T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 chegaraga yetib oldik. Chegaraning narigi tomoni Qir
g‘iz yurti. Yuklarimizni
yengil tekshirishdi. Otam chegara noziriga k
o‘p pul berdi. Yurtdan
qochayotgan bir biz emasdik. U paytlarda chegaralarga hozirgidek qattiq
qaralmasdi. Y
o‘lini topsang, xorijga o‘tish oson edi. Shu tariqa, eson –omon
Qir
g‘izga o‘tdik. Bizni otamning qirg‘iz do‘sti Baxtmurod kutib turgan ekan.
Otam u bilan quchoqlashib, k
o‘rishdi.
– Qudayg‘a shukur, o‘tip alding‘iz, usta, sizin ko‘ren kung‘a xam
jetdiq, Quday
g‘a ming shukur, – dedi u quvonib.
Ular
o‘zaro suhbatga kirishdilar, otam aravada, Baxtmurod u kishiga
baqamti xachirida yurib, gaplashgan k
o‘yi ketaverdik. Bu joylar tog‘li ekan.
Tepaliklar, daraxtlar k
o‘p. Qishloqlar qirlar, xarsang toshlar ichiga sochilib
ketgandek. Qir
g‘izlarning ko‘zi qisiq, xitoylarga ham o‘xshab ketardi. Lekin
kulib turishi, ba
g‘ir ochishi xitoydan farqli edi, albatta. Xitoy mening bola
tasavvurimda vahshiy maxluq edi. Otam xitoy bosqinchilari, deb gapirardi.
Ovozida bir nafratni payqardim. G
o‘dak ongimga ana shu nafrat chuqur
singgan edi. Otam yomon k
o‘rayotgan bu odamlarning hammasi yomon,
deb ishonganman. X
o‘tanda, uyimizga otamning do‘stlari yig‘ilganlarida
Xitoyning zulmi, haqsizligi haqida,
o‘z uyg‘urlarimiz ularga xizmat
qilayotganlarini gapirishardi. Men esa mehmonxonamizda bu suhbatlarni
eshitib, oxiri uxlab qolardim.
O‘sha paytda bu gaplardan aytarli jiddiy maʼno
anglamasam -da, s
o‘zlar xotiramga mixlanib qolavergan.
Аqlimni tanib, yaxshi –yomonni farqiga borayotganimda bu so‘zlarini
xotiram omboridan birma
–bir olib, maʼnosini chaqdim, o‘rgandim. Ko‘p
narsalarni tushundim. Biz yurib ketayotgan Qir
g‘iz yurtining To‘qmoq,
degan shahri ekan. Bu joyning odamlari ham
o‘zimizning yurtdoshlarga
juda
–juda o‘xshar edi. Men kichikroqligim uchunmi, hech kimdan
begonasiramadim.
Аkam esa hammaga yotsirab qaraydi. Cho‘chiydi. Otam
kuladi. «Nega cho‘chiyapsan, Solih!» deydi beozorgina. Qirg‘izga yetib
kelguncha y
o‘lda ko‘rganlarim hamon xotiramda. O‘rilgan bug‘doyzorlardan,