T. Malikov O. Olimjonov moliya


Soliq asosi, negizi (bazasi)



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə249/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Soliq asosi, negizi (bazasi) – umumiy holda belgilangan soliqqa tortish davri mobaynida ma’lum hududdagi soliq to’lovchilar va soliqqa tortish ob’ektlarining yig’indisi.
Soliq og’irligi (yuki, “zulmi”) - davlat va jamiyat hayotida soliqlarning rolini xarakterlab (ko’rsatib) beradigan eng umumlashgan ko’rsatkich. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi va daromadlarda soliq ajratmalarining salmog’ini (hissasini) ko’rsatuvchi, bozor iqtisodiyotining amalga oshirilayotgan modelidan kelib chiqadigan o’lcham. Soliq yig’imlarining jami milliy mahsulotga (yalpi ichki mahsulotga) nisbati bilan aniqlanadi. Soliq imtiyozi - soliq to’lovchi soliq majburiyatlari hajmining to’liq yoki qisman qisqarishi, to’lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga surilishi. Soliqlarning rag’batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyozlari tizimi orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa tortish ob’yektining o’zgarishida, soliqqa tortish bazasining kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va boshqalarda o’z ifodasini topadi. Soliqqa tortilmaydigan ob’ekt minimumi, alohida shaxslar va soliq to’lovchilarning ayrim toifalarini soliq to’lashdan ozod qilish, soliqqa tortish ob’yektidan ayrim elementlarni chiqarish, soliq stavkalarini pasaytirish, maqsadli soliq imtiyozlari, soliq kreditlari (soliqlarning undirilishini kechiktirish) va boshqalar soliq imtiyozlarining ko’rinishlaridir (turlaridir). Masalan, korxonalar foydasidan olinadigan soliq bo’yicha imtiyozlar ishlab chiqarishni kengaytirish va uy-joy qurilishini rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirishni, tadbirkorlikning kichik shakllarini, nogironlar va pensionerlarning bandligini ta’minlashni, ijtimoiy-madaniy va tabiatni muhofaza qilish sohalarini rag’batlantirishga qaratilgandir. Individual xarakterga ega bo’lgan soliq imtiyozlarini berish, odatda,
ta’qiqlanishi kerak.
Soliq stavkasi – soliqqa tortish birligiga to’g’ri keluvchi soliqning hajmi (miqdori, darajasi). Qat’iy soliq stavkalari daromadlarga bog’liq bo’lmagan holda soliqqa tortish birligiga nisbatan absolyut summalarda o’rnatiladi. Proportsional stavkalar daromadning hajmiga (miqdoriga) bog’liq bo’lmagan holda unga nisbatan bir xil foizlarda belgilanadi. Progressiv soliq stavkalari soliqqa tortiladigan daromad hajmining ortishi bilan oshib boradi. Regressiv soliq stavkalari esa, aksincha, daromadning ortib borishi bilan pasayadi.
Soliq tizimi - mamlakat doirasida (hududida) to’lovchilardan (yuridik va jismoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining shakl va uslublari yig’indisi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin