T. Malikov O. Olimjonov moliya


Shaxsiy sug’urta va uning turlari



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

25.6. Shaxsiy sug’urta va uning turlari 
 
Sug’urta o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra ijtimoiy himoyaning 
muhim vositasi hisoblanadi. Masalan, baxtsiz hodisa ro’y berishi 
natijasida fuqaro tan jarohati olish yoki mehnat qobiliyatini vaqtincha 
yoxud umrbod yo’qotishi mumkin. Agar, fuqaro baxtsiz hodisalardan 
ehtiyoti shart sug’urtalangan bo’lsa, u holda sug’urta tashkiloti 
fuqaroning boshiga baxtsiz hodisa ro’y berishi oqibatida kulfat 
t
ushganda unga moddiy ko’mak beradi, shu fuqaroni oyoqqa turib 
olishiga imkon beradi. Ayniqsa, tibbiy sug’urtaning fuqarolarni 
ijtimoiy himoyalanishidagi ahamiyati katta. Fuqaro kasallikka duchor 


bo’lganda tibbiy sug’urta shartnomasi bo’yicha davolanish, dori- 
darmon sotib olish bilan bog’liq xarajatlar sug’urta tashkiloti 
tomonidan 
to’lab 
beriladi. 
Bugungi 
kunda 
O‘zbekiston 
Respublikasidagi qator sug’urta takshilotlari tibbiy sug’urta turlarini 
amalga oshirmoqdalar. 
Shaxsiy sug’urtada insonlarning hayoti, salomatligini saqlash 
bilan bog’liq manfaatlar sug’urta ob’yekti bo’lib hisoblanadi. 
Shaxsiy sug’urta shartnomasi tuzishda sug’urta qildiruvchi bilan 
sug’urta tashkiloti o’rtasida quyidagilar to’g’risida kelishuvga 
erishilishi lozim: 
sug’urtalangan shaxs to’g’risida; 
sug’urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sug’urta 
amalga oshirilayotgan voqea (sug’urta hodisasi)ning xususiyati 
to’g’risida; 
sug’urta puli miqdori to’g’risida; 
sug’urta mukofotining miqdori va uni to’lash muddati 
(muddatlari) 
to’g’risida; 
shartnomaning amal qilish muddati to’g’risida. 
Shaxsiy sug’urta deganda insonning sog’ligi, hayotini saqlash 
bilan bog’liq manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug’urta turlari 
tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 
yil 27 noyabrda qabul qilingan “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada 
rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 413-son qarori bilan 
tasdiqlangan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”ning umumiy sug’urta 
sohasiga oid 1-
klassi “Baxtsiz hodisalardan ehtiyoti shart sug’urta 
qilish” va 2-klassi “Kasallikdan ehtiyoti shart sug’urta qilish” shaxsiy 
sug’urta tarmog’iga mansub. Shuningdek, hayotni sug’urta qilish 
sohasining barcha klasslari doirasida amalga oshiriladigan sug’urta 
turlari ham shaxsiy 
sug’urta tarkibiga kiradi. Shaxsiy sug’urtaga oid 
eng ommaviy sug’urta turlariga quyidagilar kiradi: 

fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish; 

xorijga chiquvchi fuqarolarni sug’urta qilish; 
- tibbiy 
sug’urta; 

bonus to’lovli hayot sug’urtasi; 

ta’lim olish uchun hayotni uzoq muddatga sug’urtalash; 

nikoh uchun hayotni uzoq muddatga sug’urta qilish. 
Shaxsiy sug’urtaning yuqorida keltirilgan dastlabki uchta turini 
umumiy sug’urta sohasida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta tashkilotlari 
ham, hayotni sug’urta qilish sohasida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta 
tashkilotlari ham o’tkazishlari mumkin. Ammo, so’ngi uchta sug’urta 
turi hayotni sug’urta qilish sohasiga oid bo’lib, ularni faqat shu 


sohada faoliyat yuritish uchun tegishli litsenziyaga ega sug
’urta 
tashkilotlari amalga oshirishlari mumkin. 2019 yilning 1 yanvar 
holatiga O‘zbekiston Respublikasida hayotni sug’urta qilishga 
ixtisoslashgan 6 ta sug’urta tashkiloti (“O‘zbekinvest Hayot” va “Alfa 
life”, “New Life insurance”, “Agros Hayot”, “Evroasia-Life”, “Kafolat 
Hayot” sug’urta kompaniyalari) faoliyat ko’rsatmoqda. 
Inson hayoti quvonch va tashvishlardan iboratligini yaxshi 
bilasiz. Ayniqsa, inson boshiga tashvish tushganda, aniqroq qilib 
aytganda baxtsiz hodisa sodir bo’lganda u har doim moddiy 
ehtiyojlik sezadi. Hayot sug’urtasi fuqarolarning ma’lum bir 
yoshgacha yashashi yoxud vafot etishi bilan bog’liq xarajatlarni 
qoplash imokniyatini beradi. 
Shu jihatdan ta’kidlash mumkinki, hayot sug’urtasi ijtimoiy 
himoyaning samarali vositasidir. Aslida, 
sug’urta qildiruvchi 
shaxsning sug’urta muddati tamom bo’lgungacha yoki sug’urta 
shartnomasida 
belgilangan 
yoshgacha 
yashashi, 
sug’urta 
qildiruvchining vafot etishi holatlarda sug’urta summalarini to’lash 
bo’yicha sug’urta tashkilotining majburiyatlarini nazarda tutuvchi va 
sug’urta muddati bir yildan ortiq bo’lgan sug’urta turlariga hayot 
sug’urtasi deyiladi. 
Hayot sug’urtasi bo’yicha sug’urta shartnomalari sug’urta 
tashkiloti va sug’urta qildiruvchi o’rtasida tuziladi. O‘zbekistonda 
hayot sug’urtasining keng tarqalgan turlaridan biri hayotni jamg’arib 
boriladigan tarzda sug’urtalash hisoblanadi. Bu sug’urta turi sug’urta 
qildirgan shaxsni sug’urta holati yuz bergan taqdirda moddiy yordam 
bilan ta’minlaydi. Quyidagi holatlarning yuz berishi sug’urta 
hodisal
ari 
deb 
hisoblanadi: 
sug’urta 
qildirgan 
shaxsning 
(shartnomada belgilangan muddatgacha) yashashi yoki vafot etishi. 
Sug’urtalash shartlari: sug’urta qildirgan shaxs har oyda (har 
chorakda) cyg’ypta mukofotlari to’laydi. Ularning miqdori belgilangan 
tarifla
rga muvofiq aniqlanadi. Tariflar ikkita ko’rsatkichga: sug’urta 
qildirgan shaxsning yoshiga va sug’urtalash davriga bog’liq bo’ladi. 
Bunda jamg’arilgan resurslardan tashqari har oyda O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasidan 
kelib chiqqan holda bonus yozib boriladi. 
Shuni aytish kerakki, foiz stavkalari ancha yuqori bo’lgan bank 
depoziti bu sug’urta bilan raqobatlashadigan mahsulotdir. 
Depozitning afzalligi shundaki, mijoz shartnoma (talab qilib 
olinguncha saqlanadigan omonat) amal kilib turgan davrda 
daromadning bir qismini olishi mumkin, holbuki, hayotni jamg’arib 
boriladigan usulda cyg’yptalashda sug’urta shartnomasi tuzilgan 


paytdan boshlab mijoz sug’urta davrida o’z mablag’larining bir 
qismini olish huquqig
a ega bo’lmaydi. U shartnoma amal qilish 
muddati tugaganidan keyin summaning hammasini olishi mumkin. 
Hayotni jamg’arib boriladigan usulda sug’urtalashning bank 
depozitiga 
nisbatan 
afzalligi 
ham 
bor. 
Fuqaroning 
hayoti 
sug’urtalanganida sug’urta qildirilgan shaxs shartnoma amal qilib 
turgan har qanday davrda vafot etgan taqdirda sug’urta to’lovlari 
amalga oshiriladi. Holbuki, depozit bo’yicha bunday to’lovlar yo’q. 
Merosho’rlar cyg’ypta tashkilotidan butun sug’urta summasini, ya’ni 
sug’urta qildiruvchi cyg’yptalash davri oxirida olishi kerak bo’lgan 
summani oladilar. 
O‘zbekistonda 
amalda 
bo’lgan 
“Sug’urta 
faoliyati 
klassifikatori”ning hayotni sug’urta qilish tarmog’iga oid jami 4 ta 
klass mavjud bo’lib, shu sohaga ixtisoslashgan sug’urta 
kompaniyalari o’z faoliyatlarini ana shu klasslar doirasida tashkil 
etadilar. Quyidagi hayotni sug’urta qilish tarmog’iga oid klasslarning 
tasnifi keltirilgan: 
Hayotni sug’urta qilish tarmog’i
111
Klass tartib 
raqami 
Klassning 
nomi 
Mazmuni va sug’urta qilish shartlari bo’yicha 
talablar 
I klass 
Hayot va 
annuitetlar 
Quyidagi hollarda sug’urta summalari to’lash 
bo’yicha sug’urtalovchining majburiyatlarini 
nazarda tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga 
amal qiluvchi hayotni sug’urta qilish turlari 
jami: 

sug’urta qilinuvchining sug’urta muddati 
tamom 
bo’lgungacha 
yoki 
sug’urta 
shartnomasida 
belgilangan 
yoshgacha 
yashashi; 

sug’urta qilinuvchining vafot etishi; 
shuningdek 
sug’urta shartnomasi amal 
qilishi davridagi joriy to’lovlar (annuitetlar), III 
klass bundan mustasno 
II klass 
Nikoh va 
tug’ilish 
Nikohga kirishda yoki bola tug’ilganda 
sug’urta summasi to’lanishini ta’minlovchi, 
bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi 
hayotni sug’urta qilish turlari jami 
III klass 
Hayotni uzoq 
muddatli 
Umrbod renta 
to’lanishi bilan birgalikda 
hayotni sug’urta qilish turlari jami 
111
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 413-son qarori asosida tasdiqlangan. 


sug’urta qilish 
IV klass 
Sog’liqni 
sug’urta qilish 
Ko’rsatib o’tilgan sug’urta davri kamida besh 
yildan kam bo’lmagan muddatga yoki 
sug’urta qilinuvchining pensiya yoshiga 
etguniga qadar belgilanishi sharti bilan 
baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz 
hodisa yoki kasallik yoki kasallanish tufayli 
qattiq shikastlanish natijasida mehnatga 
layoqatlilikni 
yo’qotganda 
sug’urta 
summalari to’lanishini ta’minlovchi hayotni 
sug’urta 
qilish 
turlari 
jami. 
Bunda 
shartnomada ko’rsatilgan sug’urta davri 
sug’urtalovchi tomonidan bir tomonlama 
tartibda bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi 
mumkin emas. 
Hayotni sug’urta qilish bo’yicha tarif stavkasi va sug’urta 
summasini hisoblashda, sug’urta hodisalari sodir bo’lish ehtimolini 
aniqlashda hayotiylik jadvali muhim o’rin tutadi. Ushbu jadval ilk 
marta angliyalik olim Galley tomonidan 1693 yilda yaratilgan va 
e’lon qilingan. Hayotiylik jadvali turli demografik ko’rsatkichlar 
joylashgan ustunlardan iborat bo’lib, aholi statistikasi ma’lumotlari 
asosida tuziladi. 
Hayotiylik jadvali ma’lumotlari asosida insonlarning qancha 
yoshgacha 
yashash 
ehtimolini 
aniqlash 
mumkin. 
Statistik 
qonuniyatlar o’lim hodisasi ro’y berish ehtimolini inson yoshiga 
bog’liqligini tasdiqlaydi. Bola dunyoga kelgandan keyin uning 
dastlabki yillarida o’lim hodisasi yuz berishi ko’payishi, so’ngra uning 
kamayib borishi va 10-15 yoshlarda keskin pasayishi aniqlangan. 16 
yoshdan oshgandan so’ng o’lim hodisasining sekinlik bilan oshishi 
va inson keksayishi bilan o’lim hodisasi ro’y berish sur’atining 
oshishi kuzatilgan. Hayotiylik jadvali asosida sug’urta shartnomasi 
muddati va sug’urta qildiruvchining yoshi e’tiborga olingan holda 
hayotni sug’urtalash shartnomalari tuziladi. Bu o’z navbatida, 
sug’urta tashkilotiga sug’urta qildiruvchi shaxs to’laydigan sug’urta 
mukofoti miqdorini va shartnoma muddati tugagandan so’ng yoki 
sug’urta qildiruvchi vafot etganda qancha sug’urta summasi to’lash 
bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin