T. Malikov O. Olimjonov moliya


Baho turlari, uning tarkibiy tuzilmasi va baholarni shakllantirish usullari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə81/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Baho turlari, uning tarkibiy tuzilmasi va baholarni shakllantirish usullari


Bozor iqtisodiyotida tovarlarning turli guruhlariga mos ravishda baholarning harakatchan tizimi amal qiladi. Baho turlarini tizimlashtirish uchun turli belgilar bo’yicha ularni tasniflash amalga oshiriladi.
Baholarni quyidagi belgilarga ko’ra tasniflash mumkin:

  • aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo’yicha;

  • o’rnatilishi (belgilanishi)ga qarab;

  • vaqt omiliga ko’ra;

  • baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq;

  • bozor turi (ko’rinishi)ga bog’liq ravishda;

  • hududiy bozorlarga bog’liqligini nazarda tutib;

  • bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bo’yicha;

  • etkazib berish va sotish shartlariga ko’ra;

  • qo’llanilish tartibiga muvofiq.

Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo’yicha baholar quyidagicha farqlanadi:

  • ulgurji baholar;

  • chakana baholar;

  • sotib olish baholari;

  • smeta qiymati;

  • tariflar.

XYuSlar tovarlarning yirik partiyasini sanoat, qishloq xo’jaligi yoki boshqa XYuSlarga yoki ta’minot tashkilotlariga sotadigan bahosi ulgurji baho deyiladi.
Savdo tashkilotlari tomonidan aholining shaxsiy iste’moli uchun kichik miqdorlarda sotiladigan ne’matlarga o’rnatilgan baho chakana baho deb ataladi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan o’z mahsulotlarini davlatga sotish sotib olish(yoki xarid) baholarida amalga oshiriladi.
Smeta qiymatida qurilish mahsulotlari (binolar, inshootlar va b.)ning bahosi to’lanadi.
Yuklarni tashish, elektroenergiya, issiqlik, suv, sog’-liqni saqlash xizmatlari, mehmonxona, sayyohlik va boshqa xizmatlarning bahosi tariflar orqali ifodalanadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin