T. Malikov O. Olimjonov moliya


O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə154/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat


qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi

Bungacha ushbu jamg’arma o’z faoliyatini turli nomlarda (Davlat mulki jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg’armasi, Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi) o’z faoliyatini amalga oshirib kelgan bo’lib, dastavval 1992 yilda tashkil etilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida” gi 2017 yil 18 apreldagi PF-5016-son Farmonini ijro etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga
ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 19 iyunida “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi mablag’larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 391-sonli Qarori qabul qilindi. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi sifatida o’z faoliyatini amalga oshirib kelgan. Yangi tashkil etilgan jamg’armaning avvalgisidan tubdan farq qiladigan jihati shundan iboratki, Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasining asosiy maqsadi xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni Davlat byudjeti daromadiga yo’naltirish bo’lgan, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari esa ustuvor ravishda xususiylashtirilgan korxonalarni amaliy qo’llab-quvvatlashga va investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etishga qaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladigan davlat maqsadli jamg’armasi hisoblanilib, uning asosiy vazifasi mablag’larni xususiylashtirilgan korxonalarni amaliy ravishda qo’llab-quvvatlashga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga va tadbirkorlarning biznes yuritish asoslariga o’qishini tashkil etishga yo’naltirish hisoblanadi. Jamg’armani boshqarish Davlat raqobat qo’mitasining Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi, boshqarma Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasining daromadlari va xarajatlari prognozini manbalar, hududlar va choraklar bo’yicha tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi, shuningdek, Jamg’arma mablag’larining tushishi va taqsimlanishi hisobini yuritadi qonunchilikda ko’zda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi, Jamg’arma byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni tuzadi hamda Jamg’arma byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin