T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə310/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Sug’urta mukofoti 
– qonun yoki sug’urta shartnomasiga 
muvofiq ravishda sug’urtalanuvchining sug’urtalovchiga sug’urta 
riski uchun haq to’lovi. Tarif stavkasi, sug’urta summasi, sug’urta 
muddati va boshqa omillarga bog’liq ravishda aniqlanadi. 


760 
Sug’urta guvohnomasi (sug’urtaviy polis) 
– tuzilga 
sug’urta shartnomasi va uning shartlari mazmunini o’zida 
mujassam 
etganligiga 
guvohlik 
beruvchi 
sug’urtalovchi
tomonidan sug’urtalanuvchiga o’rnatilgan namunaga muvofiq 
beriladigan hujjat. Sug’urtalanuvchiga u tomonidan birinchi marta 
yoki bir martalik sug’urta badali to’langanidan so’ng beriladi. 
Unda sug’urtaning asosiy shartlari: sug’urtalanuvchining familiyasi 
va ismi sharifi, uning rekvizitlari, sug’urta hajmi, sug’urta 
majburiyati hajmi, sug’urta summasining miqdori, sug’urta tarifi, 
sug’urta qoplanmasini oluvchi va boshqalar o’z ifodasini topadi. 
Sug’urta bozori 
– oldi-sotdi ob’yekti o’ziga xos tovar – 
sug’urta xizmati - bo’lgan va unga nisbatan taklif va talab 
shakllanadigan pul munosabatlari sohasi. Sug’urta huquqiy 
munosabatlari ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning 
shakli. 
Sug’urta bozori assortimenti 
– sug’urtalanuvchi murojaat 
qilishi mumkin bo’lgan sug’urta turli ko’rinishlarining (turlarining) 
to’plami (majmui). 
Sug’urta rezervlari 
– sug’urta badallari hisobidan 
shakllanadigan va birinchi navbatda, sug’urtalanuvchilarga 
sug’urta to’lovlarini amalga oshirishga sarf (xarj) qilinadigan 
maxsus fondlar. Daromadlarga emas, balki sug’urtalovchining 
majburiyatlariga bog’liq ravishda shakllanadi (tashkil qilinadi). 
Smetali moliyalashtirish 
– noishlab chiqarish sohasi 
korxona va tashkilotlari xarajatlarini qoplash metodi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin