T. Malikov O. Olimjonov moliya


Jamg’arma mablag’larini shakllantirish manbalari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə160/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Jamg’arma mablag’larini shakllantirish manbalari


quyidagilardan iborat:

    • O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag’lar;

    • davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish chog’ida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag’lar;

    • Jamg’armaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamg’arma mablag’larining bo’sh qoldiqlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar;

    • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar.

Jamg’armaning mablag’lari uning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida xorijiy valyutada
shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Jamg’arma hisobvaraqlariga tushgan mablag’larni ular tushgan kuni amalda bo’lgan Markaziy bankning almashuv kursi bo’yicha chet el valyutasiga konvertatsiya qiladi va Jamg’armaning valyuta hisobvarag’iga o’tkazadi. Soliq va to’lovlarning ayrim turlari bo’yicha mablag’larni Jamg’arma hisobvarag’iga o’tkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jamg’arma mablag’lari tushumi manbalari va ulardan foydalanish yo’nalishlari har yili belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritiladi va Jamg’arma balansida aks ettiriladi.

Jamg’arma mablag’lari quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:


    • avvalo yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik, rangli metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa bazaviy tarmoqlarida, shuningdek transport va telekommunikatsiya sohasida Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan g’oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar ishtirokidagi loyihalarda O‘zbekiston Respublikasi ulushini qo’shma moliyalashtirish;

    • kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalash maqsadida, shu jumladan Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;

    • yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish;

    • davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash;

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat banklariga xorijiy valyutada ochilayotgan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish hamda amalga oshirish;

    • ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni grant asosida yoki foizsiz kreditlar ajratish yo’li bilan moliyalashtirish;

    • yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni

tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish;

    • birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo’yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarini, Davlat byudjeti va investitsiya dasturining tasdiqlangan parametrlari doirasida, grant asosida moliyalashtirish (qo’shma moliyalashtirish);

    • tijorat banklari bilan birgalikda qarz oluvchi korxonalarning investitsiya dasturi (biznes-rejalari)ni, shu jumladan ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini ko’paytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda qo’shilgan qiymat o’sishini ta’minlashga imkoniyat beruvchi loyihalarni qo’shma moliyalashtirish;

    • Jamg’arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni qoplashga.

Mablag’larni berish muddati va shartlari Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamg’arma tomonidan beriladigan kredit resurslari bo’yicha foiz stavkasi yiliga 6 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi.
Jamg’armaning kredit resurslari shartnomada belgilangan chet el valyutasida ajratiladi.
Tijorat banki marjasining eng yuqori chegarasi Jamg’arma va tijorat banki o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasida har bir loyiha bo’yicha alohida belgilanadi.

Jamg’arma mablag’lari hisobidan birgalikda
moliyalashtiriladigan import kontraktlari bo’yicha avans to’lovlarini to’lash, qoidaga ko’ra, etkazib beruvchi tomonidan qayta moliyalashtiruvchi tijorat bankiga birinchi darajali xorijiy bank tomonidan, avans to’lovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim etgan holda amalga oshiriladi.



    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin