T. Malikov O. Olimjonov moliya


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə79/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar





  • “Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” tushunchalari bir xil ma’noni anglatadimi? Ularning farqli jihatlari nimalardan iborat?

  • Ishlab chiqarish chiqimlarini qanday guruhlarga bo’lish mumkin va ular qanday nomlanadi?

  • Aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar qanday xara-jatlarni o’z ichiga oladi?

  • Aniq bo’lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo’ldan boy berilgan, qo’ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari nima-lardan iborat?

  • XYuSning xarajatlariga uning mohiyatini ifodalovchi qanday ta’rif berish mumkin?

  • “Xarajatlar” tushunchasi “tannarx” tushunchasidan qanday farqlanadi?

  • XYuS faoliyatining shart-sharoitlari va yo’nalishlariga bog’liq ravishda xarajatlar qanday guruhlarga bo’linadi?

  • Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar tarkibiga nimalar kiradi?

  • Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar qanday tasniflanishi (klassifikatsiya qili-nishi) mumkin?

  • XYuS umumiy xarajatlarining summasidan iborat bo’l-gan ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga nimalar kiradi?

  • Xarajatlarning klassifikatsiyasi ularning qanday belgilar bo’yicha guruhlarga ajratilishini o’z ichiga oladi?

  • Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar qanday guruhlarga klassifikatsiya qilinadi va ularning mazmuni nimalardan iborat?

  • Iqtisodiy elementlariga ko’ra xarajatlarni qanday guruhlarga bo’lish mumkin va ularning tarkibiga nimalar kiradi?

  • Kalkulyatsiya moddalari bo’yicha xarajatlar nimalarga bo’linishi mumkin?

  • To’g’ri (bevosita) xarajatlar va egri (bilvosita) xara-jatlarning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari nimalardan iborat?

  • Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar qanday xarajatlarga bo’linadi?

  • Chiqimlarni kamaytirishning qanday asosiy yo’llari mavjud?

  • XYuSning barcha moliyaviy resurslari qanday resurs-lardan tashkil topadi?

  • XYuSning o’z mablag’lari nimalar hisobidan shakl-lanadi?

  • Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslarga nimalar kiradi?

  • Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tushilmalarning tarkibini aytib bering.

  • Investitsion faoliyatdan resurslar XYuSga qanday ko’rinishlarda kelib tushadi?

  • Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mohiyati bir xil tarzda ifodalanaveriladimi va foyda deganda nima tushuniladi?

  • Amaliy faoliyatda “foyda”ning barcha tushunchalarini qanday guruhlarga bo’lish mumkin?

  • Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYuSlar, ko’p hollarda, foydaning qanday ko’rinishlariga (tushunchalariga) tayanadi?

  • Asos foyda deyilganda qanday foyda tushuniladi?

  • Balans foyda nimadan iborat?

  • Sof foyda yoki sof daromad qachon vujudga kelishi mumkin?

  • Hisobotlarda foyda qanday ko’rinishlarda aks etti-riladi?

  • XYuSlar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari qanday hisobotda o’z aksini topadi va unda moliyaviy tahlil uchun zarur bo’lgan qanday muhim ma’lumotlar mujas-samlashgan?

  • Faoliyatning odatdagi ko’rinishi bo’yicha daromadlar va xarajatlar qanday tarzda hisoblanadi?

  • Boshqa daromadlar va xarajatlar nimalardan iborat bo’ladi?

  • Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi nimadan iborat?

  • Yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortil-gunga qadar bo’lgan foyda va sof foyda qanday aniqlanadi?

  • Foydaning taqsimlanish tartibi qanday?

  • Rentabellik ko’rsatkichi o’zida nimani ifodalaydi va u qanday aniqlanadi?

  • Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning qanday ko’rsatkichlaridan foydalaniladi?

  • Sotuv (sotish) rentabelligi qanday aniqlanadi?

  • O‘z kapitalining rentabelliginin aniqlash tartibi qanday?

  • Aylanma aktivlarning rentabelligi qanday aniqla-nadi?

  • Aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi o’zida nimani aks ettiradi?

  • Investitsiyalarning rentabelligi koeffitsienti qanday hisoblanadi?

  • Rentabellikni oshirish yo’nalishlari omillarning qanday guruhlari bilan bog’liq?


  1. Yüklə 0,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin