T. Malikov O. Olimjonov moliya


Mahalliy soliqlar va yig’imlar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə120/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Mahalliy soliqlar va yig’imlar


Mahalliy soliqlar va yig’imlar fiskal nuqtai nazardan etarli darajada samarali bo’lmagan va ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan soliqlar va yig’imlardir. Mamlakatning soliq qonunchiligiga, davlat hokimiyati organlarining qarorlariga va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organla-rining me’yoriy-huquqiy aktlariga muvofiq o’rnatiladigan hamda tegishli mahalliy hududda to’lanishi shart bo’lgan soliq va yig’imlar mahalliy soliqlar va yig’imlar deyiladi.
Davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari vakolatiga, o’zlarining fiskal ahamiyatiga va amal qilish davriga qarab mahalliy soliq va yig’imlar ikkiga bo’linadi:

  1. hokimiyatning qonunchilik organi tomonidan joriy etiladigan va mamlakatning barcha hududlarida amal qiladigan mahalliy soliqlar va yig’imlar;

  2. mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining qaroriga muvofiq joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig’imlar.

Birinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig’imlarning tarkibi quyidagilardan iborat:

    • jismoniy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliq;

    • yer solig’i;

    • savdo qilish huquqi uchun yig’im;

    • va boshqalar.

Mahalliy soliqlar va yig’imlar bo’yicha ushbu konkret stavkalar davlat hokimiyat organlarining qaroriga muvofiq belgilanadi. Ularni undirish va to’lash tartibi tegishli organ (masalan, Davlat soliq qo’mitasi) tomonidan ishlab chiqilgan yo’riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘z navbatida, ikkinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig’imlarning tarkibi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

    • avtomobillarni olib-sotganlik uchun soliq;

    • avtotransportlar to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im;

    • fuqarolarning boshqa maqsadli yig’imlari;

    • va boshqalar.

Ikkinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig’im-larga nisbatan yagona yo’riqnomaning bo’lishi mumkin emas-ligi sababli tegishli vakolatli organlar (Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va boshqalar) alohida olingan mahalliy soliqlar va yig’imlar bo’yicha namunaviy nizom (yo’riqnoma) ishlab chiqishlari va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli qarorlar qabul qilishda undan foydalanish tavsiya etilmog’i maqsadga muvofiq.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin