T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə256/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi hamda to’lanishi ustidan so’nggi (navbatdagi, keyingi) nazorat - davlat tomonidan soliq organlari yordamida ikki bosqichda amalga oshiriladi : a) korxonalardan bo’xgalteriya hisobotlari va soliq hisob-kitoblari qabul qilinayotganda; b) bevosita korxonaning o’zida boshlang’ich buxgalteriya hujjatlarini tekshirish yo’li bilan.
Sotib olish solig’i - davlat daromadlarini ko’paytirish yoki ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishni cheklab qo’yish maqsadida mamlakatda ishlab chiqarilayotgan ayrim mahsulotlardan olinadigan soliq. Odatda eksportga mo’ljallangan mahsulotlardan olinmaydi.
Sotish solig’i – mahsulotlarning sotish qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadigan va ishlab chiqaruvchilar tomonidan to’lanadigan soliq. Aktsizlarning ko’rinishlaridan biri.
Sotishdan olinadigan soliq – ayrim xorijiy mamlakatlarda (masalan, AQShning ayrim shtatlarida) qo’llaniladi va iste’moldan olinadigan egri (bilvosita) soliqni o’zida gavdalantiradi. Odatda, bu soliqqa iste’mol mahsulotlari (restoranlar bundan mustasno) tortilmaydi.
Sekvestr – yilning oxirigacha qolgan vaqt davomida byudjetning barcha moddalari bo’yicha (himoya qilinganlaridan tashqari) davlat xarajatlarini proportsional ravishda qisqartirish.
Sug’urta – noqulay (tasodifiy) hodisalar va voqeliklar sodir bo’lganda jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya qilish va ularga nisbatan etkazilgan moddiy zararlarni qoplash (tiklash) uchun pul mablag’larining maqsadli fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bo’yicha qayta taqsimlash munosabatlarining alohida sohasi.
Sug’urta shartnomasi – sug’urtaning aniq bir turi shartlariga muvofiq o’zaro majburiyatlarni tartibga soluvchi sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi bitim (yuridik kelishuv). Sug’urtalanuvchining yozma arizasiga muvofiq tuziladi, ayrim hollarda og’zaki tuzilishiga ham yo’l qo’yiladi, sug’urta ob’yekti to’g’risidagi zaruriy ma’lumotlarni (manzili, miqdoriy va sifat tavsifnomasi, ahvoli yoki holati va boshqalar) va sug’urta riskini qabul qilishga sug’urtalovchining roziligini o’zida mujassam etishi kerak.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin