T. Malikov O. Olimjonov moliya


Respublika yo’l jamg’armasi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə157/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Respublika yo’l jamg’armasi


(ushbu jamg’arma 2019 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo’llari davlat Qumitasi tasarrufiga o’tkazildi va uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o’tkazildi)


O‘zbekiston Respublikasi geografik joylashuviga muvofiq, okean va dengiz bandargohlariga to’g’ridan-to’g’ri chiqish uchun kamida ikkita mustaqil mamlakatning davlat chegarasini bosib o’tishi lozim. Bunday holat, o’z navbatida, dengiz transportini tashkil etish va undan foydalanishga imkoniyat bermaydi, albatta. Bu narsa bizda havo yo’li tarnsporti, temir yo’l tarnsporti, quvur transporti va eng asosiysi avtomobil yo’l transportini boshqa davlatlardagi (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh va bir qator Fors hamda Arab mamlakatlari)ga qaraganda jadal va tez rivojlantirishni ob’yektiv zarurat qilib qo’yadi. Ushbuni teran his etgan mamlakatimiz rahbariyati mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarni qurish, qayta ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlariga katta ahamiyat berib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasida tranzit transport tashuvlari chorrahasida joylashuvi bevosita avtomobil yo’llarini muttasil yangilanishini va davr talabiga mos rivojlanishini talab etgan.
Mamlakatimizda Respublika yo’l jamg’armasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq 1993 yilda tashkil etilgan. Jamg’arma umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va qurish bilan bog’liq xarajatlarni moliyalashtirishga safarbar etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustdagi 361-son Qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi to’g’risida”gi Nizom tasdiqlandi. Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi faoliyatlarini tashkil etish to’g’risida”gi 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2776-sonli qaroriga ko’ra Respublika yo’l jamg’armasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksiga bo’ysundirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo’ljallari to’g’risida” gi 26 dekabr 2018 yilda qabul qilingan PQ-4086 son Qaroriga ko’ra 2019 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo’llari davlat Qumitasi tasarrufiga o’tkazildi va uning asosiy funksiyalarini
bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o’tkazildi. Yo’l xo’jaligi sohasidagi qurilish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va jihozlash bo’yicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish, shuningdek, avtomobil yo’llaridan foydalanish va saqlash bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, uning hududiy bosh boshqarmalari, tuman yo’llardan foydalanish korxonalari, yo’llardan muntazam foydalanish korxonalari, ko’priklardan foydalanish korxonalari, Respublika yo’l jamg’armasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo’l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasini saqlash funksiyalarini Moliya vazirligi zimmasiga yuklandi hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 9 birlikdan iborat etib belgilagan holda Respublika yo’l jamg’armasini yo’l xo’jaligi sohasida xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo’yicha ijrochi organ sifatida belgilandi.
Respublika yo’l jamg’armasiga 2019 yil 1 yanvardan keyin tushadigan majburiy ajratmalar summasi to’liq miqdorda Pensiya jamg’armasiga o’tkaziladigan bo’ldi hamda ushbu to’lovlar bo’yicha ortiqcha to’langan summalar Pensiya jamg’armasidan to’lanilishi belgilandi. Respublika yo’l jamg’armasining (xodimlarni moddiy rag’batlantirish maxsus hisobraqamidan tashqari) 2018 yil yakuni bo’yicha qoldiq mablag’lari O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga o’tkaziladi hamda yakunlanmagan qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo’shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilishi qayd etildi. Shuningdek, 2019 yilning 1 yanvaridan tugatilayotgan davlat maqsadli jamg’armalarining 2019 yil 1 martgacha bo’lgan davr uchun xodimlariga to’lanadigan ish haqi, kompensatsiya to’lovlari va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo’shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilishi, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasi tomonidan avval jalb qilingan xorijiy kreditlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qaytarilishi qayd etildi.



    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin