T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə290/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Mahalliy soliqlar va 
yig’imlar 
– mahalliy byudjetlarga 
olinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy to’lovlari. 
Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: mol-
mulk solig’i, yer solig’i, 
reklama solig’i, avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun 
soliq, savdo-
sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan, ayrim 
turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig’imlari, 
yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun 
yig’im, avtotransport to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im, 
obodonchilik ishlari uchun yig’im va boshqalar. 
Mahsulot tannarxi tarkibiga kiritiladigan mahsulotni 
ishlab chiqarish va sotish xarajatlari 
– maxsus Nizom asosida 
belgilanib, uning tarkibiga mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab
chiqarish b
ilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlar, tabiiy xom 
ashyo, er, o’rmon, suv resurslaridan foydalanish bilan bog’liq 
bo’lgan xarajatlar, ishlab chiqarishni tayyorlash va o’zlashtirish 
xarajatlari, texnologik jarayonlarni takomillashtirish va mahsulot 
sifati
ni oshirish bilan bog’liq bo’lgan nokapital xarakterdagi 
xarajatlar, tajriba-eksperimental va ixtiro xarajatlari, ishlab 
chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish xarajatlari kabilar kiradi. 
Mahsulotning boj qiymati 
mahsulot chegaradan 
o’tayotgan paytda uning egasi tomonidan e’lon qilinadigan qiymat. 
Uning to’g’riligini aniqlash ustidan nazorat mahsulotlarni 
rasmiylashtiruvchi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Mahsulotlarning boj qiymatini aniqlashda turli metodlardan 
foydalaniladi: a) kiritilayotgan mahsulotlarning bitim bahosi 
bo’yicha (eng ko’p qo’llaniladigan metod); b) turdosh (bir turdagi, 
bir xildagi) mahsulotlar bitim bahosiga ko’ra; v) qiymatni
hisoblash metodi bo’yicha; g) qiymatlarni qo’shish yo’li bilan; d) 
rezerv metodi 
bo’yicha. 


742 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin