T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 serhosil dalalardan, ozoda, ixcham qishloqlar oralab yurganmiz. Otam
atrofga qarab, rosa uh tortgani ham yodimda. Qir
g‘izga o‘tishimiz bilan bu
g‘amginlik yo‘qoldi, go‘yo. Аslida, esa yo‘qolmagan ekan, bu g‘amginlik
hammamizning ichimizga, k
o‘nglimizning tub –tubiga cho‘kib olgan ekan.
Kelajakda ruhiyatimiz chayqalib, vujudimiz larzaga kelgan onlarda bu
ch
o‘kindi qalqib yuzaga chiqishini hali yetarli idrok qilmaganmiz o‘shanda.
Men va akam bu holni aql bilan anglamaganimiz aniq, biroq ruhimizda bir
ezginlik borday edi, nazarimda.
Unday b
o‘lmagandir, balki, keyinchalik o‘zim bu tuyg‘uni mavjud
b
o‘lganiga ishonib qolgandirman. Lekin otam va onam o‘z yurtlaridan chiqib
ketish iztirobini chuqur his etishgan, shubhasiz. T
o‘qmoq shahrida nafar
rostladik, bir kecha bir xonadonda mehmon b
o‘ldik. Otlarimizni aravadan
b
o‘shatishdi, yem berishdi. Men esa keng hovlida to‘ygunimcha o‘ynadim.
Biz tushgan hovli katta edi.
O‘rtasidan ikkiga bo‘lingan. Kichikroq qismini
tashqi hovli, kattaroq tomonini ichki hovli, deyisharkan. Nomahram erkaklar
ichki hovliga kirmaydi, ayollar bu tomonga chiqmas edilar. Biz bolalar
uchun bunday chegara y
o‘q. Qo‘noq emasmizmi, hamma ko‘nglimizga
qaraydi.
Аkam mendan odobli va yuvoshroq edi. Shu yerda o‘tir, deyishsa,
o‘sha joyda o‘tiraveradi. Bir ish buyurilsa, albatta, eʼtirozsiz bajaradi. Men
o‘yinqaroq, erkaman. Ichki hovlining orqa tarafi otxona ekan. Otxonaning
tepasiga bedapoya bosilgan.
O‘ng tomonida ko‘p tovuq boqisharkan. Hech
kimning tanbeh bermasligidan foydalanib, otxonaga kiraman, otlar bilan
«gaplashaman», otboqar buni ko‘rib kulib qo‘yadi, tovuqxonaga o‘taman.
Tuxum q
o‘yayotgan tovuqni cho‘chitaman, bundan jahllanib menga
tashlangan x
o‘rozga ham hujum qilaman, keyin bedaxonaga ko‘tarilaman.
Tepadan atrofga qarab, katta odamlariday q
o‘limni orqaga qo‘yaman. Katta
odamlarda qorin b
o‘lishini hisobga olib, yo‘q qornimni oldinga chiqarmoqchi
b
o‘laman. Keyin yana ichki hovliga kirdim. Аyvonga bordim. Ko‘p ayollar