T. Malikov O. Olimjonov moliya


Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlarining shakllanish tartibi va manbalari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə149/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlarining shakllanish tartibi va manbalari. Jamg’arma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllanadi103:
  1. Majburiy to’lovlar va badallar:


    • belgilangan miqdorlardagi yagona ijtimoiy to’lov tushumlari;

    • alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug’urta badallari;

    • fuqarolarning sug’urta badallari (2019 yil 1-yanvardan boshlab bekor qilindi);

    • jismoniy shaxslar ayrim toifalarining sug’urta badallari;





103 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 2010 yil 19 fevraldagi 30-son qarori

    • majburiy ajratmalar (2019 yil 1-yanvardan boshlab bekor qilindi);
  1. Boshqa to’lovlar:


    • boquvchisini yo’qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo’lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog’liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to’lashga xarajatlarni to’lash uchun regressiv talablar (da’volar) bo’yicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan mablag’larning 85 foizi;

    • “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash uchun o’tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari;

    • “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash hisobiga o’tkaziladigan yuridik shaxslar mablag’lari;

    • dehqon xo’jaliklari a’zolari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lanadigan sug’urta badallari;

    • hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar o’z vaqtida to’lanmaganligi uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik ta’minlash maxsus jamg’armasiga hamda Jamg’arma xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag’batlantirish jamg’armasiga undiriladigan summalardan tashqari);

    • yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xo’jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda mayib bo’lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog’lig’iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga etkazilgan zararni qoplash uchun to’lanadigan summalar;

    • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari va ixtiyoriy badallar.

Yuqorida ko’rsatilgan xarajatlarning ko’pchiligi bugungi kunda Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan qoplanmayapti, asosan davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtirilmoqda

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin