T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Аnna BSS telekanalining «Maxsus loyihalar» bo‘limi xodimlari. Jozefning
taklifi bilan «Islomiy ruhiyat» degan loyiha tasdiqdan o‘tdi. Ikkisi ayni paytda
kemada musulmonlar bilan yaqindan tanishishlari kerak. Musulmonlar nima
uchun dinni, aynan Islomni tanlaganlarini bilishni istardilar. Ular kamera,
ovoz yozish uskunalarini tayyorlashdi. Kattaroq xonani ijara oldilar. Kema
rahbari Masʼud Hasandan tasvir ishlari uchun ruxsat so‘radilar.
– Islomiy ruhiyatni anglay olsangiz, bu dinni qabul qilasiz, – dedi
Masʼud Hasan ularning loyihasi haqida bilgach. – Chunki o‘zini bilgan odam
uchun boshqa y
o‘l qolmaydi.
– Biz dindor bo‘lish uchun kelmadik, – dedi Jozef. – Biz
musulmonlardagi radikallik sabablariga qiziqamiz. Men Islom tarixini
o‘qidim. Qurʼonning tarjimasi bilan tanishdim. Diningiz shartlari, talablari
haqida
o‘rgandim. U bir din, xolos. Musulmonlar nima uchun terrorni odat
qilishlari tushunarsiz. Pay
g‘ambarlaringiz davrida, undan keyin ham Islom
siyosiy qudrat edi. Muhammadning faoliyati urushni, qon t
o‘kishni taqozo
qilgan. Biroq hozir musulmonlar yana nimani istashlari noaniq.
O‘shani
aniqlaymiz.
– Biz teran fikrli insonlarmiz, – dedi Аnna. U Jozefning qaysidir
gaplari Masʼud Hasanga yoqmaganini sezgandi. – Masalaga xolis
qaraymiz, janob Masʼud. Biz na Islomni, na nasroniylikni ulug‘lamaymiz. Biz
o‘rtada ikki tomonni kelishtiramiz. Dunyoga Islomiy ruhiyatni bildiramiz. U
juda yomon emas, menimcha. Q
o‘rqishga ham hojat yo‘q. Yaqindan
tanishsang, ajdar ham vahshiy emasligini tushunasan.
Masʼud Hasanning yoshi qirqdan oshgan. Jussador. Salobatli. Yuzi
tabassumdan yoru
g‘. Oq oralagan soqoli, sochi qalin. Millati malay. Ko‘zi
qiyiq. U musulmon oilaning farzandi. Otasi katta tijoratchi edi. Tinch va Hind
ummonidan
Аmerikaga, Аfrikaga, Saudiya, Yaman va Аmirliklarga ulgurji
mahsulot yuborardi. Kenja
o‘g‘li Masʼudga hamma bolalari qatori ilm berdi,
dinni tanitdi, ul
g‘aygach, oliygohda o‘qitdi, Masʼud Misrdagi Аzhar