T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə164/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Eng umumiylik printsipi – jinsi, yoshi, millati, irqi, ishi-ning joyi va xarakteri, mehnatga haq to’lashning shaklidan qat’iy nazar, yoshi yoki nogironligi tufayli mehnatga layoqatsizligi sodir bo’lganda ijtimoiy ta’minotning barcha mehnatkashlarga nisbatan qo’llanilishini anglatadi. Bundan tashqari, eng umumiylik printsipi mehnatkashlarning barcha toifalariga, ya’ni ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, harbiylar, o’quvchilar va boshqa fuqarolarga nisbatan qo’llaniladi. Shuningdek, ijtimoiy ta’minot boquvchisi vafot etgan oilaning mehnatga qobiliyatsiz barcha a’zolariga (balog’at yoshiga etmagan bolalar, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, qariyalar yoki mehnatga layoqatsiz er (xotin), ota, ona, bobo, buvi va boshqalar) nisbatan ham tegishlidir.

  • Hammaga mumkinlik (lozimlik) printsipi – barcha uchun mumkin bo’lgan u yoki bu pensiyani aniqlash (belgilash) huquqini beruvchi shart. Masalan, hayotning o’rtacha davomiyligi 73,6 yil bo’lganda qarilik bo’yicha pensiya huquqi erkaklarda 60 yoshda, ayollarda esa – 55 yoshda, mehnatning og’ir turlarida band bo’lganlar uchun esa erkaklarda 50-55 yoshda, ayollarda esa – 45- 50 yoshda vujudga keladi. Bu pensiyani olish uchun zarur bo’lgan mehnat staji erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun esa – 20 yil, mehnatning og’ir turlarida band bo’lganlar uchun bundan ham pastroq qilib belgilangan. Demak, barcha xolis (sidqidildan) xizmat qiluvchilar uchun bu stajga qarilik yoshiga etgundan ancha oldin erishish mumkin.

  • Ta’minot o’lchami va shakllarining o’tgan (qilingan) mehnatga nisbatan bog’langan holda o’rnatish (belgilash) printsipi – bu ijtimoiy ta’minotning stajning davomiyligi, ishning shart- sharoiti, ish haqi va mehnat hamda ijtimoiy faoliyatning boshqa omillarga nisbatan bog’liq ravishda amalga oshirilishini taqozo etadi. Bu printsip ijtimoiy ta’minotda ish haqi orqali o’z ifodasini topadi, chunki unga ko’ra pensiya va nafaqalarning ko’plab turlari ish haqiga nisbatan hisoblanadi.


  • Yüklə 0,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   268




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin