T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlat – garant (kafil) va kreditor sifatida



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə182/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Davlat – garant (kafil) va kreditor sifatida


Garant (kafillik) huquqiy majburiyatlarni ta’minlash usuli bo’lib, unga muvofiq kafolat beruvchi kafolat berilgan tomonning (shaxsning) majburiyatlarini to’liq yoki qisman uchinchi tomon (shaxs) oldida ijro etilishiga (bajarilishiga) javob berishi uchun majburiyatni yozma ravishda o’z zimmasiga oladi. Kafolatlar, odatda, tanlov asosida taqdim etilishi kerak. Davlat tomonidan milliy va xorijiy valyutada berilayotgan kafolatlar (kafilliklar) o’zining yuqori chegarasiga ega bo’lmog’i lozim. Mamlakatning milliy valyutasida ifodalangan kafolatlarning umumiy summasi davlatning ichki qarzlari tarkibiga, uning xorijiy valyutada ifodalangan summasi esa davlatning tashqi qarzlari tarkibiga kiritiladi. Kafolatlar taqdim etilayotgan paytda, albatta, uni oluvchilarning (unga ega bo’layotganlarning) moliyaviy ahvoli tekshirilmog’i kerak.


An’anaviy ravishda davlat aholining tijorat banklaridagi omonatlarini kafolatlaydi. Keyingi yillarda bozor munosabatlarining rivojlanishiga muvofiq ravishda davlat turli yuridik shaxslarning qarziy majburiyatlari bo’yicha ham kafolatlovchi (kafillik beruvchi) sifatida maydonga chiqmoqda.
Mamlakatda moliyaviy intizomni mustahkamlash va kafolatlar berishning asoslangan mexanizmini joriy etish maqsadida byudjetga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha qarzlari mavjud bo’lgan sub’yektlarga kafolatlar berilmaydi. Shuningdek, kafolatlarni tanlov asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari bo’yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan sodir etiladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo’yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, shuningdek, kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluv-chidan haq olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat qarzi bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish bo’yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to’lovlarni amalga oshirish uchun mablag’larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika byudjet tarkibida kafolat jamg’armasi tuzilishi mumkin. Bu jamg’armani tashkil etish va undan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bozor munosabatlarining rivojlana borishi bilan ichki bozorda davlatning kreditor sifatidagi faolligi ham asta-sekinlik bilan kuchaymoqda. Agar avval byudjetdan moliyalashtirishga asosiy e’tibor qaratilgan bo’lsa, keyingi yillarda og’irlik markazining kredit munosabatlari tomon o’zgarayotganligi sezilib turibdi. Chunki kredit munosabatlari mablag’lardan foydalanishda byudjet re-surslarining katta qismini tejashga imkon beradigan va samarali usul hisoblanadi.
Davlatning kreditor sifatidagi o’rni uning ichki va tashqi kreditlari bilan belgilanadi. Odatda, dunyo amaliyotida ichki kreditlar ikki ko’rinishga ega (bu degani, hamma davlatlar amaliyotida ham bo’lishi mumkin emas yoki boshqacha shaklda amal qilishi mumkin):

    • byudjet kreditlari;

    • byudjet ssudalari.

Byudjet kreditlari xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish shakli bo’lib, u yuridik shaxslarga qaytarilish va tiklash asosida mablag’ berilishini ko’zda tutadi. Byudjet ssudasi esa yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’dir.
Byudjetdan qarz mablag’larini oluvchilar quyidagilar bo’lishi mumkin:

    • byudjet tashkilotlari. Amalda byudjet tashkilotlari kredit tashkilotlaridan hamda yuridik va jismoniy shaxslardan kredit olish

huquqiga ega emas (byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan olinadigan ssudalarni mustasno qilganda);

    • davlat unitar korxonalari;

    • byudjet tashkiloti va davlat unitar korxonasi bo’lmagan yuridik shaxslar;

    • ijroiya hokimiyat organlarining quyi byudjetlari.

Byudjet kreditlarini qaytarish bo’yicha ijroni ta’minlashning usullari faqat bank kafolatlari, mol-mulk garovi bo’lishi mumkin. Yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag’larini qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun haqini to’lash byudjet to’lovlariga tenglashtiriladi. Byudjet kreditlari faqat qaytarilish asosida oldin berilgan byudjet mablag’lari bo’yicha to’lov muddati o’tib ketgan qarzlari bo’lmagan yuridik shaxslarga berilishi mumkin.
Moliya vazirligi kelgusi yil uchun byudjet loyihasi tayyorlanayotgan paytda tashkilotlarga berilishi mumkin bo’lgan byudjet kreditlarining umumiy hajmini aniqlaydi va investitsion loyihalarning tanlovini o’tkazish uchun kelgusi moliya yilining boshlanishidan to’rt oy oldin ularni tegishli vazirliklarning ixtiyoriga etkazadi.
Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning markazlashtirilgan investitsion resurslarini tanlov asosida joylashtirishda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda talab qilinadigan hujjatlarga qo’shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim qilinishi lozim:

    • ijroiya hokimiyat organlarining import bo’yicha sotib olinishi rejalashtirilayotgan asbob-uskunani mamlakat korxonalarida tayyorlashning iloji yo’qligi va ularni import bo’yicha sotib olish maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi;

    • ssudalarni qaytarishni ta’minlash manbalari ko’rsa-tilgan holda qarz mablag’larini to’liq qaytarishning moliyaviy hisob-kitoblari;

    • da’vogarda avans to’lovlarini amalga oshirish uchun o’z mablag’lari borligining tasdiqlanganligi.

Ssudalar mamlakat tijorat banklari kafolatlari, hokimiyat organlari va barqaror moliyaviy-iqtisodiy ahvolga ega bo’lgan uchinchi shaxslarning iltimosnomalari hamda yuqori likvidli qimmatli qog’ozlar garovi asosida taqdim etiladi. Ta’minotning bunday turlari riskning baholanishiga bog’liq bo’lgan holda turli kombinatsiyalarda qo’llanilishi mumkin.
Ssudalarning miqdori tanlovdan o’tgan loyiha uchun uni moliyalashtirish resurslari hajmining ma’lum bir qismidan (odatda,
uning 40%dan) oshmasligi lozim. Moliyalashtirishning boshqa qismi byudjet manbalariga muqobil bo’lgan manbalar hisobidan qoplanishi kerak.
Ijtimoiy sohada davlat funksiyalarining bajarilishi bilan bog’liq va notijoriy xarakterga ega bo’lgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish tashkilotlarga shunday loyihalar hajmini 100% moliyalashtirish miqdorida taqdim etilishi mumkin.
Davlat tomonidan xorijiy davlatlarga, ularning yuridik shaxslariga va xalqaro tashkilotlarga taqdim etilayotgan kreditlar deyilganda ular bo’yicha xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslari va xalqaro tashkilotlarning kreditor sifatida davlat oldida vujudga kelgan qarz majburiyatlari tushuniladi.
Xorijiy davlatlarning qarz majburiyatlari ularning boshqa davlat oldidagi qarzlarini shakllantiradi. Odatda, byudjet to’g’risidagi qonunda bu qarzlarga tegishli bo’lgan quyidagilar tasdiqlanishi kerak:

    • xorijiy davlatlarning qarzlari bo’yicha qaytarilish (uzilish) summalari va foizlarining to’lovi;

    • moliyaviy yilning oxiridagi xorijiy mamlakatlar qarzlarining miqdori;

    • xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan davlat kreditlarining maksimal hajmi;

    • moliyaviy yilda ularning oluvchilari, maqsadlari va kreditlashtirish miqdorlari ko’rsatilgan holda kreditlar ro’yxatidan iborat bo’lgan xorijiy davlatlarga davlat kreditlarini taqdim etish dasturi.

    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin