753
haqiqatda kelib
tushgan soliq badallari (to’lovlari)
va moliyaviy
sanktsiyalar.
Soliq hisob-kitoblari
– yuridik shaxslar tomonidan qonunda
ko’zda tutilgan muddatlarda buxgalteriya hisoboti bilan birgalikda
soliq organlariga taqdim etilib, o’zida ma’lum hisobot davri
moba
ynida to’lanishi lozim bo’lgan hisoblangan to’lovlar
summasini aks ettiradi. Soliq summalarini
hisoblash tartibi soliq
qonunchiligiga ko’ra har bir soliq turi bo’yicha alohida-alohida
belgilanadi.
Soliq bitimlari
- bir mamlakat yuridik va jismoniy
shaxslarining ikkinchi mamlakatda
olgan daromadlari ayrim
turlarini va boshqa mamlakatning hududida joylashgan shu
shaxslarning mol-mulkini soliqqa tortish huquqini har bir
mamlakatga biriktirishga mo’ljallangan mamlakatlar o’rtasidagi
o’zaro soliq munosabatlarini tartibga solishga yo’naltirilgan yuridik
hujjat. Amaliyotda soliq bitimlarining ikki turi uchraydi: 1) maxsus
(cheklangan)
soliq bitimlari
– ular cheklangan xarakterdagi
masalalarni (xalqaro yuk tashish, bojxona to’lovlari, imtiyozli soliq
rejimi va shu kabilar; 2) umumiy soliq bitimlari. Soliq bitimlari
imzolanayotganda davlatlar quyidagi asosiy vazifalarni yechishga
harakat qiladilar: ikki marta soliqqa
tortishga barham berish
sxemasini aniqlash
– o’zaro kelishayotgan davlatlar uchun faqat u
yoki bu daromaddan soliq undirish huquqi biriktiriladi; har ikkala
davlatda soliqqa tortish huquqi saqlanib qolganda ham ikki marta
soliqqa tortish mexanizmiga barham berish; soliq to’lovchini
boshqa mamlakatlarda diskriminatsion tarzda soliqqa tortilishidan
himoya qi
lish; soliqqa tortishdan bo’yin
tovlashni aniqlash va
konventsiyani bajarish maqsadida o’zaro informatsiya almashish.
Bunda quyidagi to’rt guruh masalalar ko’rib chiqiladi:
konventsiyaning qo’llanish doirasi; soliqlarni davlatlar o’rtasida
taqsimlash; ikki marta soliqqa tortishga barham berish; harakat
qilish qoidalari. Shu bitim bo’yicha tartibga solib turiladigan
soliqlarning turlari va shaxslarning (yuridik va jismoniy) ro’yxati
ham aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: