T. Malikov O. Olimjonov moliya


  Sug’urta syurveyerlari, aktuariylari, adjasterlari va



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

24.4. 
Sug’urta syurveyerlari, aktuariylari, adjasterlari va 
assistanslari 
 
Sug’urta bozorining jadal rivojlanishi, sug’urta xizmatlariga 
bo’lgan talab va ehtiyojning yil sayin oshib borishi tufayli bozorning 
sug’urtalovchilar hamda ularning mijozlari bo’lmish yuridik va 
jismoniy shaxslarga sug’urta faoliyati bilan bog’liq xizmatlarni 
ko’rsatishga ixtisoslashgan sug’urta syurveyerlari, aktuariylar kabi 
yangi muassasalarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. 
Syurveyer inglizcha “surveyor” so’zidan olingan bo’lib, bu 
tushuncha O‘zbekiston sug’urta bozorida 1997 yildan qo’llanilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi 
“Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish 
chora-
tadbirlari to’g’risida” 618-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
“Sug’urta bozorining professional qatnashchilari to’g’risidagi 
Nizom”da 
sug’urta 
syurveyerining 
vakolatlari, 
huquq 
va 
majburiyatlari 
o’z 
ifodasini 
topdi. 
Shu 
yili 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
“Sug’urta 
faoliyati 
to’g’risida”gi 
Qonunga 
qo’shimcha va o’zgartishlar kiritildi va unda sug’urta bozorining 
professional ishtirokchilari qatori sug’urta syurveyerlari faoliyat 
yo’nalishlarining huquqiy asoslari mustahkamlandi. Mazkur 
qonunning 9
6
va 9
7
-
moddalarida sug’urta syurveyerining huquq va 
majburiyatlari aniq ko’rsatib qo’yilgan bo’lib, ular quyidagilardan 
iborat: 
Sug’urta 
syurveyeri 
quyidagilar 
bo’yicha 
xizmatlar 
ko’rsatuvchi, o’z shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo’lgan 


yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega bo’lgan 
jismoniy shaxsdir: 
sug’urta shartnomasi tuzilguniga qadar sug’urta ob’yektini 
ko’zdan kechirish va tekshirish; 
sug’urta shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va 
tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini 
aniqlash; 
tekshirilayotgan sug’urta ob’yekti bo’yicha xulosa tuzish. 
Sug’urta ekspertizasini o’tkazishga vakolatli mutaxassislarning 
(ekspertlarning) ish tartibi sug’urta syurveyeri tomonidan belgilanadi. 
Sug’urta syurveyeri o’z faoliyatini sug’urtalovchi (sug’urta 
qildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi. 
Sug’urta syurveyeri: 
sug’urtalovchi sifatida sug’urta va qayta sug’urta qilish 
operatsiyalari o’tkazishga; 
sug’urta bo’yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga; 
sug’urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli 
emas. 
Sug’urta syurveyeri ishining natijalari bo’yicha hisobot taqdim 
etiladi, sug’urtalovchi (sug’urta qildiruvchi) bu hisobotdan sug’urta 
(qayta sug’urta qilish) shartnomasi tuzish chog’ida foydalanishi 
mumkin. 
Sug’urta syurveyerining hisobotida ko’rsatilgan xulosalar 
mustaqil sug’urta ekspertizasi jarayonida qayta ko’rib chiqilishi 
mumkin. 
Sug’urta syurveyeri: 
xizmatlar 
ko’rsatiladigan 
sug’urtalovchini 
(sug’urta 
qildiruvchini) erkin tanlashga; 
sug’urta ob’yektini o’rganish uchun sug’urta qildiruvchidan 
(sug’urtalovchidan) zarur axborotni so’rash va olishga; 
davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati sug’urta 
ob’ektlariga daxldor bo’lgan boshqa tashkilotlardan zarur 
ma’lumotlarni so’rash va olishga haqli. 
Sug’urta syurveyeri qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan 
shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham e
ga bo’lishi 
mumkin. 
Sug’urta syurveyeri: 
sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya 
etishi; 
sug’urta ekspertizasi o’tkazish uchun taraflar taqdim etgan 
hujjatlarning saqlanishini ta’minlashi; 


mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan 
ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi shart. 
Sug’urta syurveyeri zimmasida qonun hujjatlariga va o’zi 
tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi 
mumkin. 
Hozirgi kunda mamlakatimiz sug’urta bozorida bir nechta 
syurveyer tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. 
“Aktuar” atamasi “aktuariy” tushunchasi bilan uzviy bog’langan 
va inglizcha «actuaru», lotincha «actuarmus» so’zlaridan olingan 
bo’lib, hisobchi, tez yozuvchi degan ma’nolarni anglatadi. 
Aktuariyning 
asosiy vazifalaridan biri u sug’urta turlari bo’yicha tarif 
stavkalarini hisoblash usullarini ilmiy jihatdan asoslab beradi. 
Ma’lumki, sug’urta tariflari sug’urtalovchilarning moliyaviy jihatdan 
barqaror faoliyat ko’rsatishlarida muhim omil bo’lib hisoblanadi. 
Aktuar hisob-
kitoblar o’zida statistik va iqtisodiy-matematik 
usullar 
asosida 
tarif 
stavkalarini 
hisoblash 
tizimini 
mujassamlashtiradi. 
Sug’urta 
tashkiloti 
tomonidan 
sug’urtalanuvchiga ko’rsatiladigan xizmatlarning tannarxini 
hisoblash aktuar hisob-kitob kalkulyatsiyasi deb ataladi. Aktuar 
hisob-
kitob kalkulyatsiyasi shartnomadagi sug’urta to’lovlarini 
aniqlash imkonini beradi. 
Aktuar hisob-
kitoblar sug’urtaning quyidagi o’ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olib, amalga oshiriladi: 

sug’urta hodisalari sodir bo’lishining ehtimollik xususiyatiga ega 
ekanligi va ularning baholanishi. Bu sug’urta mukofotlarining 
hajmiga o’z ta’sirini o’tkazadi; 

sug’urtalovchi tomonidan sug’urtalanuvchiga ko’rsatiladigan 
xizmatlarning to’liq tannarxi sug’urta shartnomasida ko’rsatiladigan 
sug’urta mukofotlari summasida o’z aksini topadi; 

sug’urtalovchining sug’urta zaxiralarini optimal hajmini aniqlash 
va shakllantirishning zarurligi; 

sug’urta hodisasi ro’y berishi natijasida yuzaga keladigan qisman 
yoki umumiy zararlarning mavjudligi; 

sug’urta risklarining guruhlarga ajratilishi; 
Sug’urta faoliyatida aktuar hisob-kitoblarning vazifalari 
quyidagilardan iborat:
110

jami sug’urta hajmida risk guruhlari klasifikatsiyasini o’rganish; 

sug’urta hodisasi ro’y berishining matematik ehtimolligini 
hisoblash; 
110
I.T.Balabanov, A.I.Balabanov «Straxovaniya» Moskva izd-vo «Piter» 2004 g. 



sug’urtalash jarayonini tashkil etishda kerakli xarajatlarning 
matematik asoslanganligi; 

sug’urtalovchilarning zaxira fondini shakllantirishning matematik 
asoslanganligi; 

Sug’urtalovchi tomonidan sug’urta mukofotlarini investitsiya 
maqsadlarida ishlatishda foiz normalarini aniqlash; 
Aktuar hisob-kitoblarning nazariy asoslari XVII asrda D.Graund, 
Ya.De Vitte va E.Galley kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan 
hamda hozirgi paytda ancha takomillashtirilgan. Sug’urta 
tarmoqlariga ko’ra aktuar hisoblar shaxsiy sug’urta bo’yicha hisob- 
kitoblar, mol-
mulk sug’urtasi va javobgarlik sug’urtasi bo’yicha 
aktuar hisob-kitoblarga guruhlanadi. 
Vaqt ko’rsatkichlari esa reja 
asosidagi hisob-kitoblarga guruhlanadi. Bu hisob-kitoblar kelajakda 
ushbu sug’urta turini amalga oshirishda sug’urtalovchiga tayanch 
bo’ladi. 
Shuning uchun bu aktuar hisob-kitob turi kelgusidagi hisob- 
kitob deb ham ataladi. Rejali aktuar hisob-
kitoblar yangi sug’urta 
turini joriy qilish vaqtida risklar kuzatuvi bo’yicha ko’rsatkichlar 
mavjud bo’lmagan taqdirda qo’llaniladi. Bunday holatda sug’urta 
tashkiloti tomonidan mazkur sug’urta turiga o’xshash sug’urta turlari 
bo’yicha o’tkazilgan operatsiyalar natijalari asos qilib olinadi. Ma’lum 
bir muddat (uch yildan kam bo’lmasligi kerak) o’tgandan so’ng 
olingan statistik ma’lumotlar tahlil qilinadi va rejali aktuar hisob- 
kitoblarga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi. 
Shuni alohid
a ta’kidlash lozimki, sug’urta tashkiloti tomonidan 
sug’urta, o’zaro sug’urta va qayta sug’urta operatsiyalarini amalga 
oshirishda har qanday sug’urta turi bo’yicha tariflar hisob-kitobi 
aktuar hisob-
kitoblarga tayanilgan holda aniq sug’urta ob’yektining 
qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladi. Umuman aktuar hisob-kitoblar 
yordamida sug’urta xizmatini hamda sug’urtalovchi tomonidan 
sug’urtalanuvchiga ko’rsatiladigan xizmatning qancha turishi 
aniqlanadi. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida sug’urta tashkilotlari 
tomonidan sug’urta tariflarini ishlab chiqishda va sug’urta zaxiralarini 
shakllantirishda aktuar hisob-kitoblarning zamonaviy uslublaridan 
foydalanish qoniqarli darajada emas. Aksariyat sug’urta tashkilotlari 
sug’urta tariflarini ishlab chiqishda aktuar hisob-kitoblardan etarli 
darajada foydalanmaydi. 
Aktuar hisob-
kitoblarni sug’urta faoliyatida, aniqroq qilib 
aytganda sug’urta tariflarini ishlab chiqishda tatbiq etish sug’urta 


tashkilotlarining 
to’lov 
qobiliyatlarini 
mustahkamlash 
nuqtai 
nazaridan katta ahamiyatga ega. Zero, sug’urtalovchilarning 
moliyaviy jihatdan barqaror faoliyat ko’rsatishi, to’lov qobiliyatining 
mustahkamligi 
sug’urtalanuvchilarning 
manfaatlarini 
himoya 
qilishning kafolatidir. 
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi 
Qonunining 9
4
va 9
5
–moddalarida aktuariylarning huquq va 
majburiyatlari ko’rsatib o’tilgan. 
Aktuariy quyidagilarni o’z ichiga oladigan aktuar xizmatlari 
ko’rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir: 
sug’urta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan ehtimolligi 
hisob-kitobini 
amalga 
oshirish, 
ham 
alohida 
tavakkalchilik 
guruhlarida, ham umuman sug’urta majmui bo’yicha zarar 
etkazilishining takroriyligini va ularning oqibatlari og’irligi darajasini 
belgilash; 
sug’urtalovchining (qayta sug’urtalovchining) zarur sug’urta 
zaxiralari va fondlarini matematik jihatdan asoslash hamda hisob- 
kitob qilish, ularni shakllantirish usullarini ishlab chiqish; 
sug’urtalovchining 
investitsiyalar 
sifatida 
to’plangan 
badallardan foydalanishid
a kapital qo’yilma normasi va netto-stavka 
miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni tarif stavkalarini investitsiya daromadi 
summasiga kamaytirishga ko’maklashadigan tarzda aniqlash; 
sug’urta jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlarni 
asoslash va sug’urta xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilish; 
sug’urtaning (qayta sug’urta qilishning) har bir turi bo’yicha 
tarif stavkalarini sug’urtalovchilar uchun ularni o’tkazishning uzoq 
muddatli va qisqa muddatli xususiyatini hisobga olgan holda 
belgilash; 
sug’urtalovchining (qayta sug’urtalovchining) investitsiya 
faoliyati natijalarini aktuar hisob-kitoblardan foydalangan holda 
baholash; 
sug’urtalovchining (qayta sug’urtalovchining) daromadlarini 
sug’urtaning (qayta sug’urta qilishning) har xil turlari bo’yicha 
rejalashtirish. 
Aktuariy sug’urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 
faqat aktuar xizmatlari ko’rsatadi. 
Aktuariy, agar u aktuar tashkilot shtatida turgan bo’lsa yoki 
aktuar tashkilot tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma 
tuzilgan taqdirda, aktuar x
izmatlari ko’rsatishga jalb etilishi mumkin. 
Aktuariy sifatsiz aktuar xizmatlarini ko’rsatganlik, tijorat yoki 
boshqa sirni oshkor qilganlik va aktuar tashkilot zarar ko’rishiga olib 


kelgan o’zga xatti-harakatlar natijasida etkazilgan zarar uchun 
aktuar tashkilot oldida javobgar 
bo’ladi. 
Aktuar xizmatlari ko’rsatish uchun aktuariy maxsus vakolatli 
davlat organi belgilagan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olishi 
shart. 
Yuridik shaxs bo’lgan aktuariy o’z shtatida aktuariy malaka 
sertifikat
iga ega bo’lgan kamida bitta aktuariyga ega bo’lishi kerak. 
Aktuariy: 
sug’urtalovchi sifatida sug’urta va qayta sug’urta qilish 
operatsiyalari o’tkazishga; 
sug’urta bo’yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga; 
sug’urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli 
emas. 
Aktuariy faoliyati natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi. 
Aktuariy hisobotida ko’rsatilgan xulosalar mustaqil sug’urta 
ekspertizasi jarayonida qayta ko’rib chiqilishi mumkin. 
Aktuariy quyidagi huquqlarga ega: 
aktuar xi
zmatlari ko’rsatiladigan sug’urtalovchini (qayta 
sug’urtalovchini) erkin tanlash; 
aktuar xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan axborot 
sug’urtalovchi (qayta sug’urtalovchi) tomonidan taqdim etilmagan 
taqdirda, aktuar xizmatlari ko’rsatishni rad etish; 
boshqa aktuariylarni va 
o’zga mutaxassislarni aktuar 
xizmatlari ko’rsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish. 
Aktuariy qonun hujjatlariga va 
o’zi tuzgan shartnomalarga 
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin. 
Aktuariy: 
sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya 
etishi; 
aktuar xizmatlari 
ko’rsatish chog’ida olingan axborotning 
maxfiyligiga rioya etishi; 
aktuar xulosasida aktuar hisob-kitoblarning kamchilik faktlarini 
va ularni bartaraf etishga doir takliflarni aks ettirishi shart. 
Aktuariy zimmasida qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan 
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin. 
“Adjaster” tushunchasi inglizcha “adjuster” so’zidan olingan 
bo’lib, uning asosiy mohiyati sug’urta hodisalari sodir bo’lganda 
uning ro’y berish sabablarini o’rganish, tahlil etish va etkazilgan 
zarar miqdorini aniqlashga qaratilgan faoliyatni anglatadi. Xalqaro 
amaliyotda adjaster xizmatlaridan foydalanish keng yo’lga qo’yilgan. 


Bizning respubl
ikamizda adjaster xizmatlarini ko’rsatish 2008 yildan 
yo’lgan qo’yilgan. 
2007 yilda amaldagi “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunga 
adjasterlarning faoliyatini huquqiy tartibga solishni nazarda tutuvchi 
qo’shimcha va o’zgartishlar kiritildi. 
Adjaster s
ug’urtalovchining (sug’urta qildiruvchining) topshirig’i 
bo’yicha quyidagi xizmatlarni ko’rsatuvchi, o’z shtatida tegishli 
mutaxassislarga ega bo’lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va 
malakaga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir: 
sug’urta hodisasi yuz berganidan keyin sug’urta ob’yektini 
ko’zdan kechirish va tekshirish; 
sug’urta hodisasi faktlarini va tavakkalchilik holatlarini tahlil 
qilish; 
sug’urta ob’yektining shikastlanish sabablarini va sug’urta 
hodisasi mavjudligini aniqlash; 
sug’urta hodisasi mavjud bo’lgan taqdirda — sug’urta hodisasi 
oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini 
belgilash; 
to’lanishi kerak bo’lgan sug’urta tovoni summasini aniqlash; 
sug’urtalovchi uchun sug’urta hodisasi bo’yicha xulosa tuzish. 
Adjaster 
o’z faoliyatini sug’urtalovchi (sug’urta qildiruvchi) 
bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi. 
Adjaster: 
sug’urtalovchi sifatida sug’urta va qayta sug’urta qilish 
operatsiyalari o’tkazishga; 
sug’urta bo’yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga; 
sug’urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli 
emas. 
Adjaster xizmati ko’rsatish natijalari hisobot tarzida 
rasmiylashtirilib, undan sug’urtalovchi zararlarning o’rnini qoplash va 
nizolarni hal qilish chog’ida foydalanishi mumkin. 
Adjasterning hisobotida ko’rsatilgan xulosalar mustaqil 
sug’urta ekspertizasi jarayonida qayta ko’rib chiqilishi mumkin. 
Adjaster quyidagi huquqlarga ega: 
adjaster xizmatlari ko’rsatiladigan sug’urtalovchini (sug’urta 
qildiruvchini) erkin tanlash; 
sug’urta voqeasini (sug’urta hodisasini) o’rganish uchun 
sug’urta qildiruvchidan (sug’urtalovchidan) zarur axborotni so’rash 
va olish; 
sug’urta hodisasi yuz berganidan so’ng sug’urta ob’yektini 
ko’zdan kechirish va tekshirish; 


o’zi sug’urta ob’yektini sirtdan (zarur hollarda — texnika 
vositalarini qo’llagan holda) ko’zdan kechirganligi to’g’risidagi 
dalolatnomani rasmiylashtirish; 
faoliyati sug’urta ob’ektlariga daxldor bo’lgan davlat hokimiyati 
va boshqaruvi organlaridan yuridik ahamiyatga molik zarur 
ma’lumotlarni belgilangan tartibda so’rash va olish. 
Adjaster qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan shartnomalarga 
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin. 
Adjaster: 
sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya 
etishi;
sug’urta hujjatlarining saqlanishini ta’minlashi; 
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan 
ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi; 
sug’urta hodisasiga taalluqli ma’lumotlarni o’z vaqtida tahlil 
qilish uchun chora-
tadbirlar ko’rishi shart. 
Adjaster zimmasida qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan 
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin. 
O‘zbekistonda dastlabki assistans tashkiloti 2000 yilda 
“O‘zbekinvest” 
eksport-import 
milliy 
sug’urta 
kompaniyasi 
muassisligida “O‘zbekinvest Assistans” nomi bilan tuzilgan. 
Tashkilotning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslarga tibbiy, 
yuridik xizmatlarini ko’rsatishdan iborat. Tibbiy assistans sug’urta 
tashkilotlarining 
mijozlariga 
tibbiy 
maslahatni 
tashkil 
etish, 
ambulatoriya va turg’un tibbiy yordam ko’rsatish, sug’urta hodisasi 
sodir bo’lgan joyda tez tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkillashtirish, 
dori-darmonlarni etkazib berishdan iborat. Tibbiy assistans xizmati 
tarkibiga boshqa tibbiy y
ordam ko’rsatish turlari ham kirishi mumkin. 
Texnik assistans sug’urtalangan avtotransport vositasi yo’l- 
transport hodisasi sodir bo’lishi oqibatida shikastlanganda uni 
tuzatish va ta’mirlash ustaxonalariga olib borish hamda 
avtomobillarni ta’mirlash bilan bog’liq xizmatlarni o’z ichiga oladi. 
Yuridik xizmat esa mijozlarning murojaatlari asosida uning vakili 
sifatida sudda mijozning manfaatlarini himoya qilish, sug’urta 
hodisalari sodir bo’lishi natijasida yuzaga kelgan zararlarni tartibga 
solish, adjaster 
va syurveyer xizmatlarini ham ko’rsatadi. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasining 
“Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida assistans xizmati 
ko’rsatuvchi tashkilotlarning huquq va majburiyatlari o’z aksini 
topgan. Ular quyidagilardan iborat: 


Assistans sug’urta qildiruvchilarga (sug’urtalangan shaxslarga, 
naf oluvchilarga) hamda sug’urtalovchilarga sug’urta shartnomasi 
doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar 
ko’rsatuvchi, shuningdek ularga moliyaviy ko’mak beruvchi yuridik 
yoki jismoniy shaxsdir. 
Assistans o’z faoliyatini sug’urtalovchi bilan tuzilgan 
shartnomaga muvofiq amalga oshiradi. 
Assistans xizmatlariga sug’urta qildiruvchilar (sug’urtalangan 
shaxslar) ishtirokisiz faqat su
g’urtalovchilar tomonidan haq to’lanadi. 
Assistans: 
sug’urtalovchi sifatida sug’urta va qayta sug’urta qilish 
operatsiyalari o’tkazishga; 
sug’urta bo’yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga; 
sug’urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli 
emas. 
Assistans quyidagi huquqlarga ega: 
assistans xizmatlari ko’rsatilishi bo’yicha sug’urtalovchilar 
bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzish; 
assistans xizmatlari ko’rsatilishi uchun zarur bo’lgan barcha 
axborot sug’urtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, 
assistans xizmatlari ko’rsatishni rad etish; 
tegishli mutaxassislarni assistans xizmatlari ko’rsatishda 
ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish. 
Assistans qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan shartnomalarga 
muvofiq boshqa huquqlar
ga ham ega bo’lishi mumkin. 
Assistans: 
sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya 
etishi; 
sug’urta 
qildiruvchilardan 
(sug’urtalangan 
shaxslardan) 
sug’urta voqealari (sug’urta hodisalari) to’g’risidagi xabarlar kecha- 
kunduz qabul q
ilinishini tashkil etishi va sug’urta shartnomasi 
doirasida, taqdim etilgan sug’urta polisi asosida sug’urta 
qildiruvchilarga 
(sug’urtalangan 
shaxslarga) 
zarur 
yordam 
ko’rsatishi; 
sug’urta hodisalarini ko’rib chiqish va tartibga solish chora- 
tadbirlarini 
ko’rishi shart. 
Assistans zimmasida qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan 
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin. 
Hozirgi kunda respublikamizda “Bovar Service”, “Global 
Assist”, “Insurance Assist Group”, “O‘zbekinvest Assistans” 
assis
tans xizmatlarini ko’rsatuvchi tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. 



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin