T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə251/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Soliq hisob-kitoblari – yuridik shaxslar tomonidan qonunda ko’zda tutilgan muddatlarda buxgalteriya hisoboti bilan birgalikda soliq organlariga taqdim etilib, o’zida ma’lum hisobot davri mobaynida to’lanishi lozim bo’lgan hisoblangan to’lovlar summasini aks ettiradi. Soliq summalarini hisoblash tartibi soliq qonunchiligiga ko’ra har bir soliq turi bo’yicha alohida-alohida belgilanadi.
Soliq bitimlari - bir mamlakat yuridik va jismoniy shaxslarining ikkinchi mamlakatda olgan daromadlari ayrim turlarini va boshqa mamlakatning hududida joylashgan shu shaxslarning mol-mulkini soliqqa tortish huquqini har bir mamlakatga biriktirishga mo’ljallangan mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro soliq munosabatlarini tartibga solishga yo’naltirilgan yuridik hujjat. Amaliyotda soliq bitimlarining ikki turi uchraydi: 1) maxsus (cheklangan) soliq bitimlari – ular cheklangan xarakterdagi masalalarni (xalqaro yuk tashish, bojxona to’lovlari, imtiyozli soliq rejimi va shu kabilar; 2) umumiy soliq bitimlari. Soliq bitimlari imzolanayotganda davlatlar quyidagi asosiy vazifalarni yechishga harakat qiladilar: ikki marta soliqqa tortishga barham berish sxemasini aniqlash – o’zaro kelishayotgan davlatlar uchun faqat u yoki bu daromaddan soliq undirish huquqi biriktiriladi; har ikkala davlatda soliqqa tortish huquqi saqlanib qolganda ham ikki marta soliqqa tortish mexanizmiga barham berish; soliq to’lovchini boshqa mamlakatlarda diskriminatsion tarzda soliqqa tortilishidan himoya qilish; soliqqa tortishdan bo’yin tovlashni aniqlash va konventsiyani bajarish maqsadida o’zaro informatsiya almashish. Bunda quyidagi to’rt guruh masalalar ko’rib chiqiladi: konventsiyaning qo’llanish doirasi; soliqlarni davlatlar o’rtasida taqsimlash; ikki marta soliqqa tortishga barham berish; harakat qilish qoidalari. Shu bitim bo’yicha tartibga solib turiladigan soliqlarning turlari va shaxslarning (yuridik va jismoniy) ro’yxati ham aniqlanadi.
Soliq nazorati – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash ustidan amalga oshiriladigan nazorat. Nazorat tekshiruv ishlarini amalga oshirish davomida bevosita korxonaning o’zida (hujjatli tekshiruv) yoki korxona tomonidan
belgilangan muddatlarda taqdim etiladigan va soliq organi ixtiyoriga kelib tushadigan bank hujjatlari, buxgalteriya hisobotlari va hisob-kitoblari asosida (kameral tekshiruv) amalga oshirilishi mumkin. Korxonalar ustidan doimiy nazoratga soliq organlarida har bir soliq turi va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va kelib tushish ustidan operativ buxgalteriya hisobini joriy etish orqali erishiladi.
Soliq krediti – mintaqaviy soliq organi tomonidan korxonaga beriladigan va tegishli shartnoma bilan rasmiylashtiriladigan kredit. Odatda investitsiyalar va innovatsion xarajatlarni amalga oshirish uchun qaytaruvchanlik va haqlilik asosida beriladi. Qarang: Investitsion soliq krediti.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin