T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
o‘tirishibdi, bir nimalarni gaplashyaptilar, ko‘proq onamga eʼtibor qaratilgan. 
Bundan xursand b
o‘lib, onamga nimadir deb erkalangim keldi. 
– Ona, holva bering! – deb qichqirdim. Hamma ayollar menga 
qarashdi. Onam qizarib ketdi:
– Voy, Аbdulloh, beodoblik bo‘ladiya, bolajonim! – dedi. Onamni 
yoniga olib 
o‘tirgan Kayvoni momo kuldi. 
– Qizim, uyalma. Bala bo‘g‘ani sho‘x bo‘sin -da! Qani, kel beri! – dedi 
menga. Kayvoni momo keng guldor kiyimli, boshida uzun ch
o‘girma, 
ch
o‘girmasi rangli matolar bilan bezalgan, ustidan esa ro‘mol tashlab, 
tomo
g‘igacha berkitib olgandi. Oldiga sekin yurib bordim. Momo meni 
erkalab quchoqladi. Peshonamdan 
o‘pdi. Momoning qo‘lida bilaguzugi, 
barmoqlarida ham uzuklari bor ekan. 
– Umring uzaq bo‘sin, aynam. Аynalib ketay, ma, ol holva jeysanmi? 
Je, 
– dedi. 
– Rahmat, Katta Momo! – deb holvani oldimda shataloq otib tashqi 
hovli tomon yugurdim. 
– Voy, katta momo deydiya! – deb ortimdan ayollarning gurillab 
kulgani eshitildi.
Katta hovli 
o‘rtasida hovuz bor ekan. Hovuz labida juda bahaybat tut 
o‘sgan. Shu tutning soyasidagi supada bir qancha erkaklar suhbatlashib 
o‘tirishibdi. Аkam ham shu yerda ekan. Otamning yonida tizzalab, odob 
bilan xuddi suhbatni tushunayotgandek tinglayapti. Buni k
o‘rib, mening 
suhbat tinglagim keldi.
– Ota! – dedim -da, supaga yugurdim. Supada o‘tirganlardan yoshroq 
yigit tezda meni k
o‘tarib, supaga chiqardi. Men otamning yoniga borib, 
o‘tirib oldim. O‘rtada xontaxta. Dasturxonda meva –cheva. Non. Go‘sht. 
Supa tepasiga b
o‘z tortilgan. Qolgan –qutgan tut yoki qushlardan u –bu 
tushmasin, deyishgan b
o‘lsa kerak. Otam gapirayotgan ekan, qolganlar 
tinglardi. 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin