751
Soliq asosi, negizi (bazasi)
– umumiy holda belgilangan
soliqqa tortish davri mobaynida ma’lum hududdagi soliq
to’lovchilar va soliqqa tortish ob’ektlarining yig’indisi.
Soliq og’irligi (yuki, “zulmi”)
- davlat va jamiyat hayotida
soliqlarning rolini
xarakterlab
(ko’rsatib) beradigan eng
umumlashgan ko’rsatkich. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi va
daromadlarda soliq ajratmalarining
salmog’ini (hissasini)
ko’rsatuvchi, bozor iqtisodiyotining amalga oshirilayotgan
modelidan kelib chiqadigan
o’lcham. Soliq yig’imlarining jami
milliy mahsulotga (yalpi ichki mahsulotga) nisbati bilan aniqlanadi.
Soliq imtiyozi
-
soliq to’lovchi soliq majburiyatlari hajmining
to’liq yoki qisman qisqarishi, to’lov muddatining kechiktirilishi yoki
orqaga surilishi. Soliqlarning
rag’batlantiruvchi funksiyasi soliq
imtiyozlari tizimi orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa
tortish
ob’yektining o’zgarishida, soliqqa tortish bazasining
kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va
boshqalarda o’z ifodasini topadi. Soliqqa tortilmaydigan ob’ekt
minimumi,
alohida shaxslar va soliq to’lovchilarning ayrim
toifalarini soliq to’lashdan ozod qilish, soliqqa tortish ob’yektidan
ayrim elementlarni chiqarish, soliq stavkalarini pasaytirish,
maqsadli soliq imtiyozlari, soliq kreditlari (soliqlarning undirilishini
kechiktirish) va boshqalar soliq imtiyozla
rining ko’rinishlaridir
(turlaridir). Masalan, korxonalar foydasidan olinadigan soliq
bo’yicha imtiyozlar ishlab chiqarishni kengaytirish va uy-joy
qurilishini rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirishni,
tadbirkorlikning kichik shakllarini, nogironlar va pensionerlarning
bandligini ta’minlashni, ijtimoiy-madaniy va tabiatni muhofaza
qilish sohalarini rag’batlantirishga qaratilgandir. Individual
xarakterga ega bo’lgan soliq imtiyozlarini berish, odatda,
ta’qiqlanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: