T. Malikov O. Olimjonov moliya


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə184/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar





    • Davlat kreditining mazmun-mohiyati nimadan iborat?

    • Davlat krediti qanday sub’yektlar o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat va unda davlat qanday sifatlarda maydonga chiqadi?

    • Davlat kreditida davlat qachon kafilga aylanadi?

    • Davlat tomonidan kafolatning berilishi markazlash-tirilgan pul fondining, albatta, o’zgarishiga olib kelmasligi mumkinmi? Bu qanday holatlarda sodir bo’lishi mumkin?

    • Kreditning bir turi sifatida davlat krediti klassik (mumtoz) moliyaviy kategoriyalardan, masalan, soliqlardan farq qiluvchi qanday o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega?

      • Umuman

      olganda,

      davlat

      krediti boshqa moliyaviy

      kategoriyalardan

      o’zining

      qanday

      xarakterli xususiyatlari bilan

      farqlanadi?










    • Davlat krediti qanday funksiyalarni bajaradi?

    • Davlat kreditini taqsimlash funksiyasining mazmuni nimadan iborat?

    • Davlat kreditining tartibga solish funksiyasini xarakterlovchi misollar keltiring.

    • Iqtisodiyotni tartibga solish vosita sifatida davlat kreditidan ongli ravishda foydalanish nimalarni anglatadi?

    • Davlat krediti nazorat funksiyasining mazmuni nimadan iborat va u kimlar tomonidan amalga oshiriladi?

    • Davlat kreditining nazorat funksiyasi qanday xarakterli belgilarga ega?




    • Davlat krediti qanday belgilarga ko’ra klassifikatsiya qilinadi?

    • Emitentlar bo’yicha davlat krediti qanday guruhlarga bo’linadi?

    • Joylashtirilish joyiga qarab davlat krediti nimalardan tashkil topadi?

    • Bozorda aylanishiga qarab davlat kreditining tarkibi nimalardan iborat bo’ladi?

    • Bozorli va bozorsiz qarzlar deyilganda nimalar nazarda tutiladi?

    • Mablag’larni jalb qilish muddatiga ko’ra davlat krediti qanday guruhlarga bo’linadi?

    • Qarz majburiyatlarining ta’minlanganligiga qarab davlat krediti nimalardan tashkil topadi?

    • Garovli va garovsiz obligatsiyalar nimalari bilan farqlanadi?

    • To’lanadigan daromadning xarakteri bo’yicha davlat krediti qanday klassifikatsiya qilinadi?

    • Yutuqli obligatsiyalar bo’yicha daromadlarning to’lanishi nimalar asosida amalga oshiriladi?

    • Nol kuponli obligatsiyalar deyilganda nima tushuniladi?

    • Davlatning qanday qarziy instrumentlari kuponlarga ega emas?

    • Daromadlarni aniqlash metodiga ko’ra davlat krediti qarz majburiyatlarining qanday turlaridan iborat?

    • Qarz chiqarilgan paytda belgilangan qarzni qaytarish muddatlariga qat’iy rioya qilish bo’yicha qarzdorning majburiyatlariga

muvofiq davlat krediti qarziy majburiyatlarning qanday ko’rinishlaridan tarkib topadi?

    • Qarzlarni qaytarishning qanday usullari bo’lishi mumkin?




    • Keng va tor ma’noda davlat kreditini boshqarish deb nimalarga aytiladi? Ular nimalari bilan farq qiladi?

    • Davlat kreditini boshqarish jarayonida qanday vazifalarni yechish ko’zda tutiladi?

    • Davlat kreditini boshqarish qanday organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin?

    • Uni tezkor boshqarish kimning rahbarligi va hamkorligida ta’minlanadi?

    • Davlat tomonidan qanday faoliyat amalga oshirilishi natijasida davlat qarzi vujudga keladi?

    • Davlat qarzi deb nimaga aytiladi?

    • Joylashtirilish joyiga qarab davlat qarzlari qanday qarzlarga bo’linadi?

    • Davlatning ichki va tashqi qarzlari deb nimalarga aytiladi va ular nimalari bilan farqlanadi?

    • Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi mablag’larni (qarzlarni) jalb qilish qanday maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin?

    • Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag’larini jalb qilishda qarziy majburiyatlarning qanday turlaridan foydalanish mumkin va ularning asosiylari va muhimlari tarkibiga nimalar kiradi?

    • Amaliyotda qarz mablag’larini jalb qilish, asosan, qanday yo’llar bilan amalga oshiriladi?

    • Davlatning qimmatli qog’ozlar bozori qanday vazifalarni bajarishga imkon beradi?

    • Garant (kafillik) deyilganda nima tushuniladi?

    • Nimalar bo’yicha qarzlari bo’lgan sub’yektlarga kafolatlar (kafillik) berilmaydi?

    • Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo’yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari beriladimi?

    • Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari bo’yicha O‘zbekiston Respublikasining kafilliklari qanday organ tomonidan sodir etiladi?

    • Davlatning ichki kreditlari qanday ko’rinishlarga ega?

    • Byudjet kreditlari va byudjet ssudalari nima, ular bir-birlaridan nimalari bilan farqlanadi?

    • Byudjetdan qarz mablag’larini oluvchilar sifatida kimlar maydonga chiqishi mumkin?

    • Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning markazlashtirilgan investitsion resurslarini tanlov asosida joylashtirishda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda talab qilinadigan hujjatlarga qo’shimcha ravishda yana nimalar taqdim qilinishi lozim?

    • O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy organi kim va u nimalarning umumiy miqdorini belgilaydi?

    • U yoki bu ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini kim o’rnatadi va hozirgi kunda u qancha qilib belgilangan?

    • Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun qanday dasturlarni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq?

    • Tashqi qarzlarni olish davlat dasturida qarzlar qanday guruhlarga bo’lib, aks ettiriladi?

    • Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan dasturlarda alohida-alohida nimalar o’z ifodasini topishi kerak?

    • O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog’ozlarining yagona emitenti kim hisoblanadi?

    • Davlat ichki qarzlariga xizmat qilish bo’yicha bosh vakil funksiyasini kim bajaradi?

    • Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish choralarini shartli ravishda qanday guruhlarga ajratish mumkin?

  1. Yüklə 0,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin