T. Malikov O. Olimjonov moliya


Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə151/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi


Bozor iqtisodiyoti asosida milliy iqtisodiyotini tashkil etayotgan barcha mamlakatlarda bandlik (ishsizlikni oldini olish)ni qo’llab- quvvatlash davlat jamg’armalari tashkil etiladi. Jamg’armaning hajmi, moliyalashtirish manbalari va xarajat yo’nalishlari har bir alohida davlatning olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatidan kelib chiqadi. Byudjetdan tashqari bandlikni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi maqsadli xususiyatga ega bo’lib, davlat tasarrufi va uning joylardagi vakolatini olgan organlarda tashkil etiladi.


“O‘zbekiston Respublikasida Bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 606-sonli Qarori 1992 yil 31 dekabrda qabul
qilindi. Ushbu Qaror jamg’arma daromadlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanishini muvofiqlashtirib turuvchi me’yoriy hujjat bo’lib hisoblandi. Davr o’tishi bilan va bozor iqtisodiyoti printsiplari va qonunlari milliy iqtisodiyotga bosqichma-bosqich joriy etishi jadallashishi bilan birga, bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasiga ham mos ravishda ijobiy o’zgarishlar hamda qo’shimchalar kiritilib borildi.
1998 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunni qabul qilinishi va hayotga tatbiq etilishi Bandlikni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining mavqeini yanada kuchaytirishga turtki bo’ldi. Chunki qonunning 6- moddasida mehnat qilish huquqi kafolati deb nomlanishining o’ziyoq jamg’armani yanada takomillashtirishga, resurslarini maqsadli ishlatilishiga zamin yaratdi.
2003 yil 2 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikni qo’llab- quvvatlash davlat jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va foydalanish tartibi to’g’risida”gi Nizomni tasdiqlash bo’yicha 173- sonli Qarori e’lon qilindi. Mazkur Qaror bevosita “Aholi bandligi to’g’risida” va “Byudjet tizimi to’g’risida”gi (hozirgi kunda ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”ning qabul qilinishi munosabati bilan bekor qilingan) qonunlar negizida ishlab chiqildi.
2016 yil 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 117-sonli Qarori qabul qilinib, unga ko’ra “O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi hamda unga muvofiq jamg’armaning mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanishning asosiy yo’nalishlari belgilanib olindi.
2017 yil 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 3001-sonli Qarori qabul qilindi va unda O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini shakllantirish manbalari va mablag’larini sarflashning asosiy yo’nalishlari qayd etildi.



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin