T. Malikov O. Olimjonov moliya


O‘rnatilishi (belgilanishi)ga qarab



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə82/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

O‘rnatilishi (belgilanishi)ga qarab baholarning quyidagi turlari mavjud:

  • qat’iy baholar;

  • joriy baholar;

  • o’zgaruvchan (harakatlanuvchan) baholar;

  • almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar.

Shartnomada qayd etiladigan va shu shartnomaga muvofiq ravishda mahsulotni etkazib berishning barcha muddatlari davomida o’zgarmaydigan baholar qat’iy baholar deyiladi.
Joriy baho deyilganda shu davrda mahsulotni etkazib berish amalga oshirilgan baho tushuniladi. Bunday baholar bir shartnoma doirasida o’zgarishi mumkin va ular bozorning holatini o’zida aks ettiradi.
O‘zgaruvchan (“harakatchan”) baholar shartnomada ma’lum bir shart asosida, masalan, shartnomani ijro etish payti (vaqti)da bozor bahosi o’zgaradigan bo’lsa (ko’tarilsa yoki pasaysa), o’zgartirilishi (qayta ko’rib chiqilishi) mumkin deb qayd etilgan baholardan iborat.
Almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar tayyorlanish muddati uzoq vaqtni talab etuvchi buyumlarga nisbatan o’rna-tiladi. Bunday baholar shartnoma ijro etish muddatining tugashiga qarab hisoblanadi. Bunda birlamchi shartnoma bahosi mahsulot tayyorlangan muddat davomida ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarishiga qarab o’zgartiriladi (korrektirovka qilinadi).
Vaqt omiliga ko’ra baholarning quyidagi turlari bo’lishi mumkin:

    • doimiy baholar;

    • mavsumiy baholar;

    • bosqichli baholar.

Amal qilish muddatlari oldindan kelishilmagan (belgilanmagan) baholar doimiy baholar deyiladi.
Mavsumiy xarakterga ega bo’lgan tovarlarga nisbatan o’rnatilgan baholar mavsumiy baholar deb ataladi. Bunday baholar sotishning dastlabki bahosiga nisbatan ustama yoki chegirmani qo’llash yo’li bilan aniqlanadi va mavsum mobaynida amal qiladi.
Dastlabki aniqlangan shkalaga muvofiq ravishda oldindan belgilangan holatlarda bosqichma-bosqich pasayti-riladigan tarzda aniqlanadigan mahsulotlarning bahosi bosqichli baholarda belgilanadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin