T. Malikov O. Olimjonov moliya


Soliq to’xtatuvchanligi (to’sqinchiligi)



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə252/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Soliq to’xtatuvchanligi (to’sqinchiligi) – soliq progressiyasining noproportsionalligi bilan xarakterlanadigan soliqqa tortish tizimi. Ma’lum darajadan yuqoridagi daromadlarga yanada yuqoriroq (ko’proq) soliq o’rnatiladi. Buning natijasida yuqori daromadga ega bo’lish foydasiz bo’lganligi uchun tijoriy faoliyat susayadi (pasayadi).
Soliq to’lovchilar – qonun hujjatlariga ko’ra soliq to’lash majburiyati yuklangan jismoniy va yuridik shaxslar hamda to’lovchilarning boshqa toifalari.
Soliq davri - soliq bazasining (negizining, asosining) shakllanish jarayoni tugaydigan muddat. Bu muddatda soliq majburiyatining yakuniy hajmi (miqdori) aniqlanadi. Qonun tomonidan belgilangan soliqqa tortish davri davomida bir ob’ekt soliqning bir turi bo’yicha bir marta soliqqa tortilishi mumkin.
Soliq tushumlarini bashoratlash (prognozlashtirish) – aniq va miqdoriy jihatdan aniqlangan shaklda soliq tushumlarining hajmiga ta’sir ko’rsatuvchi ob’yekti va sub’yektiv omillarni oldindan ko’rish va bilish instrumenti. Soliq tushumlarini bashoratlash perspektiv xarakterdagi tadqiqot hisoblanib, uni ishlab chiqishda (yaratishda) real iqtisodiy shartlar va jarayonlar hisobga olinishiga qaramasdan u ehtimollik, dastlabkilik xarakteriga egadir. Mamlakat yoki aniq bir mintaqa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining kompleks dasturi bashoratlashning asosidir. Shu bilan birgalikda bunda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan cheklanishlar(chetlanishlar, og’ishlar), hukmron tendentsiyalar (oqimlar) va ularni farq qilish sohalarini aniqlashga ham e’tibor bermoq lozim. Bashoratlash shoshilinch (operativ) (bir oygacha), qisqa muddatli (bir yilgacha),
o’rta muddatli (besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq) kabi turlarga bo’linishi mumkin. Xilma-xil davriy gorizontlarga (ufqlarga) ega bo’lgan istiqbolni belgilashning (bashoratlashning) mazmuni istiqboli belgilanayotgan jarayonlarning tabiati bilan belgilanadi: qanchalik barqarorlik bo’lsa, bashoratlash gorizonti (ufqi) shunchalik keng bo’ladi. Bashoratlash hisob-kitob qilinayotganda o’tgan davrlarda soliqlarning qanchalik tushib turganligini xarakterlaydigan haqiqatdagi dinamik qatorlar ham hisobga olinishi kerak.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin