T. Malikov O. Olimjonov moliya


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə119/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i. Bu soliq jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning asosiysidir. Odatda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i murakkab progressiya printsipi bo’yicha o’rnatilgan progressiv stavkalarda undiriladi. Bu soliq yordamida soliqqa tortishning ikki tizimi mavjud:

  1. shedulyar yoki inglizcha tizim. Bunday tizim uzoq davr mobaynida Buyuk Britaniya va dunyoning boshqa mamlakatlarida qo’llanilib kelinayapti. U soliq to’lovchi daromadining jami bo’yicha emas, balki uning qismlari bo’yicha daromad manbaida amalga oshiriladi;

  2. global tizim. Bunda daromad solig’i orqali soliqqa tortish soliq to’lovchining jami daromadi bo’yicha amalga oshiriladi va u G’arb mamlakatlarida asosiy usul hisoblanadi.

Ba’zi hollarda daromad solig’i orqali jismoniy shaxslarning daromadlari soliqqa tortilayotganda soliqqa tortilmaslik minimumi qo’llaniladi va uning miqdori qonunchilikka muvofiq ravishda o’rnatiladi.
Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar bu soliqning to’lovchilari hisoblanadi. U quyidagi shakllarda to’lanishi mumkin:

    • daromad manbaidan, ya’ni asosiy ish joyidan va boshqa ish beruvchilardan;

    • agar daromad bir necha manba hisobidan olinsa va qonuniy tarzda belgilangan daromadning yillik summasidan oshsa, daromadlar to’g’risidagi deklaratsiya ko’rinishida;

    • tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadni soliqqa tortish shaklida.

Jami yillik daromad bilan qonunda belgilangan chegirmalar o’rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq solinadigan daromad soliqqa tortish ob’yektidir. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to’lovchi olishi lozim bo’lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoki boshqa mablag’lar, shu jumladan, mehnatga haq to’lash shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi va tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromadi kiradi.



    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin