T. Malikov O. Olimjonov moliya


To’g’ri (bevosita) soliqlar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə259/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

To’g’ri (bevosita) soliqlar – daromad solig’i, foyda solig’i, resurs to’lovlari, mol-mulk solig’i va boshqalardan iborat bo’lib, ularga egalik qilish va ulardan foydalanish soliqqa tortish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
To’g’ri (bevosita) soliqqa tortish – shaxsan yoki ish beruvchi orqali soliqlarni soliq xizmatlariga to’g’ridan-to’g’ri to’lash orqali amalga oshiriladigan jamiyat a’zolarini bevosita soliqqa tortishdan iborat. Aniq bir shaxsning ahvoliga bog’liq bo’lmasdan, balki uning qanday mahsulotlarni sotib olishiga bog’liq bo’lgan egri (bilvosita) soliqqa tortishdan farq qiladi.
To’lov balansi - ma’lum bir davr (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida mamlakat tomonidan xorijga to’langan to’lanmalar va xorijdan olingan to’lovlar o’rtasida nisbat. O‘z ichiga tegishli
davrda mamlakat tovarlari eksporti va importi qiymatlarini ifodalovchi savdo balansini, xizmatlar balansini va notijoriy to’lovni oladi. Bularning barchasi joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansini shakllantiradi. Mamlakatning umumiy to’lov balansi esa joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi, kapitallar va kreditorlar harakati balansi, shuningdek, oltin va valyuta rezervlari harakati balansidan tashkil topadi.
To’lov aylanmasi – mamlakat iqtisodiyotidagi barcha pulli to’lovlar (pul to’lovlarining) majmui (yig’indisi, to’plami).
To’lovlarning navbatliligi - bir necha muddatli va muddati o’tib ketgan to’lovlar mavjud bo’lganda va ularni to’liq to’lash (qaytarish, uzish) uchun mablag’lar etarli bo’lmagan holda to’lovchining hisob varag’idan pul mablag’larini o’tkazish (olish, undirish) ketma-ketligi.
Tibbiyot sug’urtasi – sog’liqni saqlash bo’yicha aholi manfaatlarini sotsial himoya qilishning shakli. Sug’urta hodisasi ro’y bergan paytda fuqarolarga tibbiy yordam olinishini kafolatlaydi. Ikki shaklda amalga oshirilishi mumkin: majburiy va ixtiyoriy.


U




Umumdavlat moliyasi - davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni yaratish maqsadida markazlashtirilgan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi.
Uy-joy solig’i – ko’chmas mulk solig’ining ko’rinishlaridan biri bo’lib, bu soliqqa uy-joyga ega bo’lganlar tortiladi.



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin