T. Malikov O. Olimjonov moliya


Respublika byudjetining daromadlari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə247/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Respublika byudjetining daromadlari – 1)qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar; 2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo’yicha davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;

  1. qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to’lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlardan iborat.

Respublika byudjetining xarajatlari – o’z tarkibiga 1) respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’i oluvchilarning joriy xarajatlari; 2) joriy byudjet transfertlari; 3) kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, chet elda davlat ehtiyojlari uchun er va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun erga bo’lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat zahiralarini vujudga keltirish xarajatlari); 4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari;

  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga byudjet dotatsiyalari, byudjet subventsiyalari va byudjet ssudalari; 6) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari; 8) davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari; 9) qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlarni oladi.

Respublika byudjeti defitsitini moliyalashtirish – davlat tomonidan xorijdan va ichki mablag’ni jalb qilish, respublika byudjeti mablag’larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin