T. Malikov O. Olimjonov moliya


Sotishdan olinadigan soliq



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə309/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Sotishdan olinadigan soliq 
– ayrim xorijiy mamlakatlarda 
(masalan, AQShning ayrim shtatlarida) qo’llaniladi va iste’moldan 
olinadigan egri (bilvosita) 
soliqni o’zida gavdalantiradi. Odatda, bu 
soliqqa iste’mol mahsulotlari (restoranlar bundan mustasno) 
tortilmaydi. 
Sekvestr 
– yilning oxirigacha qolgan vaqt davomida 
byudjetning barcha moddalari bo’yicha (himoya qilinganlaridan 
tashqari) davlat xarajatlarini proportsional ravishda qisqartirish. 
Sug’urta 
– noqulay (tasodifiy) hodisalar va voqeliklar sodir 
bo’lganda jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlarini 
himoya qilish va ularga nisbatan etkazilgan moddiy zararlarni 
qoplash (tiklash) uchun pul 
mablag’larining maqsadli fondlarini 
shakllantirish va ulardan foydalanish bo’yicha qayta taqsimlash 
munosabatlarining alohida sohasi. 
Sug’urta shartnomasi 
– sug’urtaning aniq bir turi shartlariga 
muvofiq o’zaro majburiyatlarni tartibga soluvchi sug’urtalovchi va 
sug’urtalanuvchi 
o’rtasidagi 
bitim 
(yuridik 
kelishuv). 
Sug’urtalanuvchining yozma arizasiga muvofiq tuziladi, ayrim 
hollarda og’zaki tuzilishiga ham yo’l qo’yiladi, sug’urta ob’yekti 
to’g’risidagi zaruriy ma’lumotlarni (manzili, miqdoriy va sifat 
ta
vsifnomasi, ahvoli yoki holati va boshqalar) va sug’urta riskini 
qabul qilishga sug’urtalovchining roziligini o’zida mujassam etishi 
kerak. 
Sug’urta himoyasi 
- ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining 
turmush darajasiga nisbatan etkazilgan yuqotmalarga barham 
berish yoki ularni qoplash (tiklash) bilan bog’liq bo’lgan o’ziga
xos taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlarining majmuini 
o’zida mujassam etgan iqtisodiy kategoriya(keng ma’noda); 
konkret ob’ektlarga: moddiy boyliklar, hayot, sog’lik, fuqarolarning 
mehnatga layoqatliligi va boshqalarga etkazilgan ziyonlarni tiklash 
va 
ularga 
barham 
berish 
borasidagi 
qayta 
taqsimlash 
munosabatlarining majmui (tor ma’noda). 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin