T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə257/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Sug’urta himoyasi - ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining turmush darajasiga nisbatan etkazilgan yuqotmalarga barham berish yoki ularni qoplash (tiklash) bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlarining majmuini o’zida mujassam etgan iqtisodiy kategoriya(keng ma’noda); konkret ob’ektlarga: moddiy boyliklar, hayot, sog’lik, fuqarolarning mehnatga layoqatliligi va boshqalarga etkazilgan ziyonlarni tiklash va ularga barham berish borasidagi qayta taqsimlash munosabatlarining majmui (tor ma’noda).
Sug’urta mukofoti – qonun yoki sug’urta shartnomasiga muvofiq ravishda sug’urtalanuvchining sug’urtalovchiga sug’urta riski uchun haq to’lovi. Tarif stavkasi, sug’urta summasi, sug’urta muddati va boshqa omillarga bog’liq ravishda aniqlanadi.
Sug’urta guvohnomasi (sug’urtaviy polis) – tuzilga sug’urta shartnomasi va uning shartlari mazmunini o’zida mujassam etganligiga guvohlik beruvchi sug’urtalovchi tomonidan sug’urtalanuvchiga o’rnatilgan namunaga muvofiq beriladigan hujjat. Sug’urtalanuvchiga u tomonidan birinchi marta yoki bir martalik sug’urta badali to’langanidan so’ng beriladi. Unda sug’urtaning asosiy shartlari: sug’urtalanuvchining familiyasi va ismi sharifi, uning rekvizitlari, sug’urta hajmi, sug’urta majburiyati hajmi, sug’urta summasining miqdori, sug’urta tarifi, sug’urta qoplanmasini oluvchi va boshqalar o’z ifodasini topadi.
Sug’urta bozori – oldi-sotdi ob’yekti o’ziga xos tovar – sug’urta xizmati - bo’lgan va unga nisbatan taklif va talab shakllanadigan pul munosabatlari sohasi. Sug’urta huquqiy munosabatlari ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning shakli.
Sug’urta bozori assortimenti – sug’urtalanuvchi murojaat qilishi mumkin bo’lgan sug’urta turli ko’rinishlarining (turlarining) to’plami (majmui).
Sug’urta rezervlari – sug’urta badallari hisobidan shakllanadigan va birinchi navbatda, sug’urtalanuvchilarga sug’urta to’lovlarini amalga oshirishga sarf (xarj) qilinadigan maxsus fondlar. Daromadlarga emas, balki sug’urtalovchining majburiyatlariga bog’liq ravishda shakllanadi (tashkil qilinadi).

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin