T. Malikov O. Olimjonov moliya


 Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

24.8. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug’urta qilish 
 
Xorijiy amaliyot shuni ko’rsatadiki, majburiy sug’urtaning 
mavjudligi sug’urtaning mamlakat iqtisodiyotiga kirib borishida 
asosiy omillardan biridir. Albatta, sug’urtaning majburiy turlarini 
tatbiq etish respublikada sug’urta sohasi rivojiga ko’p jihatdan imkon 
yaratadi. Lekin, majburiy sug’urta tizimini yaratishdan asosiy 
maqsad 
aholi 
muhtoj 
qatlamlarining 
ijtimoiy 
himoyasini 
ta’minlashdan iboratdir. Bugungi kunda majburiy sug’urta aholining 
muhtoj qatlamlari uchun ijtimoiy himoyani bozor iqtisodiyoti 
prin
tsiplari asosida ta’minlovchi qulay usul hisoblanadi. 
Sug’urtaning majburiy turlari ijtimoiy himoyani bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ta’minlashda qanchalik dolzarb ekanligini hisobga olgan 
holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi 
“Sug’urta bozorini isloh qilish va yanada rivojlantirish bo’yicha chora- 
tadbirlar to’g’risida” PQ-618-son qarori bilan “O‘zbekiston 
Respublikasida sug’urta bozorini isloh qilish va rivojlantirishning 
2007-
2010 yillarga mo’ljallangan Dasturi” tasdiqlangan edi. Bu 
dastur respublikada sug’urta sohasini rivojlantirish bilan bir qatorda 
majburiy sug’urtaning ijtimoiy yo’naltirilgan tizimini yaratishni ko’zda 
tutadi. 
Bugungi 
kunda 
mamlakatimizda 
transport 
vositalari 
egalarining 
fuqarolik 
javobgarligini 
majburiy 
sug’urtalash 
muvaffaqiyatli amal qila boshladi. 
2009 yilning 17 aprelida O‘zbekiston Respublikasining “Ish 
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish 
to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi
119
. Ushbu qonunni qabul qilishdan 
ko’zda tutilgan asosiy maqsad mehnat jarayonida jarohat olgan, 
119
“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasining 
Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2009 yil, 16-son. 


kasb 
kasalligi 
yoki 
xizmat 
burchini 
bajarayotgan 
vaqtida 
salomatligiga 
ziyon 
etgan 
fuqarolarning 
ijtimoiy 
himoyasini 
ta’minlashdan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida ish beruvchilarning 
fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug’urta qilish bo’yicha tegishli 
ruxsatnomaga ega sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 
24 iyundagi “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug’urta qilish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini 
amalga oshirish chora-
tadbirlari haqida” 177-sonli qaroriga muvofiq 
tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug’urta qilish Qoidalari”da o’z ifodasini topgan. Majburiy 
sug’urtalash qoidalari ushbu sug’urtani amalga oshirish vakolatiga 
ega barcha sug’urtalovchilar uchun bir xilda amal qiladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat 
kodeksi bugungi kunda xizmat burchini bajarayotgan paytida jarohat 
olgan xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ko’zda tutadi. Mehnat 
kodeksi ish beruvchining xodimga etkazilgan ziyon uchun javobgar 
ekanini belgilagan. Ma’lumki, Mehnat kodeksining 189-192 
moddalariga binoan ish beruvchi olgan jarohati, kasb kasalligi yoki 
mehnat jarayoni bilan bog’liq ravishda sog’ligiga etgan zararni, 
shuningdek, boquvchini yo’qotganlik uchun etgan zararni o’rnatilgan 
tartibda to’liq qoplashi shart. Ko’rinib turibdiki, xizmat burchini 
bajarayotgan paytda jarohat olgan xodimlarni moddiy jihatdan 
himoyalash ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Xodimning 
xizmat burchini bajarayotgan paytda olgan jarohati uchun ish 
beruvchi javobgar hisoblanadi. Shu bilan birga, ish beruvchi 
qoplashi zarur bo’lgan zarar hajmi ish beruvchining moliyaviy 
imkoniyatlariga doimo ham mos kelavermaydi yoki ish beruvchining 
moliyaviy holatiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
Chunki, ish beruvchi qoplashi kerak bo’lgan zarar hajmiga bir vaqtda 
va har oyda to’lanishi kerak bo’lgan kompensatsiya to’lovlari ham 
kirishi mumkin. Masalan, Mehnat kodeksining 190-
moddasiga binoan xodimning sog’ligiga etgan zarar uchun 
qoplanishi kerak bo’lgan mablag’ xodim jarohat olgan vaqtga qadar 
olgan o’rtacha oylik ish haqiga qo’shimcha ravishda xodim olgan 
jarohat darajasiga qarab belgilangan oylik foiz, jarohat olishi bilan 
bog’liq xarajatlarni qoplash, shuningdek, nafaqa ko’rinishidagi bir 
marotabalik to’lanishi kerak bo’lgan to’lovdan iborat. 


Bir marotaba 
to’lanadigan nafaqa hajmi jamoa shartnomasida, 
agar shartnoma tuzilmagan bo’lsa, ish beruvchi va kasaba 
uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakolatli organi o’rtasidagi 
kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda jarohat olgan xodimga 
to’lanadigan bir martalik nafaqa hajmi jarohatlangan shaxsning bir 
yillik o’rtacha ish haqidan kam bo’lmasligi, halok bo’lgan xodimning 
oila a’zolariga beriladigan nafaqa hajmi esa halok bo’lgan xodimning 
6 yillik o’rtacha ish haqidan kam bo’lmasligi kerak. 
Shu munosabat bilan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug’urta qilish to’g’risida” Qonun barcha ish beruvchilarga 
ularning xodimlari xizmat burchini o’tayotgan paytda hayoti yoki 
salomatligiga ziyon etgan taqdirda majburiy tarzda sug’urta 
himoyasini taqdim etishni nazarda tutadi. Qonun xodimlarning 
xizmat burchini o’tayotgan paytda hayoti yoki salomatligiga ziyon 
etishi yoki kasb kasalligiga uchrashi, halok bo’lishi yoxud kasb 
kasalligi oqibatida vafot etishi bois ish beruvchining javobgarligi 
yuzaga kelgan hollar
da sug’urtalovchilar tomonidan davriy va bir 
martalik to’lovlarni to’lash uchun zarur mablag’larni to’lashni 
ta’minlovchi tizim uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Sug’urtaning ushbu turining majburiyligi, birinchi navbatda, 
mamlakatning barcha ish beruvchilarini qamrab olish imkonini 
beradi. Bu esa o’z navbatida, sug’urtaning ushbu turi bo’yicha eng 
kam sug’urta tariflarini qo’llashga imkoniyat yaratadi. Mohiyatan, 
majburiy sug’urtaning bu turi mamlakat ish beruvchilari o’rtasidagi 
jabr ko’rgan ish beruvchilar ko’rgan zararlarni qoplash uchun 
mo’ljallangan mablag’larni qayta taqsimlash mexanizmi sifatida 
namoyon bo’ladi. Bu mexanizm, birinchi navbatda, jabr ko’rgan 
xodimlarga etkazilgan zararlarni qonunda belgilangan sug’urta 
summasi doirasida qoplash kafolati
ni ta’minlaydi. Ikkinchidan, 
majburiy sug’urta ish beruvchi o’zining jabr ko’rgan xodimiga zarar 
qoplab berilganda ham moliyaviy barqarorligi saqlanib qolishi va ish 
beruvchining faoliyatini qo’llab-quvvatlovchi eng maqbul usul bo’lib 
qoladi. 
Darhaqiqat, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug’urta qilish tizimida sug’urta qildiruvchi sifatida ish beruvchi — 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxs bilan mehnat 
shartnomasi (kontrakt) tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs asosiy 
sub
’yekt hisoblanadi. Jabrlanuvchi — o’z mehnat vazifalarini 
bajarishi bilan bog’liq holda mehnatda mayib bo’lishi, kasb 
kasalligiga chalinishi yoki sog’lig’ining boshqacha tarzda 
shikastlanishi munosabati bilan sog’lig’iga zarar etkazilgan, sug’urta 


Jabrlanuvchi 
Annuitetlar shartnomasi 
bo’yicha sug’urtalovchi 
Fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug’urtalash 
shartnomasi bo’yicha 
sug’urtalovchi 
Naf oluvchi 
Ish beruvchi 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin