T. Malikov O. Olimjonov moliya


Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta 
qilish sub’ektlari 
tovonini olish huquqiga ega bo’lgan xodim; naf oluvchi — xodim o’z 
mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda vafot etgan taqdirda 
sug’urta tovonini olish huquqiga ega bo’lgan shaxs; ish beruvchining 
fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha 
sug’urtalovchi — umumiy sug’urta qilish sohasida faoliyatni amalga 
oshiruvchi yuridik shaxs; annuitetlar shartnomasi bo’yicha 
sug’urtalovchi — hayotni sug’urta qilish sohasida faoliyatni amalga 
oshiruvchi yuridik shaxsdir. 
Quyida keltirilgan chizmada ish beruvchining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug’urta qilishning sub’yektlari keltirilgan. 
“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta 
qilish to’g’risida”gi Qonunning 17-moddasi 2-bandida ish 
beruvchining qator majburiyatlari, shu jumladan, uning ushbu 
qonunga muvofiq o’z fuqarolik javobgarligini sug’urtalash majburiyati 
ko’rsatib o’tilgan. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug’urta qilish to’laqonli amalda bo’lishini ta’minlash uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ish beruvchining 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari 
haqida” 2009 yil 24 iyunda 177-sonli qarori qabul qilinganligini 
ta’kidlash lozim
120

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta 
qilish jarayonini shartli ravishda ikki bosqichga bo’lish mumkin. 
120
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta 
qilish to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2009 yil 24 
iyundagi 177-son qarori. - O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2009 yil, 26- 
son. 


Birinchi bosqich, majburiy sug’urta shartnomasi imzolangan 
paytdan sug’urta hodisasi sodir bo’lgan kun yoki majburiy sug’urta 
shartnomasi muddati tugagan sanagacha davom etadi. Ikkinchi 
bosqich, majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta hodisasi 
yuzaga kelgan paytdan boshlanadi. Birinchi bosqich, sug’urta 
munosabatlarida faqat sug’urtaning ushbu turini amalga oshirgan 
sug’urtalovchi va ish beruvchi kabi sub’yektlar ishtirok etadi. Mazkur 
bosqichda majburiy sug’urta shartnomasi tuziladi va sug’urtaning 
ushbu turi bo’yicha sug’urta mukofoti to’lanadi. Sug’urta 
shartnomasiga binoan sug’urtalovchi kelishilgan haq sug’urta 
mukofoti evaziga s
ug’urta hodisasi yuzaga kelganda ish beruvchi va 
jabrlanuvchi yoki naf oluvchiga sug’urta shartnomasida kelishilgan 
sug’urta summasi doirasida sug’urta to’lovlarini to’lash majburiyatini 
zimmasiga oladi. 
Ta’kidlash lozimki, majburiy sug’urta shartnomasining asosiy 
shartlari qonunning o’zi bilan muvofiqlashtiriladi. Mazkur shartlar 
asosida Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko’rsatilgan qarori bilan 
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish 
qoidalari tasdiqlangan. Ushbu qoidalar majburi
y sug’urtaning 
mazkur turini amalga oshirishning umumiy qoidalari, subrogatsiya, 
sug’urtalovchini almashtirish yoki annuitetlar shartnomasiga ko’ra 
sug’urtalovchini o’zgartirish, yakuniy qoidalar kabi umumiy shartlarni 
o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, qoidalar fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug’urta qilish shartnomasiga tegishli shartlarni ham o’z 
ichiga oladi. Bu shartlar majburiy sug’urta shartnomasini tuzish, 
o’zgartirish va muddatidan avval bekor qilish, sug’urta summasi, 
sug’urta mukofoti va uni to’lash qoidalari, majburiy sug’urta 
shartnomasida 
ishtirok 
etayotgan 
tomonlarning 
huquq 
va 
majburiyatlari, sug’urta hodisalarini ko’rib chiqish tartibi, ko’rilgan 
zarar hajmini aniqlash va majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha 
sug’urta qoplamasini to’lash, shuningdek, annuitetlar shartnomasiga 
tegishli shartlar, sug’urta summasi, sug’urta mukofoti va annuitetlar 
shartnomasi bo’yicha qaytarib sotib olish summasi, annuitetlar 
shartnomasida 
ishtirok 
etuvchi 
tomonlarning 
huquq 
va 
majburiyatlari, annuitetlar sh
artnomasi bo’yicha joriy to’lovlar 
shaklida sug’urta qoplamalarini to’lash tartibi, annuitetlar 
shartnomasini o’zgartirish va muddatidan avval bekor qilish 
tartibidan iborat. 
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta 
qilish shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi va bir yil 
muddatga tuziladi. Ammo, agar ish beruvchining faoliyati bir yildan 


kam muddat davom etishi mo’ljallangan bo’lsa, u holda shartnoma 
ish beruvchi tomonidan ushbu faoliyatni olib borish muddatiga 
tuziladi. 
Majburiy sug’urtaning ushbu turi bo’yicha sug’urta summasi 
quyidagicha belgilanadi
121


majburiy sug’urta shartnomasi tuzilayotgan sanaga kelib, bir 
yildan ko’p faoliyat olib borgan ish beruvchi uchun – ish beruvchi 
barcha xodimlarining ushbu shartnoma tuz
ilgan kungacha o’tgan 12 
oyda olgan yillik ish haqi hajmidan; 

o’z faoliyatini yangidan boshlayotgan ish beruvchi uchun 
barcha xodimlarning majburiy sug’urta shartnomasi tuzilgan kundan 
keyin keladigan 12 oy uchun oladigan ish haqi hajmidan. Bunda 
yillik is
h haqi miqdori birinchi oydagi ish haqini 12 ga ko’paytirish 
yo’li bilan hisoblanadi. 

o’z faoliyatini kamida bir yil avval boshlagan ish beruvchi uchun 
ish beruvchining barcha xodimlari ish beruvchining ushbu faoliyatini 
amalga oshirish muddatida olgan ish haqi hajmida. 
Majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta mukofoti sug’urta tariflari 
asosida hisoblanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug’urtalash bo’yicha sug’urta tarifi ikki tarkibiy qismda 
shakllantiriladi: 
Bazaviy stavka va ish beruvchi olib borayotgan faoliyatning 
xavflilik darajasiga ko’paytiriladigan koeffitsent. Bazaviy stavka ish 
beruvchilar va sug’urtalovchilar uchun yagona hisoblanadi hamda 
ish beruvchining fuqarolik javobgarligi shartnomasi bo’yicha sug’urta 
summasining yillik 0,1 foiz miqdorida belgilanadi. Bazaviy stavkaga 
ko’paytiriladigan koeffitsent ish beruvchi olib borayotgan faoliyatning 
xavflilik darajasiga qarab belgilanadi. Faoliyat xavfliligi esa ish 
beruvchi faoliyat turining xavflilik darajasi klassifikatsiyasi darajasiga 
muvofiq belgilanadi. Ish beruvchi faoliyat turining xavflilik darajasi 
klassifikatsiyasi 
qoidalar 
asosida 
tasdiqlangan 
ushbu 
klassifikatsiyaga binoan iqtisodiyot sohalari kasbiy xatarlarining 20 
ta klassiga ajratilgan. Har bir klass bo’yicha tegishli koeffitsientlar 
belgilangan. Agar, ish beruvchi klassifikatsiyada keltirilmagan 
faoliyat turi bilan shug’ullanayotgan bo’lsa, faoliyatning bu turiga 
nisbatan kasbiy xatarlar klasslari bo’yicha o’rtacha sug’urta 
tariflariga teng 3,400 hajmidagi koeffitsi
ent qo’llaniladi. 
Shuningdek, sug’urtaning ushbu turi bo’yicha sug’urta tariflari 
tarkibi ham belgilangan bo’lib, bunda sug’urta mukofoti hajmidagi 
121
“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasining 
Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2009 yil, 16-son. 


netto-
stavka va sug’urta mukofoti hajmida majburiy sug’urtani 
amalga oshirish xarajatlari ulushi belgilab beriladi. Sug’urta tarifi 
tarkibiga muvofiq, tarif stavkasining 70 foizi ish beruvchining 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasi bo’yicha 
to’lovlar va 30 foizi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug’urtalash xarajatlari (shu jumladan, sug’urta hodisalarini oldini 
olishga oid ogohlantirish tadbirlari zaxirasiga chegirmalar tarifning 
5,0 foizini tashkil etadi)dan iborat. 
Shubhasiz, respublika
da majburiy sug’urtaning ijtimoiy 
yo’naltirilgan 
tizimi 
shakllantirilgan. 
Bu 
tizim 
mamlakat 
iqtisodiyotining zamonaviy talablariga to’liq javob beradi. Majburiy 
sug’urta turlarining tatbiq etilishi yaqin yillar ichida mamlakat 
sug’urta bozorini rivojlantirishga qudratli turtki beradi va majburiy 
sug’urtaning aholini ijtimoiy himoyalashda ishtirokini oshiradi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin