T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə169/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Ijtimoiy nafaqalar


Ijtimoiy nafaqalarning turli ko’rinishlari aholining ijtimoiy himoyalash tizimida muhim o’rin egallaydi. Ularning tarkibi Bolalikdan nogironlarga va o’n sakkiz yoshga to’lmagan OIV


infektsiyasiga chalingan shaxslarga, pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga, homiladorlik va tug’ish, farzand tug’ilganda, bola parvarishi va boshqa holatlar bo’yicha vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun, kam ta’minlanganlik, ishsizlik nafaqalardan va boshqalardan iborat bo’lishi mumkin.
Bolalikdan nogironlarga va o’n sakkiz yoshga to’lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa. Ushbu nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 aprel kuni qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” gi Qaroriga asosan tayinlanadi.
Nafaqa olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan bolalikdan I guruh nogironlari, bolalikdan II guruh nogironlari deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta shaxslar, kasallikning bosqichidan qat’i nazar, o’n sakkiz yoshga to’lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslar, shuningdek nafaqa olish huquqini beradigan tibbiy xulosa mavjud bo’lgan taqdirda 16 yoshgacha nogiron bolalar egadirlar. Nafaqa olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo’lgandan so’ng biror-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin. Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Bunda o’n sakkiz yoshga to’lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa qonun hujjatlarida bolalikdan nogironlar uchun belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqani tayinlash Nafaqani tayinlash va to’lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari tomonidan, moliyalashtirish uchun mablag’lar davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi. 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga nafaqa nogironlikning butun davriga tayinlanadi. Nogiron bolaga nafaqa tibbiy xulosa berilgan muddatga tayinlanadi. OIV infektsiyasiga chalingan shaxsga nafaqa u o’n sakkiz yoshga to’lgungacha bo’lgan muddatga tayinlanadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin