T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə148/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Pensiya jamg’armasi


Umumdavlat moliyasi tarkibidagi bo’g’inlar ichida davlat byudjetidan keyin hajmi va iste’molchilarni qamrab olish ko’lami hamda ijtimoiy ahamiyati bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan markazlashgan jamg’armalardan biri bu byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrdagi “O‘zbekiston Respub-likasi ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Pensiya jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi 459-sonli qaroriga muvofiq asos solingan. Har bir yangi tashkil etilgan markazlashgan jamg’arma oldiga muayyan maqsad qo’yilgani bois, ushbu jamg’arma oldiga ham zarur maqsad qo’yildi. Jumladan, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining bosh maqsadi – davlat tomonidan kafolatlangan pensiya ta’minoti tizimida boshqaruv tuzilmasini takomillash-tirish, daromadlarga mo’ljallangan majburiy badal, yig’im va ajratmalarni to’liq yig’ilishini ta’minlash, shuningdek, aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish uchun moliyalashtirish chora-tadbirlarini o’z vaqtida va to’liqligicha ta’minlashga erishish hisoblanadi


2019 yil 1 yanvar holatiga binoan, O‘zbekiston Respublikasida pensionerlar soni – 3485869 nafarni tashkil etdi. Shundan: 2618503 nafar yoshga doir pensionerlar; nogiron pensionerlar 370626 nafar
va boquvchisini yo’qotgan pensionerlar 173922 nafarni tashkil etmoqda. Ushbularni ijtimoiy himoya qilish va manzilli yordam berish, o’z navbatida, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini tashkil etishga asos bo’ladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining asosiy vazifalaridan biri O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonunini hayotga tatbiq etishga qaratilgan. Qayd etilgan qonunning 2-moddasida quyidagi ko’rinishdagi davlat pensiyalari zikr etilgan:

  • yoshga qarab;

  • nogironligi bo’yicha;

  • boquvchisini yo’qotganligiga ko’ra.

1995 yil 20 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1289–sonli Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonda 1996 yil 1 yanvardan boshlab, ishlayotgan, xizmat ko’rsatayotgan va ish bajarayotgan pensionerlar uchun mo’ljallangan, belgilangan pensiyaning 50% to’lanishi nazarda tutilgan. Shuni alohida qayd etish joizki, ushbu tartib 2019 moliya yilidan boshlab bekor qilindi. Endilikda, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yoxud shularga tenglashtirilganlar, 1-2-guruh nogironlari, Chernobil halokatini bartaraf etishda ishtirok etgan, shuningdek hukumat qarorlariga ko’ra alohida kasb egalari bo’lgan (masalan, shifokor-pensionerlar, mudofaa, ichki ishlar, favquloddagi vaziyatlar, milliy gvardiya, milliy xavfsizlik, bojxona tizimidagi pensionerlar, umumta’lim muassasalari va maktabgacha tarbiya muassasalarida faoliyat olib borayotgan pensionerlar, mahalla oqsoqoli va boshqalar) ishlayotgan pensionerlar kabi ishlayotgan barcha pensionerlar to’liq 100% miqdorda olinishi belgilandi102.
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 14 yanvardagi 9-son qaroriga asosan Pensiya fondining O‘zbekiston jumhuriyat bo’limi tashkil etilgan. Ijtimoiy ta’minot tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish hamda ijtimoiy sug’urta mablag’larining to’g’ri va samarali sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining 1993 yil 4 avgustdagi 391-son qaroriga muvofiq, sobiq SSSR Pensiya fondining O‘zbekiston Respublika bo’limi


102 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi ” 2018 yil 12 dekabrda qabul qilingan PF-5597-son Farmoni.
negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi tashkil etilgan. Unga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tizimidan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha, farzand tug’ilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni to’lashga yo’naltiriladigan davlat ijtimoiy sug’urta mablag’lari berilgan. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti uchun majburiy badallarning to’liq kelib tushishi xamda davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha pensiya va nafaqalarni to’lashga xarajatlarni o’z vaqtida moliyaviy ta’minlash uchun ijtimoiy ta’minot organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrdagi 459-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Qoraqalpog’iston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi va ijtimoiy ta’minot mahalliy organlari qoshida tegishli xududiy bo’linmalari va bo’limlari bo’lgan Pensiya jamg’armasi tashkil etilgan. Pensiya ta’minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha majburiy badallar to’liq yig’ilishini ko’paytirish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar to’lashga yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 noyabrdagi 444-son qaroriga muvofiq, 2001 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasi O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)ga pensiyalar, shuningdek ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan to’lanadigan nafaqalarni o’z vaqtida hisoblash va to’lash funksiyalari yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2004 yil 21 oktyabrdagi 490-son qaroriga asosan, 2005 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasiga aylantirilgan. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan o’z vaqtida moliyalashtirish hamda ularni to’liq hajmda to’lash, shuningdek,
respublika fuqarolarining pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi PF-4161-son Farmoniga muvofiq, 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlarni tayinlash, moliyalashtirish, ularning to’lanishini hisobga olish va monitoringini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
2005 moliya yili boshlangunga qadar, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi dastlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, so’ngra vazirlik Mehnat vazirligi bilan umumlashtirilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) tasarrufiga o’tkazildi.
2004 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 490-sonli “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi boshqaruvini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq Pensiya jamg’armasi 2005 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi maqomini oldi. Shuningdek, ushbu qaror bilan Byudjetdan tashqari Pensiya jam- g’armasini boshqaruv kengashi va uning tarkibi ham belgilandi.
Qayd etilgan qarorga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini tezkor muvofiqlashtirib turuvchi Ijroiya direktsiya tasdiqlangan.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin