T. Malikov O. Olimjonov moliya


Sug’urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

3. Sug’urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari 
 
Iqtisodiyotning umumiy nazariyasida ham, sug’urta fanida ham 
“sug’urta bozori” va “sug’urta xo’jaligi” yangi tushunchalardir. 


Shunga qaramay aytish mumkinki, “sug’urta bozori” tushunchasi 
o’ziga nisbatan bir muncha umumiy hisoblangan “sug’urta xo’jaligi” 
tushunchasining pog’onalaridan biri bo’lib, sug’urta xizmatlari oldi- 
sotdisi bilan bog’liq. “Sug’urta xo’jaligi” sug’urta sohasidagi sug’urta 
xizmatlarini ko’rsatish, sotish va iste’mol qilish bilan bog’liq 
munosabatlar yig’indisidan iborat. Umumjahon xo’jaligi miqyosida 
“jahon sug’urta xo’jaligi” atamasini qo’llash mumkin. Ana shu 
ma’noda “sug’urta xo’jaligi” sug’urta tashkilotlarining ta’sis etilishi, 
tashkiliy tuzilmasi, faoliyati, boshqaruvi bilan bog’liq munosabatlarni, 
shuningdek, sug’urta tashkilotlarining yoki sug’urta bozorining 
boshqa turdagi sub’yektlarining sug’urtaga oid faoliyatini davlat 
tomonidan tartibga solish munosabatlarini, iqtisodiy munosabatlarda 
sug’urtadan foydalanish shart-sharoitlari va asoslarini ifoda etadi. 
Xorijiy adabiyotda bu borada tegishli ravishda “sug’urta iqtisodiyoti” 
va “jahon sug’urta iqtisodiyoti” tushunchalari ishlatiladi. 
Iqtisodiyot hamda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi nuqtai 
nazaridan sug’urta bozorini xaridorlar – sug’urtalanuvchilarning 
sug’urta xizmatlariga bo’lgan talablari va sotuvchilar – sug’urta 
tashkilotlarining sug’urta himoyasi bo’yicha takliflari nisbati bilan 
boshqariladigan iqtisodiy makon yoki tizim sifatida tasavvur etish 
mumkin. Sug’urta himoyasiga talab ikki bosh omil bilan: xo’jalik 
yurituvchi sub’yektning va alohida fuqaroning risk-menejmentining 
elementi sifatidagi sug’urtaga nisbatan bo’lgan talabi va shuningdek, 
sug’urtalovchilarning sug’urta xizmatini sotib olish orqali o’z talabini 
qondirishga imkon yaratadigan sotib olish layoqati bilan belgilanadi. 
Ijtimoiy qayta ishlab chiqarishga xos bo’lgan ehtimoldagi xavf 
sifatida xatar iqtisodiy munosabatla
r yuksalishi bilan sug’urta 
xizmatlariga bo’lgan talabning kuchayishiga olib keladi. Ayni vaqtda 
davlat ijtimoiy sug’urta va ta’minot tizimi orqali taqdim etiladigan 
sug’urta himoyasining qisqarishi ham shuningdek, sug’urta 
xizmatlariga talabning oshishiga 
sabab bo’ladi. 
Sug’urta bozori – ma’lum bir pul munosabatlari sohasi bo’lib, 
unda savdo-
sotiq ob’yekti sifatida sug’urta himoyasi qatnashadi 
hamda unga talab va taklif shakllanadigan maxsus ijtimoiy-iqtisodiy 
tarmoq hisoblanadi. Sug’urta bozori keng ma’noda sug’urta 
xizmatlarining oldi-sotdisi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy 
munosabatlar yig’indisini aks ettiradi. Sug’urta bozorining ob’yektiv 
asosini kutilmagan tabiiy, texnogen va baxtsiz hodisalar oqibatida 
etkazilgan zararni bartaraf etish yo’li bilan ishlab chiqarish 
jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash hisoblanadi. Qolaversa, 
sug’urta bozori iqtisodiyotni qo’shimcha moliyalashtirishda ham 


muhim o’rin tutadi. Sug’urta bozori faoliyat yuritishining asosiy sharti 
bo’lib sug’urta xizmatlariga jamiyat ehtiyojining mavjudligi va ushbu 
ehtiyojni qondira oladigan sug’urta tashkilotlarini mavjud bo’lishi 
hisoblanadi. Faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta bozori turli tarmoq 
bo’limlarini biriktirgan murakkab, integratsiyalashgan tizimni o’zida 
aks ettiradi. 
Sug’urta bozori ishtirokchilari sifatida sotuvchilar, xaridorlar va 
vositachilar hamda ularning uyushmalari qatnashadilar. Sotuvchilar 
toifasini sug’urta va qayta sug’urta tashkilotlari tashkil etadi. 
Xaridorlar sifatida u yoki bu sotuvchi b
ilan sug’urta shartnomasini 
rasmiylashtiruvchi sug’urtalanuvchilar - jismoniy va yuridik shaxslar 
ishtirok etadilar. Sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi vositachilar 
bo’lib, o’z harakatlari bilan sug’urta shartnomalarini tuzishga 
ko’maklashuvchi sug’urta agentlari va sug’urta brokerlari 
hisoblanadi. 
Sug’urta bozorida taklif etilayotgan o’ziga xos tovar - sug’urta 
xizmati hisoblanadi. Uning xarid qiymati bo’lib sug’urta qoplamasi 
shaklini ifodalovchi sug’urta himoyasini ta’minlash hisoblanadi. 
Sug’urta xizmatining narxi sug’urta tarifida aks ettiriladi. U talab va 
taklifga asoslangan raqobat asosida shakllanadi. 
Rivojlangan 
va 
rivojlanayotgan 
sug’urta 
bozorlarining 
muammosi sug’urtalanuvchilar tomonidan zarur darajada sotib olish 
layoqatiga ega bo’lmaslikda ifodalanishi mumkin. Bu muammoning 
hal etilishi bir jihatdan aholining sotib olish layoqatining o’sishiga va 
xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy barqarorligiga, ikkinchi 
jihatdan 
davlat 
tomonidan 
umummilliy 
darajada 
mamlakat 
makroiqtisodiyoti mi
qyosida sug’urta xizmatlarini sotib olish 
layoqatini o’stirishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlarga bog’liq. 
Mutaxassislar diqqatni sug’urta xizmatlariga talab sub’yektiv 
xususiyatga ega ekanligiga qaratadilar, ya’ni sug’urta himoyasi bilan 
ta’minlanishga ongli talab ko’p jihatdan iste’molchining ana shunday 
xizmat mavjud ekanligidan, uning iste’mol sifatlaridan, samarasidan, 
bahosidan bexabarligi va shu kabi sabablarga ko’ra amalga oshmay 
qolishi mumkin. Bu holat sug’urta tashkilotlaridan “sug’urta riskini 
qoplashga doir yashirin talabni ochishga” qaratilgan marketing 
tadbirlarini o’tkazishni taqozo qiladi. 
Sug’urta 
xizmatlarining 
taklif 
etilishi 
etarli 
darajada 
ixtisoslashgan 
va 
moliyaviy 
barqaror, 
ehtimoldagi 
sug’urtalanuvchilarning talablarini qondirishga layoqatli sug’urta 
tashkilotlarining mavjud bo’lishi orqali ta’minlanadi. Investorlarning 
sug’urta tashkilotiga qiziqishi, sug’urta tariflarini hisoblab chiqish 


uchun zarur statistik va axborot bazasining mavjudligi, moliya 
bozorining 
sug’urta tashkilotlarining investitsiyalarining qaytarilishini 
va daromadliligini kafolatlaydigan darajada samarali faoliyat 
ko’rsatishi, 
shuningdek, 
sug’urta 
tashkilotlarida 
malakali 
menejerlarning va sug’urta xizmati anderraytingi bo’yicha 
mutaxassislarn
ing mavjudligi sug’urta bozorini shakllantirishning 
muhim omili bo’lib hisoblanadi. 
Sug’urta xizmatlari bozori faoliyat turiga qarab umumiy sug’urta 
xizmatlari bozori va hayotni sug’urta qilish bozoriga bo’linadi. 
O‘zbekiston Respublikasida sug’urta xizmatlari bozori 2002 yilning 
oxirlariga qadar universal tusga ega bo’lgan, ya’ni sug’urta 
tashkilotlari bir paytning o’zida ham umumiy, ham hayotni 
sug’urtalash turlarini amalga oshirib kelgan. 2002 yilning 27 
noyabrida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta 
xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 
413-
son qaroriga asosan “Sug’urta faoliyati klassifikatori” 
tasdiqlandi. Unga muvofiq sug’urta tashkilotlarining faoliyati ikkiga 
ajratildi: umumiy sug’urta va hayotni sug’urta qilish sohasi. 
Umumiy sug’urta tarmog’i quyidagi 17 ta klassdan iborat: 
Klass 
tartib 
raqami 
Klassning nomi 
Mazmuni va sug’urta qilish shartlari bo’yicha 
talablar 
1-klass 
Baxtsiz 
hodisalardan 
ehtiyot 
shart 
sug’urta qilish 
Quyidagi hollarda: 
a) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz 
hodisa 
natijasida 
sog’liqning 
qattiq 
shikastlanishi, yoxud; 
b) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz 
hodisa natijasida vafot etgan taqdirda, yoxud; 
v) kasallik yoki muayyan turdagi kasallik 
natijasida mehnat 
qobiliyatini yo’qotish, shu 
jumladan ishlab chiqarishda jarohatlanish va 
kasb kasalliklari, biroq 2-klass va IV klass 
bo’yicha sug’urta shartnomalarini istisno qilgan 
holda, sug’urta qilingan shaxsga sug’urta 
ta’minotining belgilab qo’yilgan pul summasi 
yo
ki pul kompensatsiyasi to’lanishini 
ta’minlovchi sug’urta turlari jami 
2-klass 
Kasallikdan 
ehtiyot 
shart 
sug’urta qilish 
Sug’urta ta’minotining belgilab qo’yilgan pul 
summasi to’lanishini yoki kasallik yoki 
sog’liqning izdan chiqishi munosabati bilan 
sug’urta qildiruvchining pul kompensatsiyasi 


(yoki uning ham, buning ham kombinatsiyasi)ni 
ta’minlovchi sug’urta turlari jami, biroq hayotni 
sug’urta qilish tarmoqlarining IV klassi bo’yicha 
shartnomalarni istisno qilgan holda 
3-klass 
Er 
usti 
transport 
vositalarini 
sug’urta qilish 
Transport vositalari, o’zi yurar mashina va 
mexanizmlar, harakatlanadigan temir yo’l 
tarkibi bundan mustasno, yo’qotilganda yoki 
shikastlanganda sug’urta qoplamasi to’lanishini 
ta’minlovchi sug’urta turlari jami 
4-klass 
Harakatlana- 
digan temir yo’l 
tarkibi- 
ni 
sug’urta 
qilish 
Harakatlanadigan 
temir 
yo’l 
tarkibi 
yo’qotilganda yoki shikastlanganda sug’urta 
qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning 
turlari jami 
5-klass 
Aviatsiya 
sug’urtasi 
Havo kemasi, havo kemasining mashina 
asbob-uskunalari, jihozlari, inventari, ehtiyot 
qismlari yo’qotilganda yoki shikastlanganda 
sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi 
sug’urtaning turlari jami 
6-klass 
Dengiz 
sug’urtasi 
Dengiz va ichki daryo kemalari, kemalarning 
mashina asbob-uskunalari, asbob-uskunalari, 
inventari, ehtiyot qismlari yo’qotilganda yoki 
shikastlanganda sug’urta qoplamasi to’lanishini 
ta’minlovchi sug’urtaning turlari jami 
7-klass 
Yo’ldagi 
mol- 
mulkni sug’urta 
qilish 
Transportning har xil turlari bilan tashishda 
yuklar, bagaj va boshqa mol-
mulk yo’qotilganda 
yoki shikastlanganda sug’urta qoplamasi 
to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning turlari jami 
8-klass 
Mol-mulkni 
olovdan 
va 
tabiiy ofat- 
lardan sug’ur- 
ta qilish 
Yong’in, portlash, bo’ron, dovul, jala, ko’chki, 
tuproqning cho’kishi, emirilish, er osti suvlari, 
sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri 
natijasida mol-mulk (3 va 7- klasslarda 
ko’rsatilganlar bundan mustasno) yo’qotilganda 
yoki shikastlanganda sug’urta qoplamasi 
to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning turlari jami 
9-klass 
Mol-mulkni 
zarardan 
sug’urta qilish 
8-
klassda ko’rsatilmagan do’l, qalin qor yog’ishi 
yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o’g’irlik 
qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk 
(3 va 7-
klasslarda ko’rsatilgandan boshqa) 
yo’qotilganda yoki shikastlanganda sug’urta 
qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning 
turlari jami 
10-klass Avtofuqaro- 
lik javobgar- 
ligini sug’ur- 
ta qilish 
Er usti transport vositalari va boshqa o’ziyurar 
mashinalar va mexanizmlardan foydalanish 
oqibatida, tashuvchilarning javobgarligi ham 
shu jumlaga kiradi, 
uchinchi shaxslarga 


(jismoniy 
va 
yuridik shaxslarga) 
zarar 
etkazilgan taqdirda 
sug’urta 
qoplamasi 
to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari jami 
11-klass Aviatsiya 
sug’urtasi 
doirasidagi 
javobgarlik- 
ni 
sug’urta 
qilish 
Havo 
kemasidan 
foydalanish 
oqibatida, 
aviatashuvchilarning javobgarligi ham shu 
jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va 
yuridik shaxslarga) zarar etkazilgan taqdirda 
sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi 
sug’urta turlari jami 
12-klass Dengiz 
sug’ur- 
tasi doira- 
sida 
javobgarlikni 
sug’urta qilish 
Dengiz va ichki kemalardan foydalanish 
oqibatida, dengiz tashuvchisining javobgarligi 
ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga 
(jismoniy 
va 
yuridik 
shaxslarga) 
zarar 
etkazilgan taqdirda sug’urta qoplamasi 
to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari jami 
13-klass Umumiy 
fuqarolik 
javobgarligini 
sug’urta qilish 
10, 
11 
va 
12-
klasslarda ko’rsatilmagan 
tavakkalchiliklar oqibatida uchinchi shaxslar 
(jismoniy va yuridik shaxslar) oldida fuqarolik 
javobgarligi paydo bo’lgan taqdirda sug’urta 
qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urta 
turlari jami 
14-klass Kreditlarni 
sug’urta qilish 
Sug’urta qildiruvchining debitori nochorligi 
(bankrotlik) yoki debitorning sug’urta qildiruvchi 
oldidagi 
qarzlarni 
qaytarish 
majburiyati 
bajarilmasligi (nochorlikdan tashqari) natijasida 
sug’urta qildiruvchi zarar ko’rganda sug’urta 
qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urta 
turlari jami 
15-klass Kafillikni 
(kafolatlar- 
ni) 
sug’urta 
qilish 
Sug’urta qildiruvchining o’ziga berilgan kafolatni 
bajarishi 
majburiyati 
natijasida 
sug’urta 
qildiruvchi zarar ko’rganda sug’urta qoplamasi 
to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari jami 
16-klass Boshqa moliya- 
viy tavakkal- 
chiliklardan 
sug’urta qilish 
Quyidagi hollarda: 
a) 
sug’urta qildiruvchining biznesi (xo’jalik 
faoliyati) uzilib qolishi yoki sug’urta qildiruvchi 
tomonidan 
amalga 
oshirilayotgan 
biznes 
(xo’jalik faoliyati) ko’lami kamayishi natijasida 
sug’urta qildiruvchi zarar ko’rganda; 
b) oldindan nazarda tutilmagan xarajatlar 
natijasida sug’urta qildiruvchi zarar ko’rganda 
(17-
klassda ko’rsatilgandan tashqari); 
v) shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan 
bog’liq faoliyatni amalga oshirish natijasida 
mazkur darajaning a) va b) bandlarida 
ko’rsatilgandan boshqa nobudgarchiliklarga 
uchraganda sug’urta qoplamasi to’lanishini 


ta’minlovchi sug’urta turlari jami 
17-klass Huquqiy 
Sud 
muhokamasi 
bilan 
bog’liq ko’rilgan 
himoya 
qilish 
xarajatlar natijasida sug’urta qildiruvchi zarar 
bilan 
bog’liq ko’rganda sug’urta qoplamasi to’lanishini 
xarajatlarni 
ta’minlovchi sug’urta turlari jami 
sug’urta qilish 
Umumiy sug’urta xizmatlari hayot sug’urtasidan tashqari 
barcha sug’urta xizmat turlarini qamrab oladi. Hozirgi kunda umumiy 
sug’urta xizmatlari bozorida faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta 
tashkilotlari “Sug’urta faoliyati klassifikatori”ning umumiy sug’urta 
tarmog’iga oid barcha sug’urta klasslari doirasida sug’urta 
xizmatlarini ko’rsatayapti. Umumiy sug’urta xizmatlari bozorini 
tavsiflovchi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: 

sug’urta polisi amal qilish muddatining bir yildan oshmasligi. 
Shunday sug’urta xizmat turlari borki, uularning muddati hatto bir 
soatni tashkil etadi. Masalan, havo yo’llari orqali yo’lovchilarni 
tashishda qo’llaniladigan tashuvchining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug’urtalashda polisning amal qilish muddati uchish va 
qo’nish masofasidan kelib chiqqan holda bir soatga teng bo’lish 
mumkin. 

investitsiyaga yo’naltirilgan mablag’larning qisqa muddatli 
ob’ektlarga joylashtirilishi. 
2019 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston sug’urta bozorida 
jami 
30 ta sug’urta tashkiloti faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, 
uning 24 tasi yoki 
80,0 foizi umumiy sug’urta xizmatlari 
bozoriga tegishlidir. Umumiy sug’urta xizmatlari bozorida faoliyat 
ko’rsatayotgan 
eng 
yirik 
sug’urta 
tashkilotlari 
jumlasiga 
“O‘zbekinvest” 
eksport-import 
milliy 
sug’urta 
kompaniyasi, 
“O‘zagrosug’urta” va “Kafolat sug’urta kompaniyasi” aktsiyadorlik 
jamiyatlarini kiritish mumkin. 
Dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida hayotni sug’urta qilish 
bozori umumiy sug’urta xizmati bozoriga qaraganda yuksak 
darajada rivojlangan. Masalan, AQSh, Yaponiya va Yevropaning 
ba’zi davlatlarida sug’urtalovchilar tomonidan to’plangan jami 
sug’urta mukofotlari tarkibida hayotni sug’urtalash bo’yicha yig’ib 
olingan sug’urta mukofotlari katta salmoqqa ega. 
O‘zbekistonda hayotni sug’urta qilish bozori shakllanish 
jarayonini boshidan kechirmoqda. 2002 yil 5 aprelda “Sug’urta 
faoliyati to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan 
hayotni 
sug’urta qilish sug’urta faoliyatining, binobarin sug’urta 


bozorining alohida tarmog’iga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi “Sug’urta xizmatlari 
bozorini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 413-son 
qarori bilan tasdiqlangan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”ga muvofiq 
hayotni sug’urta qilish tarmog’i 4 ta klassdan iborat. Ushbu klasslar 
to’g’risida oldingi mavzularda to’xtalib o’tilgan. 
2003 yil dekabrda “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta 
kompaniyasi muassisligida hayotni sug’urtalashga ixtisoslashgan 
dastlabki sug’urta kompaniyasi – “O‘zbekinvest Hayot” shu’ba 
sug’urta tashkiloti tashkil etildi. Mazkur shu’ba sug’urta tashkiloti 
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslariga hayot 
va sog’likni sug’urta qilish maqsadida tashkil etilgan bo’lib, uning 
asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 

hayotni sug’urtalash tarmog’ining barcha klasslari va umumiy 
sug’urta tarmog’ining I va II klasslari bo’yicha sug’urta xizmatlarini 
ko’rsatish; 

tegishli sug’urta mahsulotlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston 
Respublikasi aholisi keng qatlamini ijtimoiy himoyalash vositalarini 
rivojlantirish; 

hayotni va sog’likni sug’urtalashning xalqaro standartlari 
amaliyotini joriy etish; 

xorijiy, xalqaro, milliy sug’urta tashkilotlari bilan hamkorlikni 
rivojlantirish; 
Hozirgi kunda 
“O‘zbekinvest Hayot” sug’urta tashkiloti 
respublikamizning barcha mintaqalarida o’z filiallariga ega va ular 
tomonidan quyidagi sug’urta xizmatlari ko’rsatiladi: 

bonus to’lovli hayot sug’urtasi. Mazkur sug’urta turining amal 
qilish muddati 13 oydan 20 yilg
acha bo’lgan muddatni tashkil etadi. 
Sug’urta summasi sug’urta qildiruvchi tomonidan aniqlanadi va 
shundan kelib chiqqan holda sug’urta mukofoti hisoblanadi. Sug’urta 
mukofotining miqdori sug’urtalangan shaxsning yoshi, sug’urta 
muddati va badallarni to’lash tartibi bilan bog’liq. Sug’urta 
mukofotlari sug’urta qildiruvchi shaxs uchun qulay usulda: bir 
marotaba, har yili, yarim yilda bir marta yoki har chorak yoxud har 
oyda to’lab borilishi mumkin. Sug’urta summasini to’lash quyidagi 
holatlarda amalga oshiriladi: 
-
shartnoma amal qilishining oxirgi muddatigacha yashash 
(bunda sug’urta summasi ilgari to’langan barcha sug’urta mukofotlari 
yig’indisi va kompaniya tomonidan to’lanadigan bonusga teng); 


-
sug’urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda (bunday holatda 
sug’urta summasi sug’urtalangan shaxsning qachon vafot etganidan 
va qancha sug’urta mukofoti to’laganidan qatiy nazar 
sug’urtalangan shaxs tomonidan qancha sug’urta mukofoti to’lanishi 
kerak bo’lgan summaga teng bo’ladi). 
Bu sug’urta mahsulotini sotib olish uchun sug’urta qildirmoqchi 
bo’lgan shaxsning yoshi 18-60 yosh oralig’ida bo’lishi lozim. 

ta’lim olish uchun hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish. Bunda 
ota-
onalarning farzandlarini ta’lim muassasalarida o’qishi bilan 
bog’liq xarajatlarini sug’urta yo’li bilan qoplash nazarda tutiladi. 
Sug’urta shartnomasining muddati 13 oydan 20 yilgacha bo’lgan 
muddatni tashkil etadi. Mazkur sug’urta turi bo’yicha sug’urta 
summalarini to’lash quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: 
-
farzandning oliy ta’lim muassasasi, kasb-hunar kolleji, 
akademik litsey yoki maktabga o’qishga kirishi; 
-
farzandning sug’urta polisida ko’rsatilgan yoshga kirishi (agar 
bola qayd etilgan muddatda o’qishga kira olmagan taqdirda). 
Sug’urta qildiruvchiga to’lanadigan sug’urta summasi miqdori 
ilgari to’langan barcha sug’urta mukofotlari yig’indisi va sug’urta 
tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan bonusga teng. 

nikohga hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish. Mazkur sug’urta 
mahsuloti farzandning nikohga kirish munosabati bilan uning ota- 
ona
si sarflaydigan xarajatlarni moliyaviy ta’minlash masalasini hal 
etishga ko’mak beradi. Sug’urta shartnomasining butun amal qilish 
davomida ishonchli sug’urta himoyasi ta’minlanadi. Hatto, oila 
boquvchisini yo’qotgan taqdirda ham nikoh arafasida farzand 
su
g’urta polisida belgilangan summani oladi. Bu sug’urta turida ham 
sug’urta polisining amal qilish muddati 13 oydan 20 yilgacha bo’lgan 
muddatni tashkil etadi. Sug’urtalangan shaxsga sug’urta summasi 
farzand nikohga kirganda yoki u sug’urta polisida ko’rsatilgan 
yoshga etganda to’lanadi. Sug’urta summasining miqdori sug’urta 
qildiruvchi tomonidan ilgari to’langan barcha sug’urta mukofotlari 
miqdoriga va sug’urtalovchi tomonidan taqdim etiladigan bonusga 
teng. 
Hayotni sug’urta qilish bozorida yuqorida ko’rsatilgan sug’urta 
xizmat turlari bilan bir qatorda hayot sug’urtasi ham amalga 
oshiriladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hayotni sug’urtalash 
bozorini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi soliq imtiyozlari 
berilgan: 



yuridik shaxslarning 
uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha 
sug’urta mukofotlarini to’lash bilan bog’liq xarajatlari boshqa 
xarajatlar tarkibiga kiritiladi va foyda solig’ini hisoblashda hisobga 
olinmaydi; 

yuridik shaxslarning uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha 
sug’urta mukofotlarini to’lashga yo’naltirilgan xarajatlari jismoniy 
shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi; 

jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlaridan uzoq 
muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha to’lagan sug’urta mukofotlari 
daromad solig’iga tortilmaydi. 
Ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda hayotni sug’urtalash bozorini 
rivojlantirish uchun davlat tomonidan katta imkoniyatlar yaratilgan. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin