1.2. Moliyaning funksiyalari
Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi:
1. Taqsimlash;
2. Nazorat.
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o’zida amalga
oshiriladi. Har qanday moliyaviy operatsiya YaIM va MDni
taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga
oshirilishini anglatadi.
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash
xarakteriga ega va shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki
asosiy funksiyasi taqsimlash funk-tsiyasidir. Moliya yordamida
amalga oshirilishi lozim bo’lgan taqsimlash jarayoni murakkab va
ko’p qirrali jarayondir. Moliya YaIMni taqsimlashning turli bosqich-
lariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda
ishtirok etadi.
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning
turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va
mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi.
Unga taqsimlashning turli ko’rinishlarini (xo’jalik ichida, tarmoq
ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug’diruvchi ko’p bosqichlilik
xosdir.
Eng
avvalo,
moliyaning
taqsimlash
funksiyasi
MDni
taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” deb nom olgan
daromad va jamg’armalarni(fondlarni) tashkil etish sodir bo’lganda
namoyon bo’ladi. Ularning yig’indisi MDga tengdir. Asosiy
daromadlar MDni
moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasida
taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo’linadi:
moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan ishchi va
xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.larning daro-madlari;
moddiy
ishlab
chiqarish
sohasidagi
korxonalarning
daromadlari.
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo’jalik ustuvor
tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash,
aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy
pul fondlarini
ng shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun
quyidagilar bilan bog’langan holda MDni yanada taqsimlash va
qayta taqsimlash zarur:
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar daromadlari va jamg’armalaridan
eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag’larni
tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan;
ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish
sohasining (maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy
ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan;
aholining turli ijtimoiy
qatlamlari o’rtasida daromadlarni qayta
taqsimlash bilan.
Yuqorida bayon etilgan qayta taqsimlashlar natijasida
ikkilamchi yoki “kelib chiquvchi” daromadlar tashkil topadi. Bunday
daromadlarga noishlab chiqarish sohasi tarmoq-larida olingan
daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxs-lardan olinadigan daromad
solig’i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar MDdan
foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni shakllantirish uchun
xizmat qiladi.
MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib,
moliya MDni birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni
ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga aylanishiga ta’sir
ko’rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan
daromadlar moddiy va moliyaviy resurslar va, eng avvalo, bir
tomondan pul fondlarining miqdori va ularning tarkibiy tuzilmasi,
ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va iste’mol
predmet-
larining hajmi va tuzilmasi o’rtasidagi muvofiqlikni
ta’minlashi kerak.
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash
milliy iqtisod
iyotni tarkibiy o’zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor
tarmoqlarini (qishloq xo’jaligi, transport, energetika va h.k.)
rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta’minlangan
qatlamlari (pensionerlar, talabalar, yolg’iz va ko’p bolali onalar va
h.k.) foydasiga amalga oshiriladi.
Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xo’ja-likning ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish
tarmoqlari, mamlakatning alohida mintaqalari, mulkchilik shakllari va
aholining turli ijtimoiy gur
uhlari o’rtasida sodir bo’ladi.
Moliya yordamida amalga oshiriladigan YaIM va MDni
taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi iqtisodiyotni
rivojlantirish va aholining yuqori turmush darajasini ta’minlashdan
iboratdir. Bu jarayonlarda moliyaning roli kam xarajat qilib eng yuqori
natijalarga erishish, moliya-
xo’jalik faoliyatini yanada yaxshilashda
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar har bir xodimi va jamoa-sining moddiy
manfaatdorligi
va
qiziquvchanligini
oshirish
vazifalariga
yo’naltirilgan.
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina
MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning
jamg’arilishiga, iste’mol sohasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shu
ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini,
ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini
va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni o’ynaydi.
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:
xo’jalik sub’yektlari, aholi, davlat va mahalliy o’zini o’zi
boshqarish organlari
darajasida maqsadli pul mablag’lari fondlarini
shakllantirishga;
xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlar-aro,
shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi
ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;
xo
’jalik sub’yekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga,
fuqarolar tomonidan jamg’arishni amalga oshi-rishga imkoniyat va
shart-sharoit yaratib beradi.
Pul
daromadlari
va
fondlarini
shakllantirish
hamda
foydalanishning vositasi sifatida moliya taqsimlash jarayonining
amalga oshirilishini ob’yektiv ravishda o’zida aks ettiradi. Uning
nazorat funksiyasi YaIMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning
maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish
orqali namoyon bo’ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va
nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir.
Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning
harakati tashkil etadi. Ana shu harakatning xarkteridan kelib chiqqan
holda jamiyat pul mablag’larini taqsimlashda qanday nisbatlarning
vujudga kelayotganligi, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar ixtiyoriga
moliyaviy resurslarning o’z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlana-
yotganligi xususida ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Agar moliyaning
nazorat
funksiyasi
amalga
oshirilmasa,
moliya
taqsimlash
funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yo’qki, bu
holat
amaliyotda
har
ikkala
funksiya
harakati
o’zaro
muvofiqlashtirilishining zarurligidan dalolat beryapti.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday jamiyatda
moliyaning
nazorat
funksiyasi
ijtimoiy
va
xususiy
ishlab
chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika
taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo’jalik-ning barcha bo’g’inlarida
ish sifatini uzluksiz yaxshilashni moliyaviy
ta’minlashga
yo’naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini
to’liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag’batlantirishni oshirish, moddiy,
mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va
tejamkor foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va
yo’qotmalarni
qisqartirish, xo’jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya
nazorat funksiyasining maqsadlaridandir.
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri
moliyaviy
masalalar
bo’yicha
qonunchilikning
belgi-langan
muddatlarda, ani
q va to’la hajmda ijro etilishini, byudjet tizimi, soliq
xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek, hisob-
kitoblar va to’lovlar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning o’zaro
majburiyat-
lari bajarilishining ham o’z vaqtida va to’la amalga
oshirilishini tekshirish hisoblanadi.
Moliyaning nazorat funksiyasini bajarish jarayonida moliya,
bank, sug’urta, bojxona va soliq organlari muhim rol o’ynaydi.
Mazkur xizmatlarning xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida,
byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida
moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining
rivoj-
lanishi sharoitida nazorat ishlarining yo’nalishi, moliyaviy
nazoratning shakl va metodlari tubdan o’zgaradi.
Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amal-ga
oshiriladi. Bu mexanizm milliy xo’jalikdagi moliyaviy munosabatlar
tashkiliy
shakllarining
majmuini,
markaz-lashtirilgan
va
markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va
ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini,
moliya va moliyaviy tizimni boshqarish shakllarini, moliyaviy qonun-
chilikni o’z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida
sifat jihatidan yangi bo’lgan moliya mexanizmi qo’llaniladi. Bu, eng
avvalo, xo
’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholining byudjet tizimi,
nobyudjet fondlari, mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari va boshqalar
bilan bo’lgan o’zaro munosabatlariga tegishlidir.
Dostları ilə paylaş: |