T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Davlat boji 
– yuridik ahamiyatga ega bo’lgan harakatlarni 
sodir etganligi yoki vakolatli organlar va mansabdor shaxslar 
tomonidan tegishli hujjatlari berilganligi uchun olinadigan majburiy 
to’lov. Turli instantsiyalardagi sudlarga berilgan ariza va 
shikoyatlar, notarial harakatlarning sodir etilganligi, fuqarolik holati 


729 
aktining davlat qaydidan o’tkazilganligi va tegishli organlar 
tomonidan hujjatlarning berilganligi uchun davlat boji olinadi. 
Uning miqdori yuridik harakat va beriladigan hujjatlarning 
xarakteriga bog’liq. 
Davlat qarzi 
– davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan 
mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston 
Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi. Bir tomondan, davlat va 
ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi 
iqtisodiy munosabatlar. Bunda davlat qarz oluvchi sifatida 
maydonga chiqadi. 
Davlat ichki qarzlari 
– davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb 
qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi 
majburiyatlarining yig’indisi. Oldin chiqarilgan va hozirgi 
vaqtgacha foizlari bilan qaytarilmagan (uzilmagan) davlat 
qarzlarining (zayomlarining) butun summasi. 
Davlat maqsadli fondlari 
– Davlat byudjeti tarkibida 
jamlantiriladigan fondlar bo’lib, ularning har biri uchun mablag’lar 
manbalari, har bir manbadan mablag’ tushish normalari va 
shartlari, shuningdek shu mablag’lardan foydalanilishi mumkin 
bo’lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Aniq 
maqsadlarga mo’ljallangan pul fondlari. Aholiga taqdim etiladigan 
sotsial xizmatlarning ko’lamini kengaytirish, infrastrukturaning 
qoloq tarmoqlari rivojlanishini rag’batlantirish, iqtisodiyot ustuvor 
t
armoqlarini qo’shimcha resurslar bilan ta’minlash bu fondlarning 
maqsadidir. Bu fondlar Pensiya fondi, Respublika yo’l fondi, 
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash 
davlat qo’mitasining maxsus fondi (hisob varag’i), Ish bilan 
ta’minlashga ko’maklashish davlat fondidan iboratdir. Ularning 
daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik uzilishni 
(etishmovchilikni) qoplash uchun davlat maqsadli fondlariga 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga 
binoan respublika byudjetidan byudjet dotatsiyalari va ssudalari 
ajratilishi mumkin. Davlat maqsadli fondlariga tushgan daromadlar 
xarajatlardan oshgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ortiqcha summa yilning har 
bir choragi yakunlari bo’yicha respublika byudjetiga to’liq yoki 
qisman olib qo’yilishi mumkin. 


730 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin