T. Malikov O. Olimjonov moliya


O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini sarflashning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə153/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini sarflashning asosiy yo’nalishlari:


    • mehnat bozorini barqaror va balanslashgan holda rivojlantirish, aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash;

    • ishsizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, ish topishda qiyinchiliklarga uchrayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobat

qilaolmayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va moddiy qo’llab- quvvatlash bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni amalga oshirish;

    • ishsizlar va band bo’lmagan aholiga, birinchi navbatda yoshlarga, ayollarga va nogironlarga kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha sifatli xizmatlar ko’rsatishni tashkillashtirish bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, mehnat bo’yicha organlarning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tasarrufida bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’linmalari hamda ularning tumanlardagi mehnat bo’limlari jamg’armaning moliyaviy resurslarini to’liq shakllanishi va maqsadli foydalanishi uchun javobgardirlar.
Ish beruvchilar tomonidan majburiy ajratmalarni to’liq jamg’arma daromadiga o’tishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tasarrufida bo’lgan bo’linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga yuklatilgan.
Bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi mablag’laridan foydalanishni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga topshirilgan. Zarurat tug’ilganda, mustaqil auditorlar yoki auditor firmalarni jalb etib, moliyaviy resurslardan qonunga mos ravishda foydalanilayotganligini tekshirish mumkin.



    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin