T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Tinglovchilar biroz shivirlashib, maslahatlashishgach, ularning
ichidan
o‘rta yoshli kishi o‘rnidan turdi...
...
Аnna muslimalar qarshisida biroz hayajonlandi. Xonani to‘ldirgan
muslimalarning k
o‘pi boshdan oyog‘iga qadar o‘rangan, faqat ko‘zlari
k
o‘rinadi; boshqalarining yuzlari ochiq bo‘lsa -da, bo‘yinlari, quloqlari,
peshonalarini ham r
o‘mol bilan yashirib olishgan, liboslari keng, deyarli
qomatni bildiradigan kiyim kiygan biror ayol k
o‘zga tashlanmadi.
«Ular moda balosidan uzoqda», – deb o‘yladi Аnna beixtiyor. U
Yevropa,
Аmerikaning restoranlarida, ofislarida, bayramu anjumanlarida
qatnashgan,
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha Stenford universiteti bakalavri,
nazarida,
o‘rangan bu ayollarning qandaydir qudrati bor edi. Bu qudrat
unda tortinish hissini uy
g‘otdi. Аnna bu tuyg‘uni oxirgi marta qachon
tuyganini eslolmadi. Hech qachon birovning oldida majburiyat sezgan
emas. U hamisha
o‘zi xohlaganidek kiyindi, o‘z xohishicha yashadi.
Biror istagiga t
o‘siq qo‘ymadi. Muslimalar bilan ko‘rishganda ularning
jahli chiqmasin yoki ularning qadriyatlariga behurmatlik b
o‘lmasin uchun
Аnna, badaniga yopishib tursa -da, uzun libos kiydi, sochining yarmini
k
o‘rsatsa -da, boshiga ro‘mol o‘radi, lekin bu holati ham unga muslima
ayollarning qarshisida erkin turib, s
o‘zlashiga yetarli emasligini u hozir
tushunib qoldi. Iffat pardasi bilan ihotalangan muslimalar qoshida
Аnnani
xijolat qilgan hissiyotning nomi, yoddan chiqarilgan Hayo edi. Shunday
b
o‘lsa -da, u o‘zini tutib, so‘z boshladi:
– Аssalamu alaykum, aziz muslimalar! Sizlarning qarshingizda nutq
irod etish mendan iroda talab etyapti,
– qizarinqirab kuldi Аnna. – Men
G‘arb yuragida ulg‘aygan ayolman. G‘arb ayollarining dunyosi menga
ravshan.
O‘zim shu dunyodanman. Sizlarni, aynan, muslima ayollarni
zulmat ichida, deb taʼriflaydigan dunyodan men noroziman. Bilasizmi, nima
uchun?
Muslimalar
Аnnani qiziqish bilan tinglayotgan edilar.