T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019


 
Respublika byudjeti 
– Davlat byudjetining umumdavlat 
tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi 
bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, 
shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun 
ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda 
tutiladi. 
Respublika 
byudjetining 
daromadlari 
– 
1)qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi 
umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy 
to’lovlar; 2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo’yicha 
davlat 
moliyaviy 
va 
boshqa 
aktivlarini 
joylashtirilishi, 
foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar


749 
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi 
bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 4) yuridik va 
jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan 
qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslarga va 
chet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga 
berilgan to’lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa 
daromadlardan iborat. 
Respublika byudjetining xarajatlari 
– o’z tarkibiga 1) 
respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’i 
oluvchilarning joriy xarajatlari; 2) joriy byudjet transfertlari; 3) 
kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq 
ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari 
uchun olish va takror ishlab chiqarish, chet elda davlat ehtiyojlari 
uchun er va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun erga 
bo’lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat 
zahiralarini vujudga keltirish xarajatlari); 4) kapital xarajatlarni 
qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari; 
5) 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi 
byudjeti 
va 
mahalliy 
byudjetlarga byudjet dotatsiyalari, byudjet subventsiyalari va 
byudjet ssudalari; 6) rezident-yuridik shaxslarga va chet el 
davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari; 8) davlat maqsadli 
jamg’armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet 
ssudalari; 9) qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa 
xarajatlarni oladi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin