tushunchasi Fransiyada “davlat daromadlari”, “pul summalari” ma’-
nosida ishlatila boshlangan. Boshqa tadqiqotchilar bu atama
muomalada ilk bor frantsuz olimi J.Boden tomonidan 1755 yilda
nashr etilgan “Respublika xususida olti kitob” nomli asarida
ishlatilgan va shu tariqa bu atama Yevropa dav-latlari hayotiga kirib
kelgan, deb hisoblashadi
6
.
Yaratilayotgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va qayta
taqsimlash bo’yicha oliy hokimiyat organi sifatida davlat va takror
ishlab chiqari
sh jarayonining boshqa ishtirokchilari o’rtasida yuzaga
chiqadigan ma’lum bir iqtisodiy munosabatlarni Yevropa davlatlarida
o’rta asrlardan boshlab “moliya” tushunchasi orqali ifodalay
boshlashgan.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash
va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliq-
lar va turli ko’rinishdagi
shaxsiy
to’lanmalar
xarakteriga
ega
bo’lgan.
Tovar-pul
munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash
va qayta taqsimlash
munosabatlari shakllarining o’zgarishiga olib keldi – ular ko’proq
ravishda pul xarakte-
riga ega bo’ldi. Biroq bu munosabatlarning
mazmun va mohiyati printsipial jihatdan o’zgarmay qolaverdi.
Zamonaviy tasavvurdagi “moliya” tushunchasi podsholar
xazinasidan davlat xazinasi ajralib chiqishi bilan paydo bo’lgan. Bir
paytning o’zida shuni alohida qayd etish kerakki, jamiyatda pul,
tovar-
pul munosabatlari va davlatning paydo bo’lishi o’z-o’zidan
darhol moliyaning ham vujudga kelganligini bildirmaydi. Ular
hammasi bir paytda, ya’ni birdaniga paydo bo’lgan emas. Moliya
shakllanib, bizning u haqidagi bugungi tasavvurimizdagi moliya
ko’rinishiga kelishi uchun jamiyatda bir qator shart-sharoitlar pishib
etilgan bo’lishi kerak. Ular quyidagilar:
1.
Asrlar davomida davlat ixtiyoriga yig’iladigan
barcha pul
mablag’larining mutloq egasi qirol (sharqda podsho), deb
hisoblanilgan. Mablag’lar qirol xohish-ixtiyori bilan yig’ilgan va u
xohlagan shaklda xarajat qilingan. O‘sha davrlarda odamlar
tasavvurida daromadlarni ishlatish bundan boshqacha bo’lishi
mumkin emasday tuyular edi.
XVI
–XVII asrlarda Niderlandiya va Angliyada yuz bergan
birinchi burjua inqiloblari moliyaning shakllanishiga juda katta turtki
bergan. To’g’ri, mazkur inqiloblar qirollik tuzumini ag’darib tashlay
olmadi. Lekin shunday bo’lsa-da, qirolning hokimiyatini ancha
cheklashga erishildi va biz uchun eng muhimi qirolning xazinaning
mutloq egasi sifatidagi huquqi keskin qisqartirildi. Yangi sharoitda
xazina o’rniga umumdavlat pul mablag’lari fondi, zamonaviy til bilan
aytganda, byudjet tashkil etila boshlandi. Qirolning xazi-
nasi o’rniga
davlat byudjeti tushunchasining kirib kelishi moliyaning shakllanishi
va zamonaviy ko’rinish olishida o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan
inqilobiy o’zgarishlardan biri bo’lib hisoblanadi.
Shu o’rinda Markaziy Yevropa davlatlarida xazinani tasarruf
etish sohasida yuz bergan bunday o’zgarishlar dunyo-ning juda ko’p
davlatlarida, xususan, O‘rta Osiyoda ommalash-maganligini e’tirof
etish zarur. O‘z taraqqiyoti davrida
kapitalistik tuzumni bosib
o’tmagan mazkur davlatlarda podsholar xazinaning mutloq egasi
bo’lib qolaverganligi va muomalaga davlat byudjeti tushunchasi
kirishi podsholik hokimiyatining bekor qilinishiga qadar hal
bo’lmaganligini tabiiy hodisa sifatida tushunish to’g’ri bo’ladi.
2.
Amaliyotga “xazina” o’rniga “davlat byudjeti” tushun-chasi
kirgandan keyin byudjetni tashkil etish va mablag’-lardan
foydalanish tartibi shakllana boshladi. “Davlat daromadlari” va
“davlat xarajatlari” iboralari paydo bo’ldi, ularning tarkibi aniqlandi,
davlat byudjetini shakllantirish va mablag’larini sarflash uchun
tegishli qonun hujjatlarining asoslari yaratila boshlandi.
Davlat byudjeti daromadlarini asosan soliqlar, turli to’lovlar,
harbiy o’lja va kontributsiyalar tashkil etgan bo’lsa, o’sha paytdayoq
xarajatlar moddalarining hozirga qadar o’z ahamiyatini yo’qotmagan
yo’nalishlari shakllandi: harbiy xarajatlar, iqtisodiyot,
boshqaruv va
ijtimoiy maqsadlarga ajratilgan mablag’lar.
3.
Qirol xazinaning mutloq egasi bo’lgan davrda daromadlar
natural soliqlar va aholining mehnat majburiyat-laridan iborat
bo’lgan
edi.
Endilikda pul ko’rinishidagi soliqlar Davlat byudjeti
daromadlarining asosiy qismini tashkil eta boshladi. Natijada
yaratilayotgan mahsulotni qiymat shaklida taqsimlash bosqichi
boshlandi.
Lekin shuni yana alohida ta’kidlash lozimki, moliya va moliyaviy
mu
nosabatlarning mohiyati haqidagi tushunchalar vaqt o’tishi bilan
o’zgarib borgan
7
.
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksiyadorlik
shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan
bog’liq holda tovar ishlab chiqa-rishning
yirik masshtablarda
rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayonining turli ishtirokchilari
o’rtasida pul mablag’larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni
taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi.
Tovarlar
harakatidan ajralgan pul mablag’larining harakati
masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi.
Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan,
turli sub’yektlar o’rtasida YaIM qiymatini taqsimlash va qayta
taqsim
lash bilan bog’liqdir. Bir vaqtning o’zida, ularning har biri
amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanma-sining
tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o’z
hissalarini
olishga da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir.
Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot
qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va
ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi,
davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya
sifa-tida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga
bo’linishi va davlatning paydo bo’lishi bilan bog’liq.
Dostları ilə paylaş: