Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Jamg’armaga yo’naltiriladigan davlat mulki ijarasidan tushadigan mablag’lar, ijara to’lovini to’lash kechiktirilganligi uchun penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasi;
jamlanadigan boshqa manbalar, shu jumladan:
korxonalarni, xo’jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aktsiyalar (ulushlar)ni, er uchastkalarini (shu jumladan, yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xo’jaligini yuritish) uchun er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi o’rinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotishdan tushgan mablag’lar;
Jamg’arma mablag’lari hisobidan ilgari berilgan qarzlar bo’yicha qarz oluvchilar tomonidan olingan qarzlarning asosiy summasi va ular bo’yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar;
tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar bo’yicha tushgan penyalar va jarimalar;
xo’jalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda davlat ulushi bo’yicha tushumlar;
protokolni yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auktsionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy oferta g’oliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari;
davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari;
Ushbu mablag’lar Jamg’armaning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi. Jamg’armaga barcha turdagi manbalar bo’yicha tushgan mablag’lar soliqqa tortilmaydi.