T. Malikov O. Olimjonov moliya


Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə170/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga


nafaqalar. Ushbu nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 aprel kuni qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” gi Qaroriga asosan tayinlanadi. Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga beriladi Nafaqa yoshga doir nafaqa, nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironlardan tashqari) hamda boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi bo’yicha farqlanadi. Nafaqa olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo’lgandan so’ng biror-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin.

Yoshga doir nafaqa ish stajiga ega bo’lmagan, bugungi kunda
7 yildan kam ish staji mavjud bo’lib, yoshga doir pensiya tayinlash uchun etarli ish stajiga ega bo’lmagan shaxslarga tayinlanadi. Yoshga doir nafaqa erkaklarga 65 yoshga etganlarida, ayollarga —
60 yoshga etganlarida tayinlanadi. Haq to’lanadigan ish bajarayotgan yoki boshqa daromad manbaiga ega bo’lgan (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) shaxslarga yoshga doir nafaqa tayinlanmaydi. Ish stajiga ega bo’lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga etgan farzandlari, qarindoshlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo’lgan boshqa shaxslar bo’lmagan taqdirda tayinlanadi. Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan birgalikda o’tkazilgan tekshirishda ish stajiga ega bo’lmagan va yoshga doir nafaqa so’rab murojaat etgan shaxsni ta’minlashga majbur bo’lgan qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning moddiy nochorligi aniqlangan hollarda yoshga doir nafaqa yoshga doir nafaqa so’rab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam bera olmaydigan qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor bo’lgan taqdirda ham yoshga doir nafaqa tayinlanishi mumkin.
Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir bo’lgan hollarda, yoshidan qat’i nazar, ish stajiga ega bo’lmagan I va II guruh nogironligi
bo’lgan shaxslarga tayinlanadi va to’lanadi. Mehnat faoliyatiga layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirish (mehnatga layoqati doimiy yoki uzoq muddat yo’qotilganda) Pensiya jamg’armasi bo’limlari yo’llanmalari bo’yicha tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Qabul qilingan xulosa asosida TMEK etti kun muddatda tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko’chirmani Pensiya jamg’armasi bo’limiga yuboradi. Ishlayotgan yoki hayot kechirishning boshqa manbalariga (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) ega bo’lgan I guruh nogironlarga va II guruh nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi. Nogironlik nafaqasi mehnatga layoqat yo’qotilishining butun davri uchun tayinlanadi.
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi. Davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo’lmagan shaxsning qaramog’ida bo’lgan oilaning mehnatga layoqatli bo’lmagan a’zolari boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar.
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi vafot etganning oila a’zolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo’lgan nafaqaga foiz nisbatida quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga — nafaqaning 100 foizi;

  • oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga — nafaqaning 75 foizi;

  • oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga — nafaqaning 50 foizi.

Nafaqa olish huquqiga ega bo’lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot etganning oila a’zolariga nafaqa pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo’lgan oila a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga ko’ra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to’lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo’linadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin