T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə118/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq. Bozor munosabatlari sharoitida daromad (foyda)ning roli keskin oshishi munosabati bilan undan olinadigan soliq nafaqat fiskal funksiyani baja-rishi, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ham ta’sir ko’rsatishi kerak. Bu soliq davlat byudjetiningmuhim daromadlaridan biri hisoblanadi. Quyidagilar uni to’lovchilardir:

    • yuridik shaxslar (shu jumladan, davlat byudjeti tashkilotlari ham), shuningdek, mamlakat hududida xorijiy kapital ishtirokida tuzilgan yuridik shaxslar ham;

    • korxonalarning alohida tugallangan balansi va hisob- varag’i bo’lgan filiallari va shunga o’xshash boshqa bo’lin-malari;

    • soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o’tmagan kichik korxonalar.

Bu soliq uchun korxonalarning yalpi daromadi (foydasi) soliqqa tortish ob’yekti bo’lib xizmat qiladi. Uning tarkibi quyidagi elementlardan tashkil topadi:

    • mahsulotni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatishdan olingan daromad (foyda);

    • asosiy fondlar va boshqa mol-mulkni sotishdan olingan daromad (foyda);

    • realizatsiyadan tashqari operatsiyalardan olingan daro-mad (foyda)lar (bu operatsiyalar bo’yicha xarajatlar chegirilgan).

Mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan olingan daromad (foyda) mahsulotni sotishdan olingan tushum bilan (QQS va aktsizlarsiz) mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xara-jatlari o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlangan “Xarajatlar tarkibi to’g’risida”gi nizomga muvofiq belgilanadi. Soliqqa tortish maqsadlarida aniqlanadigan asosiy fondlar va boshqa mol-mulkni sotishdan olingan daromad (foyda) shu fondlar va mol-mulklarning
sotish bahosi va ularning boshlang’ich (yoki qoldiq) qiymati o’rtasidagi farq (inflyatsiya indeksiga oshirilgan qayta baholashni hisobga olgan holda) ko’rinishida hisoblanadi. Realizatsiyadan tashqari operatsiyalardan olingan daromad (foyda)larning tarkibiga boshqa korxo-nalarning faoliyatiga hissali ishtirok etishdan, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromad (foyda)lar hamda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan operatsiyalardan olingan boshqa daromad (foyda)lar kiradi.
Korxonalarga tegishli bo’lgan daromad (foyda)ni soliqqa tortishda soliq imtiyozlari muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan soliqni hisob-lashda soliqqa tortiladigan baza quyidagi summalarga kamaytiriladi:

    • ishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljallangan kapital qo’yilmalarni moliyalashtirishga, xuddi shu maqsadlar uchun olingan va foydalanilgan bank kreditlarini qaytarishga (foizlarini ham qo’shgan holda) yo’naltirilgan daromad (foyda)ning summasiga;

    • iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari uchun uy-joy qurilishini moliyalashtirishga yo’naltirilgan daromad (foyda) ning summasiga;

    • mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan tasdiqlangan normativlarga muvofiq ravishda ijtimoiy-madaniy soha ob’ektlari va uy-joy fondini saqlashga yo’naltirilgan korxonalarning haqiqiy xarajatlari summasiga;

    • xayriya fondlariga badallar summasi va boshqalarga.

Korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqning stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va davlat byudjetining asosiy parametrlari to’g’risidagi Qarorlariga muvofiq o’rnatiladi. Bu soliq joriy etilgan dastlabki yilda uning stavkasi 38% darajasida belgilangan bo’lsa, uning darajasi 2007 yilda 10% ga teng bo’lgan. 2019 yilda esa uning darajasi 12,0% qilib belgilangandir (tijorat banklari uchun esa 20% darajasida).
Soliqning summasi soliq to’lovchilar tomonidan buxgal-teriya hisoboti ma’lumotlari asosida (yil boshiga nisba-tan o’sib borish tartibida), mustaqil ravishda aniqlanadi. U byudjetga soliq to’lovchi tomonidan choraklik hisob-kitoblar bo’yicha choraklik buxgalteriya hisobotini taqdim etish muddati uchun belgilangan kundan besh kunlik muddatda, yillik hisob-kitoblar bo’yicha esa yillik buxgalteriya hisoboti va balansini taqdim etish muddati uchun belgilangan kundan o’n kunlik muddatda o’tkaziladi. Chorak davomida bu
soliqni to’lovchilar har oyning 15-kunidan kechiktirmasdan choraklik soliq summasining 1/3 qismi miqdorida avans to’lovlarini amalga oshirishlari kerak.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin