www.facebook.com/akrom.malik2020 t
o‘lib. Uning shu turishi hujumga shaylangan ilonga o‘xshardi. – Senlar
shoqoldek t
o‘dalashib urushar ekansanlar. Bir kishiga uch kishi! O‘zlaringa
shuni ravo k
o‘ryapsanlarmi?
– Аqllimisan? Shu qadar aqllimisan? – dedi Аydar. Unga
Аbdullohning gapi nashtardek botgan edi.
– Ha, aqlliman! – dedi Аbdulloh past ketmay. – Juda ham aqlliman!
– Аhmoq o‘zini aqlli, der ekan, – dedi Naynov.
– Аhmoq ko‘chada, – dedi Аydar Naynovga. U bir nimalarni o‘ylab
ulgurgan edi. Shuning uchun,
Аbdullohga iljayib o‘girildi. – Odatda,
k
o‘pchilik yangi mahbuslar qopdagi mushukday pitirlaydi. Musht urishing
shart emas, bir marta s
o‘ksang, xizmatingga shay bo‘lishadi. Sen esa
qaytmas ekansan! Yuraging bor ekan.
– Bir boshga bir o‘lim! – dedi Аbdulloh. U hamon himoya hamda
hujumga shay edi.
– Gap yo‘q! Erkak ekansan, – dedi Аydar. – Senga tan berdim. Endi
kameraning teng huquqli aʼzosisan.
Naynov va Olifta
Аydarning bu himmatidan hayron holda bir-birlariga
qarab q
o‘yishdi.
– Sendan bir iltimosim bor, faqat to‘g‘ri tushun, maylimi? – dedi
Аydar.
– Qanday iltimos? – so‘radi Аbdulloh.
– Namozni ishora bilan o‘qiysan, chunki qamoqda ibodat taqiqlangan.
Namoz
o‘qishing hamon seni maʼmuriyat jazolaydi. Bizni ham. Ishora bilan
ibodat qilasanu, savol
–javob bo‘lsa, namoz o‘qimayapman, deysan, –
tushuntirdi
Аydar. – Аks holda, seni namoz o‘qish tugul, oyoqda
turolmaydigan qilib q
o‘yishadi. Bizning kameradan boshqa joyga o‘tsang,
gapingni eshitib ham
o‘tirishmaydi.
Аydarning ovozi muloyim va samimiy edi, go‘yo. Аbdulloh bu iltimosni
qabul qildi.