T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Soliqlarning turlari 
– O‘zbekiston hududida olinadigan 
umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar va yig’imlardan iborat. 
Umumdavlat soliqlarining tarkibiga yuridik shaxslardan olinadigan 
daromad (foyda) solig’i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, er osti boshliqlaridan 
foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq kabilar kiradi. Mahalliy soliqlar va yig’imlar mol-mulk 
solig’i, yer solig’i, reklama solig’i, avtotransport vositalarini 
sotganlik uchun soliq, savdo-
sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu 
jumladan, ayrim turdagi mahsulotlarni sotish huquqini bueruvchi 
litsenziya yig’imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga 
olganlik 
uchun 
yig’im, 
avtotransport 
to’xtash 
joyidan 
foydalanganlik uchun yig’im, obodonlashtirish ishlari uchun 
yig’imlardan iboratdir. 
Soliqlar va 
boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri 
hisoblanishi hamda to’lanishi ustidan so’nggi (navbatdagi, 
keyingi) nazorat 
- davlat tomonidan soliq organlari yordamida 
ikki bosqichda amalga oshiriladi : a) korxonalardan bo’xgalteriya 
hisobotlari va soliq hisob-kitoblari qabul qilinayotganda; b) 
bevosita korxonaning o’zida boshlang’ich buxgalteriya hujjatlarini 
tekshirish yo’li bilan. 
Sotib olish solig’i 

davlat daromadlarini ko’paytirish yoki 
ayrim mahsulotlarni ishlab chiqari
shni cheklab qo’yish maqsadida 
mamlakatda 
ishlab 
chiqarilayotgan 
ayrim 
mahsulotlardan 
olinadigan soliq. Odatda eksportga mo’ljallangan mahsulotlardan 
olinmaydi. 


759 
Sotish solig’i 
– mahsulotlarning sotish qiymatiga nisbatan 
foizlarda belgilanadigan va ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
to’lanadigan soliq. Aktsizlarning ko’rinishlaridan biri. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin