T. Malikov O. Olimjonov moliya


Jamg’arma mablag’larini taqsimlash



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə156/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Jamg’arma mablag’larini taqsimlash, qonunchilikda belgilangan mustasnoliklarni hisobga olgan holda quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi:

    • 96,5 foizi — kichik tadbirkorlik sub’yektlarining xususiylashtirilgan ob’ektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga maqsadli yo’naltirish uchun tijorat banklariga;

    • 1,5 foizi — mablag’larni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etilgan o’quv kurslarini moliyalashtirishga yo’naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga;

    • 2 foizi — tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish, shu jumladan, davlat mulki va xususiylashtirilgan ob’ektlar elektron bazasi va reestrini shakllantirish, xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish bo’yicha “yo’l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining byudjetdan tashqari jamg’armasiga.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 17 yanvardagi PF-4933-son Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki ob’ektlarini sotishdan tushadigan mablag’lar Davlat raqobat qo’mitasi hududiy organlari tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga yo’naltiriladi, hamda yuqorida qayd etib o’tilgan jamg’arma mablag’larini taqsimlanishiga muvofiq Davlat raqobat qo’mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasiga yo’naltiriladigan auktsion savdolarida fuqarolarga er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi mablag’lar bundan mustasno hisoblanadi.
Bunda:

    • tushgan mablag’lardan davlat aktivini sotish bilan bog’liq xarajatlar (baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar xizmatlarini to’lash xarajatlari) chegiriladi. Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bekor qilingan taqdirda tegishli byudjetlarga, Davlat raqobat qo’mitasiga va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga, Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasiga avval yo’naltirilgan mablag’lar qaytarilmaydi;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga, Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasiga mablag’lar ularning tushishiga ko’ra har haftada yo’naltiriladi.

Davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag’larning 25 foizi miqdoridagi qismi Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo’naltirilgan hollarda mablag’larning (Davlat raqobat qo’mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan mablag’lardan tashqari) qolgan qismi qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlarga yo’naltiriladi.
Davlat aktivlari oldi-sotdisi bo’yicha tuzilgan va bekor qilingan shartnomalar, berilgan qarzlar bo’yicha tushgan penya va jarimalar summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:

    • 50 foizi — Davlat raqobat qo’mitasining byudjetdan tashqari jamg’armasiga o’tkaziladi;

    • qolgan qismi — yuqorida aytib o’tilgan taqsimotga muvofiq taqsimlanadi.

Jamg’arma mablag’lari hisobidan berilgan qarzlarning asosiy summasi va ular bo’yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar summasi to’liq miqdorda Jamg’arma hisobiga o’tkaziladi.
Davlat raqobat qo’mitasi va uning hududiy organlari tomonidan xarajatlarni amalga oshirishda tovar etkazib beruvchilar bilan shartnomalar quyidagi holatlarda tanlov (tanlab olish)ni o’tkazmasdan tuzilishi mumkin:

    • davlat aktivlari to’g’risidagi reklamalarni va axborot tusidagi e’lonlarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek reklama va e’lonlarni tashqi reklama vositalarida (bilbordlar, bannerlar va boshqalarda) joylashtirish;

    • davlat aktivlarini sotishda, shuningdek yuridik shaxslarning aktsiyalari (ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko’zlab sotib olishda birja va birjadan tashqari savdolarga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko’rsatish;

    • Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari tadqiqotlari markazi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni amalga oshirish;

    • Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o’qitish respublika markazida Davlat raqobat qo’mitasi va uning tarkibiy bo’linmalari xodimlarini, shuningdek davlat ishonchli vakillari va xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va o’qitish;

    • Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi «Privatinformsistem» axborot texnologiyalari markazi» DUK tomonidan zamonaviy axborot-texnologik kompyuter dasturlarini, elektron ma’lumotlar bazasi va reestrlarini, lokal kompyuter tarmog’ini ishlab chiqish, joriy etish va ular bo’yicha xizmat ko’rsatish;

    • Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o’tkazish bo’yicha Davlat tender komissiyasi qarorlari asosida mahalliy ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini sotish bo’yicha maslahat xizmatlari ko’rsatish;

    • baholovchi tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko’rsatish. Baholovchi tashkilotlar xizmatlarini to’lash bilan bog’liq xarajatlar Davlat raqobat qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Nizomga muvofiq qoplanadi.

Jamg’armaning joriy moliya yili yakuni bo’yicha qoldiq mablag’lari olib qo’yilmaydi va keyingi yilga o’tadi.



    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin