheklanishlar. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin