T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 «Ismim Аnna, zoti oliyalari. Yoshim yigirma yettida. Men hamisha Yer
yuzidagi eng donishmand Qirolicha bilan, yaʼni Siz bilan suhbatlashishni
orzu qilganma
n», – dedi Аnna hayajoni toshib.
«Muhim savolingni beraqol, Аnna, – dedi Qirolicha. – Yoshim
t
o‘qsonda. Men ham baʼzida charchayman».
«Аfv eting, zoti oliyalari, – o‘zining ezmaligidan uyalib ketdi Аnna. –
Sizningcha haqiqiy
Аyol qanday bo‘lishi kerak?»
Qirolicha
Аnnaga tabassum bilan: «Qizalog‘im, haqiqiy Аyol
qirolichalardek eʼzozga loyiq bo‘lishi kerak. Hamma qirolicha bo‘lolmaydi,
tabiiy. Biroq qirolichalarning axloqini
o‘rganishi mumkin. Yevropada
qirolichalar, malikalar juda k
o‘p. Ularni nasabidan ko‘ra, sulosasining qatʼiy
qonunga aylangan
Аxloqi chinakam qirolichaga aylantiradi. Siz yoshlar esa
axloqni mensimaysizlar».
Britaniyaning eʼzozli Onasi bilan bo‘lgan suhbat shu. Аnna bu qisqa
suhbatdan benihoya taʼsirlangan edi. Shundan keyin u hayotini tartibga
solishga k
o‘p intildi.
O‘zini pok tutishga harakat qildi. Dugonalaridan farqli o‘laroq erta
turmush qurdi. Jozefdagi jiddiyat uni
o‘ziga jalb etdi. Yonib sevmasa -da,
eriga qalbdan bo
g‘landi. Oralaridagi iliq mehrni o‘zlari yaxshi his etardilar.
Аnna Hojar xonimga boqib, uning so‘zini tinglab, beixtiyor Qirolichani
esladi, xayolini shu xotiralar yashindek yoritib
o‘tdi.
– Аnna, o‘zing bo‘lmagan joy haqida gapirish qiyin, – davom etdi
Hojar xonim.
– Boshingdan o‘tmasa, iztirobni ham, baxtni ham tanimaysan.
Muslimalarga ayol, deb qarayotganingiz juda yaxshi. Lekin bu ayollarni
Islom sharaflagan, ular
o‘zlarini emas, ularni Islom zulmatdan nurga
chiqargan, deb fikrlasangiz, eng t
o‘g‘risi shu bo‘ladi, inshaАlloh. Zotan,
Islom muhit joriy etgan majburiyat emas,
G‘arbda shunday fikr bor, Islom –
sof insoniy fitratning so
g‘lom ehtiyojidir.
Аnna so‘zlayotgan bu ayol oddiy ayol emasligini tushunib yetdi.